1-2-mavzu texnik tizimlardagi muhandislar, bakalavrlar, magistrlarda tadbirkorlik sifatlari. Boshqarishning texnik vositalari. Reja


Download 223.36 Kb.
bet1/6
Sana31.03.2023
Hajmi223.36 Kb.
#1312276
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу


1-2-MAVZU
TEXNIK TIZIMLARDAGI MUHANDISLAR, BAKALAVRLAR, MAGISTRLARDA TADBIRKORLIK SIFATLARI. BOSHQARISHNING TEXNIK VOSITALARI.
Reja:

1. Texnik tizimda muhandis tushunchasi.

2. Yuqori kasbiy bilimlar va ko‘nikmalar.



3. KTYQMi yo‘nalishi bakalavri va magistriga qo‘yiladigan umumiy talablar.


Texnik tizimda muhandis – nazariy bilimlarga, kasbiy ko‘nikmalarga, ishbilarmonlik sifatlariga suyanib, talab qilingan (berilgan) ish ko‘rsatkichli texnik, texnologik va boshqa tizimlarni yaratish, qayta o‘zgartirish va ularni ishga qobiliyatli holatda tutishni ta’minlaydigan oliy ma’lumotli mutaxassisdir.
«Muhandis» so‘zi va tushunchasi lotincha ingenium so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «ijodkor», «idrokli», «qobiliyatli», «bilimli», «bilag‘on» kabi ma’nolarni anglatadi.
Ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, xarakteri va masalalarni yechish usullaridan kelib chiqib, muhandislar korpusini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
yangi buyumlar, tizimlar va inshoatlarni konstruksiyalash va loyihalash (konstruktorlar, loyihachilar, sinovchilar va boshqalar);
sanoatda yangi buyumlar va tizimlarni tayyorlash yoki inshoatlarni industrial tarzda qurish (texnologlar, ish boshqaruvchilar va boshqalar);
qidiruv – tadqiqot ishlari (geodezistlar, geologlar, kartograflar va boshqalar);
buyumlar, inshoatlar va tizimlar ekspluatatsiyasi (ekspluatatsiya bo‘yicha texnologlar, elektriklar, gidravliklar, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha muhandislar va boshqalar); Lekin bu hodisaning uch xil shakli borki, ular barcha ma’lum hollarning 75…80 foizini tashkil qiladi. (1- jadval).
Mutaxassisning unumli mehnat faoliyati davomiyligi 27…30 yilni tashkil etadi.
Bu davr ichida, birinchidan, korxona, firma boshqaruvi pog‘onasida mutaxassisning joyi o‘zgaradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 9…11 yil mobaynida KTYQM korxonasi muhandis-texnika xizmati mutaxassisining mansabi o‘rta hisobda ikki – to‘rt marta yuqorilashuvi mumkin.
Masalan, usta  quyi bo‘g‘inlardagi mehnat jamoasining rahbari  ishlab chiqarish – texnik bo‘limi boshlig‘i  sex boshlig‘i  bosh muhandis.
Muayyan mutaxassisning mansab bo‘yicha yuqorilashuvi, tabiiyki, hamma vaqt yakka tartibda ro‘y beradi.

Mutaxassisning boshqaruv pog‘onalaridan ko‘tarilishi u yechadigan masalalarning xarakteri va mazmuniga ta’sir etadi.
Agar kompleks yo‘l qurilish korxonasida muhandis-texnik xizmati bo‘yicha asosiy masalalarni yechishga ketadigan ish vaqti o‘rtacha ekspluatatsion-texnologik faoliyat uchun – 36 %, ishlab chiqarish – boshqaruv faoliyati uchun – 32 % va o‘quv – ishlab chiqarish, tarbiya faoliyati uchun – 17% to‘g‘ri kelsa, oddiy muhandis uchun bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 80,4 va 17 %, texnik bo‘lim boshlig‘i uchun – 31,33 va 23 %, bosh muhandis uchun – 12,50 va 27 % ni tashkil qiladi.
Mutaxassisning ishlab chiqarishdagi o‘z joyi va ishlab chiqarishning o‘zini o‘zgarishiga tayyorligi va moslashuvi talablarning uchinchi yo‘nalishi bilan ta’minlanadi va uni kasbiy bilimlarning dinamikligi deyish mumkin.
Bu yo‘nalish ishlab chiqarishni joriy takomillashtirish va mutaxassisning ishbilarmonligi bilan bir qatorda, ishlab chiqarishning istiqboldagi asosiy o‘zgarishlarini ham hisobga olishi kerak.
Bu guruh talabalarining asoslari mutaxassislarni tayyorlashdayoq ko‘zda tutilib, keyin esa muayyan vaziyatni (tarmoqda fan-texnika tarakkiyotining jadalligi, yuzaga keladigan muammolar, mutaxassisning shakllangan ishbilarmonligi va boshqaruv pog‘onalaridan ko‘tarilishini tayyorlash va boshqalar) hisobga olgan holda, quyidagi usullar bilan to‘ldirilishi lozim:
muntazam maqsadli qayta tayyorlash va har 4…5 yilda kurslar, fakultetlarda malakani oshirish;
tashabbusli uzluksiz malaka oshirish va mustaqil o‘qish;
mutaxassisning vazifalari va boshqaruv tizimidagi o‘rnining taxmin qilingan o‘zgarishi yoki uning shaxsiy xohishi (ikkinchi ta’lim, magistratura, aspirantura, biznes maktablari va boshqalar) bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim olish.

Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling