1-2-mavzu. Men "Oltin qoida" bo’yicha yashayman


Download 389.85 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi389.85 Kb.
#1376194
Bog'liq
6-sinf Tarbiya fanidan mavzulashgan testlar


1-2-mavzu. Men “Oltin qoida” bo’yicha yashayman.


  1. Qanday xulq-atvor to’g’riligi va qaysilari noto’g’riligini belgilab beruvchi qoidalar to’plamiga nima deyiladi?

  1. Intizom

  2. Ahloq

  3. Mehr-shafqat

  4. Taraqqiyot

  1. Kimki ezgulik qilsa, yaxshilikdir uning mevasi,

Kimki yovuzlik qilsa, yomonlikdir uning mevasi.
Misralar muallifi kim?

  1. Sa’diy Sheroziy

  2. Umar Hayyom

  3. Alisher Navoiy

  4. Jaloliddin Rumiy

  1. Insoniyat amal qilishi lozim bo’lgan “Oltin qoida”ni ko’rsating?

  1. Faqat o’z manfaatingni o’ylab ish qil

  2. O’zinga qanday munosabatda bo’lishlarini hohlasang, o’zgalar bilan ham shunday munosabatda bo’l

  3. Maqsading yo’lida o’zgalardan doimiy yordam so’rashga odatlanib yasha

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Maktabda qanday “Oltin qoida”larga amal qilish lozim?

  1. Sinfdoshlarning orqasidan yomon gap gapirmaslik

  2. Gapirayotgan gapni salom bilan boshlab, minnatdorchilik bilan tugatish

  3. Kimgadir yordam kerak bo’lsa, albatta yordam berish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Ezgulikka intilib yashash insonda qanday hissiyotlarni uyg’otadi?

  1. Insonning o’sishi, rivojlanishi, yuksalishiga sabab bo’ladi

  2. Sevgi, do’stlik, sadoqat tuyg’ularini uyg’otadi

  3. Minnatdorlik, hurmat kabi oliy hissiyotlarni uyg’otadi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Agar insonda qaysi xususiyat bo’lmasa, qolgan barcha fazilatlari, yutuqlari bekor bo’ladi?

  1. Quvnoqlik

  2. Rostgo’ylik

  3. Odamiylik

  4. Talabchanlik

  1. Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi doimiy kurash qaysi qadimiy manbadan to’la aks ettirilgan?

  1. “Hamsa”da

  2. “Qobusnoma”da

  3. “Avesto”da

  4. “Temur tuzuklari”da

  1. Samimiylik hislatining o’ziga xos belgilarini ko’rsating?

  1. Atrofdagilarga ismini aytib yoki hurmat bilan murojaat qilish

  2. Hammani birdek hurmat qilish

  3. Hushmuomala va rostgo’y bo’lish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Salbiy illatlar berilgan qatorni toping?

  1. Dangasalik, yolg’onchilik, g’azab

  2. Shafqatsizlik, o’zini tuta olmaslik, hiylagarlik

  3. Mehribonlik, kamtarlik, rostgo’ylik

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Yomon illatlar yovuzlikka yetaklaydi. Ulardan qutilish uchun nimalarga rioya qilish kerak?

  1. Atrofdagilar bilan qo’pol gaplashmaslik kerak

  2. Insonlarga doim tabassum bilan murojaat qilish kerak

  3. Kimgadir yordam kerak bo’lsa, qo’ldan kelgancha beg’araz yordam berish kerak

  4. Barcha javoblar to’g’ri




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

A

B

D

D

C

C

D

D

D

3-4-mavzu. Rostgo’ylik va burchni his etib yashash.




  1. Insonlar o’rtasidagi do’stlik va birdamlik poydevori – bu …… hisoblanadi. Nuqtalar o’rniga mos javobni qo’ying.

  1. Rostgo’ylik

  2. Mehnatsevarlik

  3. Qobiliyat

  4. Quvnoqlik

  1. “Hattoki yolg’iz o’zing bo’lsang ham, yomon gapirma va yomon ish qilma. Boshqalarga nisbatan ko’proq o’zingdan uyalishni o’rgan”. Ushbu fikr qaysi mashhur faylasufga tegishli?

  1. Demokrit

  2. Platon

  3. Suqrot

  4. Aristotel

  1. “Rostgo’ylik” tushunchasi qaysi tushuncha bilan yonma-yon yuradi?

  1. Mehribonlik

  2. Intiluvchanlik

  3. Vijdon

  4. Mehnatsevarlik

  1. Inson qalbining qalqoni bo’lib, noto’g’ri harakat qilmoqchi bo’lganida uni axloqiy tartib-qoidaga chaqiruvchi ichki ovozga nima deyiladi?

  1. Muhabbat

  2. E’tiborlilik

  3. Vijdon

  4. Jasorat

  1. Vijdon azobi haqida hikoya qiluvchi “Telegramma” asarining muallifi kim?

  1. Irena Sendler

  2. Agata Kristi

  3. K.G.Paustovskiy

  4. A.S.Pushkin

  1. Boshqa insonlarni tushunish, ularning kayfiyatini sezish, hissiyotlarini hurmat qilish qaysi xislatga xos belgilar hisoblanadi?

  1. Mehribonlik

  2. Sezgirlik

  3. Mardlik

  4. Qat’iyatlilik

  1. Qanday hollarda kishi vijdoni qiynaladi?

  1. Notog’ri va nojo’ya harakat qilganda

  2. Yolg’on gapirganda

  3. Kimgadir foydasi tekkanda

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Qanday inson o’z xato va kamchiliklarini tan oladi?

  1. Mehnatsevar inson

  2. Quvnoq inson

  3. Haqiqatgo’y inson

  4. Bolajon inson

  1. Axloq me’yorlari noto’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. Rostgo’ylik, to’g’riso’zlik

  2. Samimiylik, e’tibor

  3. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat

  4. Manmanlik, yolg’onchilik.

  1. Inson tomonidan bajarilishi shart bo’lgan axloqiy , huquqiy vazifalarga nima deyiladi?

  1. Huquq

  2. Burch

  3. Topshiriq

  4. Uyga vazifa



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

A

C

C

C

B

D

C

D

B

5-mavzu. Adolat – hayot haqiqati.




  1. Huquqiy munosabatlar kim tomonidan tartibga solinadi?

  1. Prezident tomonidan

  2. Davlat tomonidan

  3. Oliy Majlis tomonidan

  4. Fuqarolar tomonidan

  1. Qanday qoidalarga hech qayerda qat’iy yozilmagan bo’lsa ham, ularga insonlar rioya qiladilar?

  1. Huquqiy qoidalar

  2. Axloqiy va ma’naviy qoidalar

  3. Siyosiy va iqtisodiy qoidalar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Insonlarning xatti-harakatlarini ezgulik va yovuzlik, yaxshi yoki yomon oqibatlarga olib kelishi nuqtayi nazaridan baholash va shunga qarab jazolash yoki mukofotlashga nima deyiladi?

  1. Rostgo’ylik

  2. Saxiylik

  3. Vijdon

  4. Adolat

  1. Axloqiy nuqtayi nazaridan adolatga xos sifatlarni aniqlang?

  1. Ezgulik uchun ezgulik bilan javob berish

  2. Nohaq hafa qilganlik uchun kechirim so’rash

  3. Minnatdorchilik bildira olsh

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Adolatli qaror qabul qilishda quyidagi xislatlarning qaysi biri yordam beradi?

  1. Qonunlarni va jamiyatdagi axloqiy qoidalarni bilish

  2. Ezgulik va yovuzlik o’rtasidagi farqni bilish

  3. Yolg’on va adolatsizlikka murosasiz bo’lish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Adolat davlatning asosi va hukmdorlar shioridir”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Amir Temur

  2. Z.M.Bobur

  3. Shayboniyxon

  4. Abu Nasr Forobiy

  1. Qonun va adolat uchun kurashadigan insonlar bugungi kunning qahramoni bo’lishi kerak. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Shavkat Mirziyoyev

  2. Islom Karimov

  3. Amir Temur

  4. Jaloliddin Manguberdi

  1. Qadimgi Yunon mifolofiyasida adolat, haqqoniylik, qonun va tartib-intizom ramzi hisoblangan ma’buda qanday nomlangan?

  1. Mitra

  2. Zevs

  3. Femida

  4. Axuramazda

  1. Femidaning asosiy atributlari nimalar hisoblanadi?

  1. Tarozi

  2. Qilich

  3. Ko’zidagi bog’ich

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Prezident Shavkat Mirziyoyev qanday insonlarni bugungi kunning qahramonlari bo’lishi kerakligini ta’kidlagan edi?

  1. Mehnatsevar insonlarni

  2. Qonun va adolat uchun kurashadigan insonlarni

  3. Sahiy va qo’li ochiq homiy insonlarni

  4. Harbiy xizmatchilarni




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

B

D

D

D

A

A

C

D

B

6-7-mavzu. Minnatdorlik yuragimda yashaydi.




  1. Ko’rsatilgan yaxshilik uchun chin qalbdan qoniqish, rozi bo’lish va rahmat aytishga nima deyiladi?

  1. Quvonch

  2. Ehtiyoj

  3. Minnatdorchilik

  4. Shukronalik

  1. Biror kishiga minnatdorchilik bildirish nimani anglatadi?

  1. Uning siz uchun qilgan ishini qadrlaganiningizni bildiradi

  2. Shunchaki do’stona munosabatni yaxshilaydi xolos

  3. Yana yordam so’ramoqchiligingizni anglatadi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Agar daraxt senga o’z soyasi, mevalari va gullarini taqdim etsa, nahotki, minnatdorchilik evaziga uni yerdan yulqib olib, o’zing bilan olib ketishni xohlasang? Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Indira Gandi

  2. Vasishitxa

  3. Mikelanjelo

  4. Gyote

  1. Minnatdorchilik izhor qilish uchun qaysi so’z eng qulay so’z hisoblanadi?

  1. Sizdan roziman

  2. Rahmat!

  3. Minnatdorman

  4. Tashakkur

  1. Vasishitxa qaysi xalq donishmandi hisoblanadi?

  1. Arab

  2. Yunon

  3. Hind

  4. Pokiston

  1. Doimo nimadandir hafa, norozi, ranjigan insonlar qanday insonlar toifasiga kiradilar?

  1. Beparvo insonlar

  2. Noshukur insonlar

  3. Rostgo’y insonlar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Bolaligimda futbol o’ynash uchun oyoq kiyimim (kedam) yo’qligi uchun yig;lardim, kunlarning birida men oyoqlari yo’q insonni ko’rib qoldim”, deb aytgan mashhur shaxs kim?

  1. Zayniddin Zidan

  2. Ravshan Ermatov

  3. Lionel Messi

  4. Krishtianu Ronaldu

  1. Qanday odamlar minnatdor odamlar deyiladi?

  1. Atrofidagilarni hurmat qiladigan

  2. Bo’layotgan voqealardan o’ziga to’g’ri xulosa chiqadigan

  3. Atrofidagi voqelarga beparvo bo’ladigan

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Minnatdorchilik qanday so’zlar yordamida izhor qilinishi mumkin?

  1. Rahmat, tashakkur!

  2. Sizga o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

  3. Yordamiz kerak bo’lsa yana murojaat qilaman.

  4. A va B javoblar to’g’ri.

  1. Agar inson kimgadir yordam bersa, dilida qanday tug’ularni his qiladi?

  1. Quvonch

  2. Baxt

  3. G’urur

  4. Barcha javoblar to’g’ri.




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

C

A

B

B

C

B

A

D

D

D

8-mavzu. Kechirimlilik kuchlilar xislatidir.




  1. Bizga nohaq zarar yetkazilgan (baqirishgan, turtishgan, haqorat qilishgan va boshqa vaziyatlar)da his etiladigan tuyg’u qanday tuyg’u hisoblanadi?

  1. Xafagarchilik

  2. Qo’rqoqlik

  3. Irodasizlik

  4. Mehribonlik

  1. Uzoq saqlangan xafagarchilik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

  1. Insonni g’azablantiradi

  2. Uni yaqinlaridan mahrum qiladi

  3. Kayfiyatiga ijobiy ta’sir qiladi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Qanday tuyg’u qalb jarohati bo’lib, insonlar orasidagi kayfiyat va munosabatlarni buzadi?

  1. Ishonchsizlik

  2. Xafagarchilik

  3. Ikkilanish

  4. Qat’iyatsizlik

  1. G’azab va nafratga qarshi eng yaxshi davo nima hisoblanadi?

  1. Yolg’iz qolish

  2. Atrofdagilarga loqayd bo’lish

  3. Kechirimli bo’lish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Xafagarchilikni yengish uchun qanday qoidalarga amal qilish kerak?

  1. Hamma hham xato qilishi mumkinligini anglash kerak

  2. Aybingizni tan olishni o’rganish kerak

  3. Agar siz kechirimli bo’lsangiz sizni ham kechirishlarini tushunishingiz kerak

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Qanday inson xafagarchilikni tezda yengishda o’zida kuch topa oladi?

  1. Samimiy iinson

  2. Hayotni sevuvchi inson

  3. Yaqinlariga bee’tibor bo’lmagan inson

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Xafagarchilikning oldi olinmasa u qanday salbiy illatlarni paydo qilishi mumkin?

  1. G’azabni

  2. Doimiy alamzadalikni

  3. Tushkunlik va yolg’izlikni

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Kechira oladigan va kechirim so’rashga qodir bo’lgan insonda bo’lishi shart bo’lgan xislatlarni aniqlang?

  1. Rahm-shafqat va sabr-toqat

  2. O’zgalarga hurmat

  3. Halollik va samimiylik

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Kechirimli bo’lish va kimnidir kechira olish nimalarga davo hisoblanadi?

  1. G’azabga

  2. Nafratga

  3. Muhabbatga

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Uzoq saqlangan xafagarchilik inson salomatligiga qanday tasir qiladi?

  1. Asab tizimiga salbiy tasir qiladi

  2. Stress holatini keltirib chiqarishi mumkin

  3. Immun tizimiga zarar yetkazadi

  4. Barcha javoblar to’g’ri


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

D

B

C

D

D

D

D

D

D

9-mavzu. Sabr-toqatlilik.




  1. Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish, o’zini tiyishga nima deyiladi?

  1. Qunt

  2. Sabr

  3. Mas’uliyat

  4. Iste’dod

  1. Sabr so’zining ma’nodosh so’zlari berilgan qatorni toping?

  1. Ilm, bilim, ma’rifat

  2. Odob, axloq, xulq

  3. Chidam, bardosh, iroda

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Maqolni davom ettiring: “Sabr tagi - ……”.

  1. Sara oltin

  2. Yog’li osh

  3. Oltin kalit

  4. Rohat-farog’atli vaqt

  1. Sabrlilik xislati insonga nimalarni o’rgatadi?

  1. Hech qachon taslim bo’lmaslikni

  2. Maqsad sari ildam borishni

  3. O’zgalar yordamiga muhtoj bo’lishni

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Har kimsaki aylamas oshuqmoqni xayol,

Yaproqni ipak qilur, chechak bargini bol.
Ushbu misralar muallifi kim?

  1. Alisher Navoiy

  2. Z.M.Bobur

  3. Iqbol Mirzo

  4. Sa’diy Sheroziy

  1. Sabrlilik xislati qaysi xislat bilan yonma-yon yuradi?

  1. Bilimdonlik

  2. Jasorat

  3. Mehnatsevarlik

  4. Tartiblilik

  1. Maqolni davom ettiring: “Asl boylik - ……”.

  1. Harakat

  2. Qanoat

  3. Mas’uliyat

  4. Oltin-u kumush

  1. Sabr aylagan kishi yetar oxir murodiga,

Shoshqaloq yetolmas ishning adog’iga.
Misralar muallifini aniqlang.

  1. Alisher Navoiy

  2. Z.M.Bobur

  3. Sa’diy Sheroziy

  4. J. Rumiy

  1. Sabr-toqat va mehnat natijasi ko’rsatilgan qatorni toping?

  1. Inson o’z oldiga qo’ygan maqsadiga albatta yetadi

  2. Uchragan to’siq va qiyinchiliklardan qo’rqmaydi, aksincha ulardan to’g’ri xulosa chiqaradi

  3. Maqsadga yetish yo’lidagi ilk omadsizliklarga taslim bo’ladi, kurashishdan tezda charchab qoladi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Maqolni davom ettiring: “Bardoshliga ……”.

  1. Qimmatbaho boylik

  2. Yog’li osh

  3. Bir sandiq olmos

  4. Aqlli bosh



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

C

A

D

A

C

B

C

D

B

10-mavzu. Ona yurtim – oltin beshigim.




  1. Ona yurt tuprog’ining muqaddas sarhadlarini turli tahdidlardan himoya qilmoq, unda yashovchi xalqning tilini , e’tiqodini, urf-odatlarini sevmoqqa nima deyiladi?

  1. Vatanga sodiqlik

  2. Vatan ne’matlarini sevish

  3. Vatani boyliklaridan foydalanish

  4. Millatlararo totuvlik

  1. Vatan tarkini bir nafas aylama,

Ani ranji – g’urbat, havas aylama.
Misralar muallifi kim?

  1. Alisher Navoiy

  2. Z.M.Bobur

  3. A.Jomiy

  4. M.Yusuf

  1. Zamonamiz qahramonlaridan biri, mexanizatorlik kasbining ustasi, Ozbekiston Qahramoni nomi keltirilgan qatorni aniqlang?

  1. Namoz Jumayev

  2. Lolaxon Murodova

  3. Dilnoza Rahimova

  4. Mahkam Turdiyev

  1. Abdurauf Fitrat Vatanga qanday ta’rif bergan edi?

  1. Vatanni sevmoq iymondandir

  2. Vatan – jon. Jon shirin, ammo Vatan jondan ham shirin.

  3. Vatan mening jon-u tanim, sajdagohimdir.

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Lolaxon Murodova qanday oilada dunyoga kelgan?

  1. Ziyoli oilada

  2. Dehqon oilasida

  3. Shifokor oilasida

  4. Hunarmand oilada

  1. Odam ersang ma’ni bil dona-dona,

Vatan erur senga ikkinchi ona.
Ushbu misralar kimga tegishli?

  1. Abdurauf Fitrat

  2. Alisher Navoiy

  3. Mahmud Zamaxshariy

  4. Anbar Otin

  1. “Texnikani bo’ysundirish o’ziga bo’lgan ishonchga bog’liq, endi aslo ikkilanma”, - deya Lolaxon Murodovaga dalda bo’lgan inson kim edi?

  1. Akasi Nabijon

  2. Otasi Ne’matjon

  3. Ustozi Shukurjon

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Lolaxon Murodova qanday mukofot bilan taqdirlangan?

  1. Do’stlik ordeni

  2. Buyuk xizmatlari uchun ordeni

  3. O’zbekiston Qahramoni ordeni

  4. Shuhrat medali

  1. O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qachon qabul qilindi?

  1. 1991-yil 18-noyabr

  2. 1992-yil 18-noyabr

  3. 1991-yil 10-dekabr

  4. 1992-yil 10-dekabr

  1. O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qachon qabul qilingan?

  1. 1991-yil 2-iyul

  2. 1992-yil 10-dekabr

  3. 1992-yil 8-dekabr

  4. 1992-yil 21-oktyabr



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

A

B

C

B

D

B

C

A

B

11-12-mavzu. Mening mahallam – mening faxrim.




  1. O’z-o’zini boshqarishning xalqimiz an’analari va qadriyatlariga xos bo’lgan usuli nima?

  1. Oila

  2. Mahalla

  3. Davlat

  4. Jamiyat

  1. Ajdodlardan meros bo’lib kelayotgan ming yillik turmush tarzi hamda an’analari asosida tuzilgan muhim boshqaruv idorasi bu - …..dir.

  1. Mahalla

  2. Jamoa

  3. Jamiyat

  4. Oila

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida mahalla haqida, uning boshqaruvi haqida ta’kidlangan?

  1. 102-moddada

  2. 105-moddada

  3. 110-moddada

  4. 128-moddada

  1. Mahallalarda kishilar o’rtasida qanday munosabatlar an’anaviy tarzda avloddan avlodga o’tib kelmoqda?

  1. Yaxshi qo’shnichilik

  2. Yoshi kattalarni hurmat qilish, keksalar, bolalar va bemorlarga yordam berish

  3. Mahalladagi hashar, jamoat ishlariga yordam berish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Mahallaning asosiy tamoyillari to’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. Ochiqlik, oshkoralik, ijtimoiy adolat;

  2. Mahalla muammolarini hal qilishda mustaqil emaslik, qaramlik;

  3. Insonparvarlik, mahalla muammolarini hal etishda erkinlik;

  4. A va C javoblar to’g’ri

  1. Uzoq o’tmishda mahalla chegaralri qanday belgilangan?

  1. Muazzin ovozi yetib borgan joy bir mahalla hududi bo’lgan.

  2. Kishilarning qaysi kasb bilan shug’ullanishlariga ko’ra belgilangan

  3. Jang-u jadallar orqali mahalla hududi belgilangan

  4. Barcha javoblar noto’g’ri.

  1. Maqolni davom ettiring: “Shiddatli yomg’ir …….”.

  1. Toshni ham teshib yuborishga qodir

  2. Qalin barglarga shikast yetkaza olmaydi

  3. Serhosillikdan dalolat beradi

  4. Yerga ziyon keltiradi

  1. Mahalla raisi necha yilga saylanadi?

  1. 2 yilga

  2. 2,5 yilga

  3. 3 yilga

  4. 5 yilga

  1. Mahallaning vazifasi berilgan qatorni toping?

  1. Oilaviy va diniy munosabatlarni , marosim va bayramlarni saqlash;

  2. Mahalla aholisini tegishli hududda, shu jumladan, uyda ishlash sharoiti bilan ta’minlash

  3. Xalq hokimiyatini amalga oshirishi, o’zaro yordam berish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Mahalla” so’zi qanday ma’noni anglatadi?

  1. Arabchada “o’rin”, “joy”

  2. Arabchada “toshloq makon”

  3. Tojikchada “gulzor”, “bog’”

  4. Forschada “ko’cha”, “joy”



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

A

B

D

D

A

B

C

D

A

13-14-mavzu. Xatti-harakat qanday bo’lsa, oqibat ham shunday bo’ladi.




  1. Xatti-harakat deb nimaga aytiladi?

  1. Insonning quvnoqligi va samimiyligiga

  2. Insonning jasur va dovyurakligiga

  3. Insonning xulq-atvori va yurish-turishiga

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Harakatni bajarishi kerak bo’lgan shaxs tomonidan bajarilishi kerak bo’lgan ketma-ketlikni aniqlang?

  1. Fikr – harakat – natija

  2. Fikr – g’oya – mafkura

  3. Harakat – bilim – iste’dod

  4. Fikr – harakat – baho

  1. Sendan farzandingga bog’ qolsin, ey do’st!

Bog’ing Vatan deya nom olsin ey do’st!
Ushbu parcha kimning qalamiga tegishli?

  1. Abdulla Oripov

  2. Po’lat Mo’min

  3. Erkin Vohidov

  4. Alisher Navoiy

  1. “Nihol” she’rining muallifi kim?

  1. Iqbol Mirzo

  2. Erkin Vohidov

  3. Muhammad Yusuf

  4. Abdulla Oripov

  1. Maqolni davom ettiring: “Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam, Odam - ……” .

  1. Bilimi bilan

  2. Tabassumi bilan

  3. Mehnati bilan

  4. Chiroyi bilan

  1. Umumqabul qilingan me’yorlar va xulq-atvor qoidalarining buzilishiga sabab bo’ladigan xatti-harakatga nima deyiladi?

  1. Noo’rin harakatlar

  2. Jinoyat

  3. Bilimsizlik

  4. Dangasalik va zararkunandalik

  1. Qanday harakatlar noo’rin harakatlarga misol bo’ladi?

  1. Jamoat transportida chiptasiz yurish

  2. Yo’l harakati qoidalarini buzish

  3. Texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Maqolni davom ettiring: “Aytilgan so’z - ……”.

  1. Qat’iy vada

  2. Otilgan o’q

  3. Mehrli ko’z

  4. Mardning ishi

  1. Qanday harakatlar qahramonlikka sabab bo’ladi?

  1. Shaxsiy manfaatini o’ylab qilingan harakatlar

  2. Faqat oilasini o’ylab qilingan harakatlar

  3. Ko’pchilikni o’ylab qilingan mardonovor harakatlar

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Mardonovor harakatlar qahramonlikka sabab bo’ladi. Qahramonlik esa nimani talab qiladi?

  1. Bilimni

  2. Qobiliyatni

  3. Intilishni

  4. Fidokorlikni




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

C

A

C

B

C

A

D

B

C

D

15-16-mavzu. Bilim ol, kasb-hunar tanla.




  1. Quyidagi javoblardan bilimlar manbayi keltirilgan qatorni aniqlang?

  1. Kitoblar, aqlni rivojlantiruvchi o’yinlar, shaxsiy tajriba, ichki xissiyot

  2. Ota-onaning oand-nasihati, muvaffaqiyatga erishgan insonlarning tajribasi, internet

  3. Hayotni kuzatish, hayotiy mavzularga oid uchrashuvlar, Yoshi ulug’lar bilan suhbatlar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Odamlar qalbining charog’i bilim,

Balolardan saqlanish yarog’i bilim.
Ushbu misralar muallifi kim?

  1. Alisher Navoiy

  2. Abu Abdulloh Rudakiy

  3. Mahmud Zamaxshariy

  4. Mahmud Qoshg’ariy

  1. Abu Abdulloh Rudakiy nimani barcha kulfatlarga qalqon deya atagan?

  1. Vaqtni

  2. Bilimni

  3. Sabrni

  4. Harakatni

  1. Quyidagi fikrni qaysi buyuk faylasuf aytgan: “Bilimning o’zi yetarli emas, uni amalda qo’llay bilish ham kerak; istakning o’zi yetarli emas, harakatlanish kerak”.

  1. Gyote

  2. Sitseron

  3. Platon

  4. Arastu

  1. Olingan bilimlarni turli vaziyatlarda qo’llay olish, kasb-hunarni ishni yaxshi o’zlashtirish orqali orttirilgan tajribaga nima deyiladi?

  1. Bilim

  2. Ko’nikma

  3. Malaka

  4. Iste’dod

  1. Olimlarning ta’kidlashicha xozirgi kunda dunyoda qancha kasblar bor?

  1. 30 mingdan ortiq

  2. 40 mingdan ortiq

  3. 50 mingdan ortiq

  4. 60 mingdan ortiq

  1. Yong’in ichidan olti nafar o’quvchini qutqargani uchun “Jasorat” medali bilan taqdirlangan o’t o’chiruvchi nomi to’g’ri berilgan qatorni aniqlang?

  1. Jamoliddin Hayitmatov

  2. Chingiz Baxtiyorov

  3. Bunyodbek Mirzajonov

  4. Otabek Omonov

  1. 2019-yil 18-iyul kuni klinikasiga behush olib kelingan ikki yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan otoloringolog (quloq, tomoq, burun kasalliklarini davolovchi vrach) shifokor kim edi?

  1. Miran Saxatov

  2. Sarvar Komilov

  3. Sergey Tobias

  4. Andrey Abramov

  1. Qahramon o’t o’chiruvchi Jamoliddin Hayitmatov o’z kasbida necha yillik tajribaga ega?

  1. 15 yillik

  2. 20 yillik

  3. 25 yillik

  4. 30 yillik

  1. Qahramon otoloringolog shifokor Sergey Tobias O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan qanday ko’krak nishoni bilan taqdirlandi?

  1. “O’zbekiston Qahramoni” ordeni bilan

  2. “Sog’liqni saqlash a’lochisi” ko’krak nishoni bilan

  3. “Jasorat” medali bilan

  4. “Shuhrat” medali bilan




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

D

B

B

A

C

B

A

C

B

B

17-18-mavzu. Zamonaviy texnologiyalar ezgulik xizmatida.




  1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va qurilmalar, ular orqali taqdim qilingan turli xizmatlarga nima deyiladi?

  1. Media

  2. Raqamli olam

  3. Kitob

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Media nima?

  1. Axborotni saqlash uchun xizmat qiluvchi vosita

  2. Axborotni qayta ishlash uchun xizmat qiluvchi vosita

  3. Axborotni uzatish uchun xizmat qiluvchi vosita

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Elektron axborot va aloqa vositalari bir so’z bilan nima deyiladi?

  1. Elektron portal

  2. Raqamli media

  3. Onlayn konferensiya

  4. To’gri javob yo’q

  1. Raqamli mediaga nimalar kiradi?

  1. Kompyuter dasturlari

  2. Raqamli video va audio, veb-saytlar

  3. Elektron kitob, gazeta va jurnallar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Zamonaviy texnologiyalarning o’quvchilar uchun afzallik tomonlari nimada?

  1. Audio, video matnlar orqali chet tillarni mustaqil o’rganish imkonini beradi

  2. Matematikadan turli funksiyalarning grafiklarini tahlil qilish mumkin

  3. Turli ko’ngilochar o’yinlari kun bo’yi o’ynash mumkin

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Zamonaviy texnologiyalardan bir kunda necha soatdan oshiq foydalanish inson salomatligiga katta zarar yetkazadi?

  1. 1-2 soat

  2. 2-3 soat

  3. 3-4 soat

  4. 4-5 soat

  1. Smartfonlar insonga qanday zarar yetkazishi mumkin?

  1. Sog’lig’iga, asab tizimiga zarar yetkazadi

  2. Unga bog’lanib qolib, qaramlikni keltirib chiqaradi

  3. Til o’rganish imkonini beradi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Zamonaviy texnologiyalarning maishiy hayotimizdagi afzalliklarini nimalarda ko’rish mumkin?

  1. Mikroto’lqinli pechlar, kir yuvish mashinalarida

  2. Kabelli televideniye, raqamli elektr-gaz-suv hisoblagichlarda

  3. Electron pul o’tkazmalarida

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Zamonaviy texnologiyalarsiz inson nimalarni amalga oshirishi mumkin?

  1. Inson bilan onlayn emas,yuzma-yuz gapalshishi mumkin

  2. Biror shaharni onlayn emas, balki borib ko’rishi mumkin

  3. Electron kitobni emas, kutubxonadan kitob o’qib varaqlav o’qishi mumkin

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Zamonaviy texnologiyalar qanday imkoniyat beradi?

  1. Yangi tanishlar orttrish, ular bilan suhbatlashish

  2. Shaharlar manzaralarini onlayn tomosha qilish

  3. Electron kitoblar o’qish

  4. Barcha javoblar to’g’ri




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

D

B

D

D

B

D

D

D

D

19-20-mavzu. Salomatlik – ulkan boylik.




  1. Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o’qimoq, o’rganmoq, o’rgatmoq uchun insonga kuchli tana lozimdir. Ushbu fikr qaysi ma’rifatparvar insonga tegishli?

  1. Abdulla Avloniy

  2. Mahmudxo’ja Behbudiy

  3. Cho’lpon

  4. Abdurauf Fitrat

  1. Maqolni davom ettiring:”Sog’ tanda …..”.

  1. Sog’lom qalb

  2. Uzoq umr

  3. Sog’lom aql

  4. A’lo kayfiyat

  1. Abu Ali ibn Sino vafotidan oldin o’z shogirdlarini chaqirib, sizlarni beshta buyuk tabibga qoldirib ketyapman, deb nimalarni aytgan edi?

  1. Ozodalik, badantarbiya, parhez, mizoj, kayfiyat.

  2. Sport, tabassum, mehnat, tartib-intizom

  3. Kayfiyat, uyqu, harakat, mehnat, sport

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Qaysi tarixchi Amir Temur tasvirini so’z bilan ifodalagan?

  1. Narshaxiy

  2. Ibn Arabshoh

  3. Hofiz Tanish Buxoriy

  4. Gerodot

  1. “Barcha yukni ko’tardim, ammo burchdan og’irroq yukni ko’rmadim. Barcha lazzatni totib ko’rdim, ammo salomatlikdan mazaliroq lazzatni totmadim. Eng shirin lazzat sog’-salomatlikda ekanini angladim”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Ibn Sino

  2. Luqmoni Hakim

  3. Gippokrat

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Inson organizmida qaysi vitamin yetishmasa organizmning tashqi ta’sirlarga kurashuvchanlik qobiliyati susayadi?

  1. A vitamin

  2. B vitamin

  3. C vitamin

  4. D vitamin

  1. Raxit kasalligining oldini olishda, tish va suyaklarning mustahkam bo’lishida qaysi vitamin zarur hisoblanadi?

  1. A vitamin

  2. B vitamin

  3. C vitamin

  4. D vitamin

  1. Turli tashqi ta’sirlar natijasida sodir bo’ladigan jismoniy yoki ruhiy toliqishga nima deyiladi?

  1. Stress

  2. G’azab

  3. Tushkunlik

  4. Holsizlik

  1. Luqmoni hakim eng shirin lazzat deb nimani ta’kidlagan?

  1. Boylikni

  2. Vaqtni

  3. Sog’-salomatlikni

  4. Mehnatni

  1. Stress, xavotir va bezovtalanishning oldini olish yo’llari berilgan qatorni aniqlang?

  1. Sog’lom ovqatlanish, o’z vaqtida va me’yorda uhlash

  2. Yoqtirgan musiqani tinglash, yengil jismoniy mashqlar

  3. Hissiyotlaringiz ro’yxatini tuzib, kattalar bilan maslahatlashish

  4. Barcha javoblar to’g’ri


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

C

A

B

B

C

D

A

C

D

21-22-mavzu. Do’stlik va mehr-oqibat.




  1. Quyidagi fikr qaysi jamoat arbobiga tegishli: “Do’stlik qiyin kunlarda sinovdan o’tadi. O’zaro hamkorlik do’stlik emas, u shartlarga asoslangan o’zaro kelishuvdir. Unda do’stlik rishtalari bo’lmaydi”.

  1. Indira Gandi

  2. Mahatma Gandi

  3. Benjamin Franklin

  4. Amir Temur

  1. Chin do’stlikning “oltin qoidalari” berilgan qatorni toping?

  1. Chin do’stlar bir-birining kayfiyatlarini tushunadilar

  2. Chin do’stlar ishonchli bo’ladilar, qiyin damlarda yordamga keladilar

  3. Chin do’stlarda o’zaro hurmat bo’ladi, ular bir-birini haqorat qilib, kamsitmaydilar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Do’stlikka ishonch, sadoqat haqida hikoya qiluvchi “Og’zi bo’sh tulki” hikoyasining muallifi kim?

  1. Pedro Pablo Sakristan

  2. Nodar Dumbadze

  3. Fenimyor Kuper

  4. Xudoyberdi To’htaboyev

  1. Sadoqatli do’stga xos hususiyatlarni aniqlang?

  1. Qiyin damda ham sizning yoningizda bo’ladi

  2. Muammolaringizni tushunishga va to’g’ri maslahat berishga intiladi

  3. Siz haqingizda qayg’uradi, sirlaringizni boshqalarga aytmaydi

  4. Batcha javoblar to’g’ri

  1. Sadoqatsiz do’stga xos sifatlar berilgan qatorni aniqlang?

  1. Faqat o’zi haqida qayg’uradi, muammolaringizni tinglamaydi

  2. Siz haqingizda orqangizdan gapiradi

  3. Ruxsatsiz narsalaringizni oladi, siringizni saqlay olmaydi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Haqiqiy chin do’st bo’lish uchun qanday sifatlar zarur?

  1. Adolat, ishonch, sabr-toqat, bag’rikenglik

  2. Mardlik, loqaydlik, mehnatsevarlik, ishonch

  3. Halollik, quvnoqlik, dangasalik, mardlik

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. “Do’stlik” bog’i Toshkent shahrining qaysi tumanida barpo etilgan?

  1. Sergeli tumanida

  2. Yakkasaroy tumanida

  3. Yunusobod tumanida

  4. Chilonzor tumanida

  1. O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi qachon qabul qilindi?

  1. 1992-yil 2-iyul

  2. 1992-yil 2-iyun

  3. 1992-yil 2-yanvar

  4. 1992-yil 2-fevral

  1. Davlatlar o’rtasidagi aloqa va munosabatlarni yanada mustahkamlashda nimaning ahamiyati katta?

  1. Xalqaro hamdo’stlikning

  2. Xorijiy kitob mutolaasining

  3. Chet el film va seriallarining

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Quyidagi javoblar orasidan do’stlik qoidalariga zid keladiganini toping?

  1. Qiyindamlarda yordamga tayyorlik

  2. Muammolarni tushunishga urinish va sir saqlay olish

  3. Faqat o’z manfaatini ko’zlab ish tutishbarcha javoblar to’g’ri

  4. Barcha javoblar to’g’ri




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

D

A

D

D

A

B

A

A

C

23-24-mavzu. Rostgo’ylik va halollik.




  1. “Halol odamga yetkazish mumkin bo’lgan eng katta zarar – uni halolsizlikda ayblash”. Ushbu fikr kimga tegishli?

  1. Uilyam Shekspir

  2. Aleksandr Pushkin

  3. Tohir Malik

  4. O’tkir Hoshimov

  1. Halollikning ilk belgisi qaysi hislat hisoblanadi?

  1. Mardlik

  2. Qat’iyat

  3. Rostgo’ylik

  4. Mehnatsevarlik

  1. Qaysi fazilat go’zal insoniy fazilat bo’lib, u kishilar o’rtasidagi to’g’riso’zlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik singari axloqiy sifatlarni targ’ib qiladi?

  1. Samimiylik

  2. Halollik

  3. Qat’iyat

  4. Tirishqoqlik

  1. Kim rostgo’y va haqiqatparvar ekan, uning ko’ngli doimo ….. va ….. bo’ladi. (Xalq hikmati). Nuqtalar o’rniga mosini qo’ying?

  1. Boy va baxtli

  2. Tinch va to’q

  3. Tog’ri va pok

  4. Tinch va quvnoq

  1. Uilyam Shekspir kim bo’lgan?

  1. Ingliz yozuvchisi

  2. Rus yozuvchisi

  3. Polyak yozuvchisi

  4. Fransuz yozuvchisi

  1. Uilyam Shekspirning ta’kidlashicha, halol odamga yetkazilishi mumkin bo’lgan eng katta zarar nima?

  1. Uning boyligini tortib olish

  2. Uning mehnatini kamsitish

  3. Uni halolsizlikda ayblash

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Halollik qanday axloqiy sifatlarni o’zida mujassamlashtiradi?

  1. To’g’riso’zlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik

  2. Mehnatsevarlik, o’ta tirishqoqlik, sabrlilik

  3. Ozodalik, to’g’riso’zlik, loqaydlik

  4. Vatanparvarlik, quvnoqlik, dangasalik

  1. Sinf javonidan nazorat ishining javoblari yozilgan varaq topib oldingiz. Bunday holatda siz nima qilasiz?

  1. Darrav javoblarni ko’chirib olaman

  2. Javoblarga qaramasdan ustozimga qaytarib beraman

  3. Sinfdaoshlarimga javoblarni topib olganimni ko’rsatib, maqtanaman

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Quyidagi javoblar ichidan rostgo’ylik so’zining sinonim va antonimlarini toping?

  1. Tog’riso’zlik va dangasalik

  2. Adolat va loqaydlik

  3. To’g’riso’zlik va yolg’onchilik

  4. Haqiqatgo’ylik va g’azab

  1. Maqolni davom ettiring: “Oshing haol bo’lsa …..”.

  1. Koni rohat

  2. Mazali bo’ladi

  3. Uyda ich

  4. Ko’chada ich




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

C

B

B

A

C

A

B

C

D

25-mavzu. Ishonchli va ishonchsiz axborotlar.




  1. Biror bir voqea, hodisa, jarayon yoki insonlarga nisbatan haqiqatdan yiroq bo’lgan, mish-mishlar va afsonalarga asoslanib tarqatilgan ma’lumotlarga nima deyiladi?

  1. Soxta va yolg’on axborotlar

  2. Haqiqatdan biroz yiroq xabarlar

  3. Haqiqatga yaqin axborotlar

  4. Aniq dalilsiz xabar

  1. Insoniyat tarixida bosma nashrlardagi eng birinchi yolg’on axborot nechanchi yilda e’lon qilingan?

  1. 1822-yilda

  2. 1835-yilda

  3. 1900-yilda

  4. 1990-yilda

  1. Insoniyat tarixidagi birinchi yolg’on axborot nima haqida edi?

  1. Robotlarning tabiatga qiron keltirayotgani haqida

  2. Dunyoni suv bosishi haqida

  3. Oy va undagi jonzotlar haqida

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Yolg’on axborotlarga ishonib qolmaslik uchun nimalarga amal qilishimiz kerak?

  1. Ishonchli va ishonchsiz axborotlarni farqlay olishimiz kerak

  2. Qalbaki va yolg’on axborot tarqatuvchilarning maqsadlarini anglashimiz

  3. Internet tarmog’idagi har qanday axborotga ishonavermasdan, uni baholay olishimiz

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Axborotni baholash mezonlari qanday?

  1. Axborotni diqqat bilan o’qish

  2. Axborot manbasini aniqlash

  3. Rostligiga tasdiq izlash

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Turli media manbalarda tarqatilgan axborotlarni tahlil qilish, ularni baholash va media mahsulotlar yarata olish qobiliyatiga nima deyiladi?

  1. Mediaresurs

  2. Media aloqa

  3. Mediasavodxonlik

  4. Medianazorat

  1. Axborot manbasini aniqlashda nimalarga e’tibor berish muhim hisoblanadi?

  1. Axborot tarqatuvchilarning asosiy maqsadi nima ekanligiga

  2. Sayt egalari, maqola muallifi haqida ma’lumot to’plash

  3. Boshqa manbalar nima deyotganini tekshirish

  4. To’g’ri javob yo’q

  1. Insoniyat tarixidagi ilk yolg’on axborot qaysi nashrda e’lon qilingan edi?

  1. Pravda vostoka

  2. Forbes

  3. New York Sun

  4. New York Times

  1. Yolg’on axborot tarqatishdan maqsad nima deb o’ylaysiz?

  1. Odamlar orasida vahima uyg’otish

  2. O’z obunachilari sonini suniy ko’paytirish

  3. Insonlar orasida tushkunlik va ishonchsizlikni tarqatish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Axborotni baholashda asosiy mezonlardan biri uni diqqat bilan o’qishdir. Bunda nimalarga e’tibor berish kerak?

  1. Axborotning asosiy ma’nosiga

  2. Haqiqatga yaqin yoki yo’qligiga

  3. Matnga, veb-sahifaning tuzilishiga

  4. Barcha javoblar to’g’ri



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

B

C

D

D

C

B

C

D

D

26-27-mavzu. Oila – qadriyatlar beshigi.




  1. Jamiyatning asosiy bo’g’ini bu nima?

  1. Davlat

  2. Jamiyat

  3. Oila

  4. Mahalla

  1. Oilaning barcha a’zolari tomonidan qadrlanadigan, ular uchun muhim bo’lgan, hurmat qilinadigan an’ana va urf-odatlarga nima deyiladi?

  1. Oilaviy marosimlar

  2. Oilaviy boyliklar

  3. Oilaviy qadriyatlar

  4. Oilaviy bayramlar

  1. Insoniyatning hayoti davomida turli sinovlardan o’tib kelayotgan urf-odat, an’analar umumlashmasiga nima deyiladi?

  1. Qadriyat

  2. Meros

  3. Xotira

  4. Marosim

  1. Milliy qadriyatlarimizning o’zagini nimalar tashkil etadi?

  1. Yoshi ulug’larning hurmatini joyiga qo’yish

  2. El-yurtga nisbatan sadoqat tuyg’usini o’zimizda shakllantirish

  3. Ota-ona va ustozlarga hurmat ko’rsatish, kichiklarga izzatda bo’lish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Ushbu modda Konstitutsiyamizning nechanchi moddasi hisoblanadi?

  1. 62-modda

  2. 63-modda

  3. 64-modda

  4. 72-modda

  1. “Hech bir xalq oilaviy munosabatlarsiz mavjud bo’la olmaydi. Oilani yaratish barcha millat va elatlar uchun tabiiydir”. Ushbu fikr qaysi allomaga tegishli?

  1. Alisher Navoiy

  2. Abu Rayhon Beruniy

  3. Islom Karimov

  4. Shavkat Mirziyoyev

  1. Maqolni nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’yib davom ettiring: “Oila - ….. ayvon”.

  1. Mustahkam

  2. Oltin hoshiyali

  3. Qo’sh ustunli

  4. Baquvvat

  1. Oilada farzand uchun ota-ona kim?

  1. Ibrat namunasi, ishonchli va mehrli zot

  2. Hayotning baxtli va sinovli davrlarida samimiy maslahatgo’y

  3. G’amxo’r va hamisha g’animat bo’lgan mo’tabar zot

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi bobi “Oila” deb nomlanadi?

  1. 11-bob

  2. 12-bob

  3. 13-bob

  4. 14-bob

  1. Inson hayoti davomida qiyinchiliklarni yengishga yordam beradigan “immunitet”ni birinchi navbatda qayerdan oladi?

  1. Bog’chada

  2. Maktabda

  3. Oilada

  4. Mahallada




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

C

C

A

D

B

B

C

D

D

C

28-29-mavzu. Oilaviy kitobxonlik.




  1. Inson uchun maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin do’st va bebaho boylik nima hisoblanadi?

  1. Vaqt

  2. Kitob

  3. Pul

  4. Maktab

  1. Kitob mutolaasi insonda nimalarni shakllantirishga bebaho hissa qo’shadi?

  1. Dunyoqarashini boyitadi

  2. Nutqini o’stiradi

  3. Xotirasini mustahkamlaydi

  4. Barchasi to’g’ri

  1. Agar yolg’iz ersang, hamdam kitobdur,

Bilim subhidagi nur ham kitobdur.
Ushbu misralar muallifi kim?

  1. Abdurahmon Jomiy

  2. Jaloliddin Rumiy

  3. Alisher Navoiy

  4. Sa’diy Sheroziy

  1. Oilaviy kitob o’qish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

  1. Kitob tanlay olish – u barcha oila a’zolari uchun qiziqarli bo’lishi kerak

  2. Kitobni qanday o’qishni bilish, kitobni mustaqil o’qiy olish

  3. Kitob o’qib olingan bilimlarni yetkazish, qayta o’qish – kitobxonlik ko’nikmasini shakllantirish

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. O’zini qadrlagan kishi uchun kitob bamisoli jon kabiligini ta’kidlagan buyuk ma’rifatparvar kim?

  1. Abdulla Avloniy

  2. Mahmudxo’ja Behbudiy

  3. Hamza Hakimzoda Niyoziy

  4. Abdulla Oripov

  1. Dunyodagi eng katta kitob kimga bag’ishlangan/

  1. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga

  2. Tarixiy qahramon podshohlarga

  3. Ajoyib rekordchilarga

  4. G’aroyib iste’dodi bilan dong qozongan bolalarga

  1. Qaysi mashhur fizik olim, “Jeyms Uatt” oltin medali sovrindori bolaligidan unga kitobni ovoz chiqarib o’qib berishlarini yoqtirganini aytgan edi?

  1. Ivan Ivanovich Artobolevskiy

  2. Maksim Gorkiy

  3. Aleksandr Sergeyevich Pushkin

  4. Uilyam Shekspir

  1. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga bag’ishlangan dunyodagi eng katta kitobning og’irligi qancha?

  1. 1 tonna

  2. 1,5 tonna

  3. 2 tonna

  4. 2,5 tonna

  1. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga bag’ishlangan dunyodagi eng katta kitobning yaratilishi uchun qancha vaqt ketgan?

  1. 2 yil

  2. 3 yil

  3. 4 yil

  4. 5 yil

  1. Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v) ga bag’ishlangan dunyodagi eng katta kitob nechta xalqaro va mahalliy mukofotlarni qo’lga kiritgan?

  1. 20 ta

  2. 22 ta

  3. 25 ta

  4. 30 ta



1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

B

D

A

D

C

A

A

B

C

B

30-mavzu. To’g’ri ovqatlanish qoidalari.




  1. Inson salomatligi va mehnat qobiliyatini ta’minlovchi eng muhim omil nima hisoblanadi?

  1. To’g’ri ovqatlanish

  2. Badantarbiya

  3. Tabassum

  4. Uyqu

  1. Qanday moddalar inson organizmida energiya ishlab chiqarishi uchun juda zarur hisoblanadi?

  1. A vitamin

  2. Mikro va makro elementlar

  3. Suv va oqsil

  4. B va D vitamin

  1. Hozirgi kunda oziqlanishga necha xil va qanday sifatlarda qaralmoqda?

  1. Ikki xil: oziqlantiruvchi va yoshartiruvchi

  2. Ikki xil: oziqlantiruvchi va tozalovchi

  3. Uch xil: oziqlantiruvchi, tozalovchi, yoshartiruvchi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Asalning qanday foydali xususiyatlari bor?

  1. Ichki a’zolarni sog’aytiradi

  2. Haroratni mo’tadillashtiradi

  3. Immunitetni oshiradi, umrni uzaytiradi

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Kimki, sog’lom turmush tarziga erishmoqchi, o’z sog’lig’ini saqlamoqchi va mustahkamlamoqchi bo’lsa, ovqatlanish tartibi, iste’mol qilinayotgan ovqatning sifati, miqdori, ovqatni iste’mol qilish vaqti va uning hazm bo’lish jarayoniga asosiy e’tiborni qaratmog’i lozim. Ushbu fikr kimniki?

  1. Ibn Sino

  2. Luqmoni Hakim

  3. Gippokrat

  4. Abu Rayhon Beruniy

  1. Maqolda tushurib qoldirilgan so’zni qo’ying: “Taom tuz bilan, tuz …. Bilan”.

  1. Suv bilan

  2. O’lchov bilan

  3. Ozlik bilan

  4. Zarari bilan

  1. To’gri ovqatlanishning eng asosiy bosqichi qaysi bosqich hisoblanadi?

  1. Nonushta

  2. Tushlik

  3. Kechki taom

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Kechki taomda qanday ovqatlarni iste’mol qilish zararli hisoblanadi?

  1. Yengil taomlarni

  2. Yog’li taomlarni

  3. Ko’p miqdordagi taomlarni

  4. B va C javoblar to’g’ri

  1. Maqolni davom ettiring: “Taom lazzati o’zida - odam lazzati ….”.

  1. Ko’zida

  2. Aqlida

  3. So’zida

  4. Boyligida

  1. To’g’ri ovqatlanish qoidalari to’g’ri berilgan qatorni toping?

  1. O’z vaqtida ovqatlanish kerak

  2. Vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak

  3. Toza suv ichish kerak

  4. Barchasi to’g’ri




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

A

B

B

D

A

B

A

D

C

D

31-32-mavzu. Ekologik xavflar.




  1. Atrof-muhit va insoniyatning yo’q bo’lishiga olib keladigan muammolar qanday muammo deyiladi?

  1. Iqtisodiy muammo

  2. Siyosiy muammo

  3. Ekologik muammo

  4. Texnologik muammo

  1. Kataklizm nima?

  1. Tabiat hodisalari

  2. Yer tanqisligi

  3. Aholi sonining ko’payishi

  4. Savodsizlik

  1. So’nggi asrlarda kataklizmlar soni necha baravarga ko’paydi?

  1. 10 baravarga

  2. 15 baravarga

  3. 20 baravarga

  4. 25 baravarga

  1. O’zbekistondagi umumta’lim maktablari o’quvchilarining tahminiy soni qancha?

  1. 6 119 440 nafar

  2. 6 300 045 nafar

  3. 7 170 120 nafar

  4. 8 210 054 nafar

  1. Kataklizmlarga misol keltiring?

  1. Sunami, dovullar va zilzila

  2. Iqlim o’zgarishi

  3. Virus va bakteriyalarning mutatsiyaga uchrashi

  4. A va B javoblar to’g’ri

  1. Ekologik muammolar keltirilgan qatorni toping?

  1. Okeanlar, suv hafzalari, dengizlar ifloslanmoqda

  2. Ozon tuynuklari kengaymoqda, iqlim o’zgarmoqda

  3. O’simlik va hayvon turlari yo’qolib ketmoqda

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Ekologik muammolarning asosiy sababchisi kim?

  1. Davlat

  2. Tabiiy ofatlar

  3. Inson

  4. Zavodlar

  1. Insonlar atmosferaga qanday tarzda zarar keltirmoqdalar?

  1. Zaharli gazlar va moddalar chiqarmoqda

  2. Hayvonlarni nobud qilmoqda

  3. Dengiz suvini ifloslantirmoqda

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Tabiat inson uchun nimalar bergan?

  1. Foydali qazilmalar, neft, gaz

  2. Suv, o’rmon, hayvonlar

  3. O’simliklar va mevalar

  4. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Bugungi kunda yil davomida qancha kataklizmlar sodir bo’lmoqda?

  1. 200 dan ortmoqda

  2. 250 dan ortmoqda

  3. 300 dan ortmoqda

  4. 350 dan ortmoqda




1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

C

A

C

A

D

D

C

A

D

A



B. Mirzajonov



Download 389.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling