1-2-mavzu texnik tizimlardagi muhandislar, bakalavrlar, magistrlarda tadbirkorlik sifatlari. Boshqarishning texnik vositalari. Reja
Download 223.36 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- "U" nazariyasi
- KTYQMi yo‘nalishi bakalavriga umumiy talablar O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi" to‘g‘risidagi qonuniga asosan ta’lim 2 -bosqichda olib boriladi
- Bakalavr quyidagi talablarga javob berishi zarur
Mehnat manfaatdorligi - bu insonni mehnatga undashning shunday usuliki, unda inson va firma maqsadlari o‘zaro moslashadi.
Bu tamoyillarni qo‘llashda mehnatdan manfaatdorlikning g‘arb usuli (X va U) hamda sharq ya’ni Yaponiya usuli mavjuddir. "X" nazariyasi usullari bo‘yicha inson o‘zining tabiiy xususiyatlariga binoan mehnatni ko‘pam yoqtiravermaydi, shuning uchun uni doim mehnatga majbur etish, nazorat qilib turish kerak. "U" nazariyasi (amerikalik Makgregar nazariyasi) ga binoan, xodimni mehnatga majbur qilishning o‘zigina uning mehnat faolligini oshirmaydi, agar u ongli ravishda mehnat natijasidan manfaatdor bo‘lsagina ishga ijodiy yondoshishi mumkin deb hisoblaydi. Manfaatdorlikning ma’naviy qismiga kiruvchi quyidagi elementlari ayniqsa muhimdir. 1.Korxonaning o‘z xodimlariga bo‘lgan aniq va ravshan talabining mavjudligi. 2. Xodimlarning hammasi (jumladan, rahbarlar uchun ham) uchun zarur bo‘lgan namunaviy (standart) xizmat qoidalarini joriy etilishi. 3. Xodimlarni doimo o‘qitish va malakasini oshirish. 4. Ishchiga keng yo‘l ochish va uni rag‘batlantirish. 5. Xodimlarni korxonaga, firmaga umrbod sadoqatli bo‘lishi kabi xususiyatlarini tarbiyalash (har bir firmaning o‘z ramzi, madhiyasi, ishchi kiyimi bo‘lishi, oilaviy munosabatlari va h.k.). KTYQMi yo‘nalishi bakalavriga umumiy talablar O’zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi" to‘g‘risidagi qonuniga asosan ta’lim 2 -bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqichda bakalavr tayyorlanadi va ikkinchi bosqichda magistrlar tayyorlanadi. Bakalavr quyidagi talablarga javob berishi zarur: ijtimoiy iqtisodiy va insonparvarlik fanlari sohasidagi asosiy tavsilotlar bilan tanish bo‘lish, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni ilmiy taxlil qila olish, ijtimoiy va kasb faoliyatining turli sohalarida ayni fanlar uslublaridan foydalana olish ; inson-insonga, jamiyatga va atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi axloqiy va xuquqiy qoidalarni bilish, ularni ekologik va ijtimoiy loyihalarni ishlab chiqishda hisobga ola bilish; jonli va jonsiz tabiatda ro‘y beradigan jarayon va xodisalar haqida yaxlit tushunchaga ega bo‘lish, tabiatni bilishning xozirgi zamon ilmiy uslublari, imkoniyatlarini tushunish va ularni tabiiy-ilmiy mazmuniga ega bo‘lgan hamda kasb ishlarini bajarishda uchraydigan muammolarni yechish uchun zarur bo‘lgan darajada egallash; O’zbekiston Respublikasi Davlat tili hamda bir va bir necha horijiy tillarini bilish; sog‘lom xayot tarzi haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish jismoniy kamolotga yetish, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish; tafakkur madaniyatiga ega bo‘lish, uning umumiy qonuniyatlarini bilish va ular natijalarini yozma shaklda yoki og‘zaki nutqda to‘g‘ri (mantikli) rasmiylashtira olish; o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila olish kasb faoliyatida qo‘llaniladigan axborotlarni kompyuter uslubi orqali yig‘a olish, ularni saqlash va taxlil qilish; texnik, moliyaviy va insoniy omillarni hisobga olgan xolda ishlab chiqarish munosabatlari va boshqaruv asoslarini bilish; turli tizimlar parametrlarining eng muvofik qiymatlarini aniqlashga doir masalalarni yechish usullaridan foydalana bilish; ijtimoiy amaliyot va fan taraqqiyoti sharoitida egallangan tajribani qaytadan baholash o‘z imkoniyatlarini taxlil qila olish axborot-ta’limot texnologiyasidan foydalanib, yangi bilimlarga ega bo‘lish bo‘lajak kasbining moxiyati va ijtimoiy ahamiyatini, uning faoliyat sohasini ravshan aniklaydigan fanlarning asosiy muammolarini tushuna bilish, ularni ta’limotining yaxlit tizimidagi o‘zaro bog‘liqligini ko‘ra olish; kasb sohasida tizimli yondoshish asosida loyihalash qobiliyatiga ega bo‘lish, turli xodisalarni tasvirlashda va oldindan aytib berish modellarini yaratish va foydalana olish ularning sifat va miqdoriy taxlilini amalga oshira bilish; kasb ishlarini amalga oshirish bilan bog‘lik bo‘lgan maqsad va vazifani qo‘ya bilish. Download 223.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling