Ta’lim davlat standartiga asosan muhandisga bilim darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablardan tashqari quyidagi yo‘nalishlarda ham talablar qo‘yiladi:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo‘yicha;
matematika va boshqa tabiiy-ilmiy fanlar bo‘yicha;
umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha;
maxsus fanlar bo‘yicha (shu jumladan, KTYQM lar texnik ekspluatatsiyasi bo‘yicha).
Talablar quyidagi shaklda tuzilgan: tushunchaga ega bo‘lmoq, bilmoq va foydalanish qo‘lidan kelmoq, tajribaga ega bo‘lmoq.
Umum madaniyat, kasbiy va sotsial faoliyatning ijtimoiy va insonparvarlikka yo‘naltirilganligi:
inson shaxsi, huquqlari, hayoti va sog‘lig‘ining ustuvorligini tushunish;
konstitutsiya va qonunlarga bo‘lgan hurmat, ularga amal qilish;
xalqparvarlik, qonunlarga itoat etish, intizomlilik;
O’zbekiston Respublikasi manfaatlarini tushunishga asoslangan vatanparvarlik, uning tarixi, texnika sohasi ziyolilari an’analari, transport va oliy maktab tarixi va an’analari;
jamiyat, iqtisodiyot va texnikaning umum rivojlanish qonuniyatlarini tushunish; bu qonuniyatlar va yo‘nalishlardan kasbiy faoliyatda foydalanish;
tadbirkorlik, faollik, peshqadamlikka intilish;
yuqori ma’naviy, madaniy va kasbiy daraja;
sheriklar, mijozlar, xodimlar va qo‘l ostidagi odamlar bilan munosabatlarda vijdonlilik va hamkorlik;
ishchi jamoa, kasbiy uyushmalar va tashkilotlarda kasbiy va ijtimoiy faollik;
Yuqori kasbiy bilimlar va ko‘nikmalar:
muhandis-texnika xizmatining maqsadlari va o‘rni, transport qonunchiligining asoslari va mazmunini bilish;
iqtisodiy usullar, tarmoq va korxonalarni boshqaruv mexanizmlarini tushunish;
o‘z faoliyat doirasida marketing tahlilini o‘tkaza bilish;
zamonaviy KTYQM konstruksiyalari, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, texnologik jihoz va materiallarni bilish;
me’yoriy-texnik hujjatlarni yuritish asoslarini va ularni amaliyotda qo‘llashni bilish;
texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash va yonilg‘i quyish texnologik jarayonlari va usullarini bilish;
muhandislik texnologik va iqtisodiy hisob-kitob qilish usullarini egallash;
mehnat qonunchiligi, xodimlarning xuquq va vazifalari, xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi talablarini bilish;
ish yuritish va hisob-kitob asoslarini egallash;
ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ishlash va kerakli axborotni olish mahorati (statistik hisobot, ma’lumotnomalar, standartlar, jurnallar);
yangi informatsion texnologiyalarni egallash va ulardan amalda foydalanish (shaxsiy kompyuter, tarmoqlar, serverlar, internet va boshqalar);
o‘z ish joyini tashkil qilish mahorati va tashqi ko‘rinishini maqtashga arzirli darajada tutish.
Do'stlaringiz bilan baham: |