Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


Download 142.96 Kb.
bet1/13
Sana20.06.2023
Hajmi142.96 Kb.
#1634004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
12 Maktabgacha pedagogika.mustaqil ish (2)




O’ZBEKISTONRESPUBLIKASIMAKTABGACHATALIMVAZIRLIGI
MAKTABGACHATA’LIMTASHKILOTLARIDIREKTORVAMUTAXASSISLARINI
QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Maktabgacha pedagogika


FANIDAN


MUSTAQIL ISH


BAJARDI: Noraliyeva Xosiyat


QABUL QILDI:Meliyeva Yayra


Mavzu:Bilish jarayonining rivojlanishi sohalari kompetensiyalari
Reja:
1. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasining mazmuni.
2.“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasining kichik sohalari talablarini o`rganish

Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ilk matematik tasavvurlarini izchil va uzluksiz o`stirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun matematikaga oid ta`lim-tarbiya mazmunining asosini tabiat va tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarni sanash, o`lchamlari jihatdan qiyoslash, turli geometrik shakllarni farqlash, bir necha shakllardan boshqa bir shakllarni yasash kabilar tashkil etadi.





Bilish jarayoni bolalarning aqliy va psixik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan. Kognitiv rivojlanish bir nechta bosqichlardan tashkil topadi: iqror bo'lish, qayta ishlash, tashkil qilish va olingan axborotdan to'g'ri foydalanish. Kognitiv rivojlanish jarayoni bir qator mujassam tadbirlar: o'rganish, aniqlash, tasavvur qilish, saralash, toifalash va axborotni yodlashdan iborat.






Bola rivojlanishining ushbu sohasi bolalar qanday fikrlashi va ular nimalarni bilishini o'z ichiga oladi. Maktabgacha bo'lgan davrda kognitiv rivojlanish muammoni baholay olish malakasi, tartib-qoida va konsepsiyalarni tushunish malakalari, shuningdek, imkoniyatlar va oqibatlarni oldindan ko'ra olish kabi muhim malakalarni egallash bilan xarakterlanadi. Bolalar faqatgina umumiy bilimlar egallayotganlari bilan emas, balki qanday o'rganayotganligi, eslab qolayotganligi va tushunayotganliklari bilan ham farq qiladilar.



So'nggi vaqtlarda kognitiv rivojlanishda bolalarning jismoniy salomatligi, ijtimoiy va hissiy rivojlanishlariga katta urg'u berilmoqda. Chunki, aynan ushbu sohalar keyingi muvaffaqiyatli rivojlanishning ta'minlovchilari sanaladi.Bolalar tomonidan egallangan bilimlar ularning ta'limga yondashuvlari bilan birgalikda kundalik faoliyatlari uchun asos bo'ladi.




Download 142.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling