Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 142.96 Kb.
|
12 Maktabgacha pedagogika.mustaqil ish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasini “Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat ”kichik sohasi
O`quv topshiriq:3- guruh
1. Davlat talabining“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasini “Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat” kichik sohasini o`rganing. (1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talablar) 2.“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasini “Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat”kichik sohani 1-2 yosh davriga tegishli talablarni toping Eslatma: topshiriqni bajarish yo`riqnomasiga amal qiling “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasini “Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat”kichik sohasi 1-2 yosh Guruhlarda topshiriqni bajarish yo`riqnomasi 1. Guruh liderini tanlang. 2. Topshiriq bilan tanishing va uni bajarish yo`lini muhokama qiling. 3. Davlat talabining“Bilish jarayonining rivojlanishi sohasi” soxasini kichik soxalarini va talablarini o`rganing 4.“Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasini kichik sohalarini yosh davriga tegishli talablarni toping 5.Taqdimotni rasmiylashtiring. 6. Taqdimot o`tkazing. 7. Guruhlar ishini baholashni o`tkazing. Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat`iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o`zgarishlar bilan to`qnash kelishlariga to`g`ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o`sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk borolamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o`zicha ma`no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz. Hayotning har bir davri, rivojlanish hususiyatlari va ehtiyojlariga ko`ra o`ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o`sib, ulg`ayishida maktabgacha bo`lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin.Bolalar ohangraboli olam bolalar hisoblanib, juda tez o`sish, rivojlanish va o`zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir. Aqliy kamolot bu yoshning o’sib, tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlarining majmuasidir. Bolalarning 6-7 yoshdan boshlab maktabga o’qishga o’tishi munosabati bilan ularni maktab ta’limini tayyorlash uchun aqliy rivojlanish yetarli darajada bo’lishini ta’minlash tarbiyachining javobgarligini yanada oshiradi. “O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yilgan Davlat talablari” asosida “Ilk qadam” tayanch o`quv dasturi ishlab chiqildi. Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish tamoyilidan kelib chiqib, ularning aqliy rivojlanishlari, atrof-olamdagi voqea-hodisa, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi. Bolalarning tafakkurini rivojlantirishda ayniqsa ularning matematik tushunchalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga, shu bilan birga ularningongiga jonli va jonsiz tabiatda sodir bo`layotgan tanish, notanish predmet va tabiat hodisalarga jalb qilishga, tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik tevarak-atrofni iflos qilmaslikka, e`tibor qaratish zarur. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ilk matematik tasavvurlarini izchil va uzluksiz o`stirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun matematikaga oid ta`lim-tarbiya mazmunining asosini tabiat va tevarak-atrofdagi narsa va buyumlarni sanash, o`lchamlari jihatdan qiyoslash, turli geometrik shakllarni farqlash, bir necha shakllardan boshqa bir shakllarni yasash kabilar tashkil etadi. MTM yoshidagi bolalar uchun matematikaga oid ta`lim-tarbiya berishda asosan tevarak-atrofdagi narsa yoki buyumlarni sanash, taqqoslash, o`lchamlarni bir-biridan qiyoslash, narsalarning turgan o`rnini ko`rsatish, (pastda, balandda,chapda, ongda) ularning geometrik shakllarni farqlash, bir necha shakllardan boshqa bir shakllarni yasash, tevarak-atrofdagi qurshab turgan narsalar orasidan tanish bo`lgan geometrik shakllarni topa olish (Masalan; quyosh va oy shar shaklida), tabiatdagi sutka davomidagi quyosh holatini kuzatib sutka qismlari ya`ni vaqt o`lchovlarini bilishda, bolalarning vaqt haqidagi tasavvurlarini mustahkamlashda, yil fasllari bilan tanishtirish va fasllarning nomini to`g`ri va ketma-ketlikda aytishga o`rgatishda muhim sanaladi. Bundan tashqari bolalarni matematik tasavvurlarini shakllantirishda turli xil o`yinlardan foydalanish ham ijobiy samara beradi. Bolalar narsalarni kuzatish, guruhlarga va alohida qismlarga ajratish, guruhning ko`payishi va kamayishini sezish, narsalarni birgalikda yig`ish, bir-birining ustiga qo`yish, aniq bir guruhga to`plash, ularning nomlarini bilish haqida so`z lug`atini egallash kabilar bolalarni dastlabki sanoq haqidagi tasavvurlarini va ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishga asos bo`ladi. Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xotira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bilan belgilanadi. Ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg`ulotlarida bolalar son-sanoq, geometrik shakllar, miqdor va kattaliklar, vaqt va fazo haqida boshlang`ich bilimlarni oladilar. Bolalarning tafakkurini rivojlantirishda ayniqsa ularning matematik tushunchalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o`stirishga e`tibor qaratish zarur. Bilish jarayoni bolalarning aqliy va psixik qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan. Kognitiv rivojlanish bir nechta bosqichlardan tashkil topadi: iqror bo'lish, qayta ishlash, tashkil qilish va olingan axborotdan to'g'ri foydalanish. Kognitiv rivojlanish jarayoni bir qator mujassam tadbirlar: o'rganish, aniqlash, tasavvur qilish, saralash, toifalash va axborotni yodlashdan iborat. Bola rivojlanishining ushbu sohasi bolalar qanday fikrlashi va ular nimalarni bilishini o'z ichiga oladi. Maktabgacha bo'lgan davrda kognitiv rivojlanish muammoni baholay olish malakasi, tartib-qoida va konsepsiyalarni tushunish malakalari, shuningdek, imkoniyatlar va oqibatlarni oldindan ko'ra olish kabi muhim malakalarni egallash bilan xarakterlanadi. Bolalar faqatgina umumiy bilimlar egallayotganlari bilan emas, balki qanday o'rganayotganligi, eslab qolayotganligi va tushunayotganliklari bilan ham farq qiladilar. Shunday qilib, ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning bilimlarni qay tarzda egallayotganliklariga ham katta ahamiyat berish lozim. So'nggi vaqtlarda kognitiv rivojlanishda bolalarning jismoniy salomatligi, ijtimoiy va hissiy rivojlanishlariga katta urg'u berilmoqda. Chunki, aynan ushbu sohalar keyingi muvaffaqiyatli rivojlanishning ta'minlovchilari sanaladi.Bolalar tomonidan egallangan bilimlar ularning ta'limga yondashuvlari bilan birgalikda kundalik faoliyatlari uchun asos bo'ladi. Download 142.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling