1-2-mavzu texnik tizimlardagi muhandislar, bakalavrlar, magistrlarda tadbirkorlik sifatlari. Boshqarishning texnik vositalari. Reja


Boshqaruv va muhandislik qarorlarini qabul qilish mahorati


Download 223.36 Kb.
bet3/6
Sana31.03.2023
Hajmi223.36 Kb.
#1312276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу

Boshqaruv va muhandislik qarorlarini qabul qilish mahorati:
o‘zining huquq va vazifalarini, bo‘linma vazifalari va uning boshqaruv tizimi pog‘onalaridagi tutgan o‘rnini bilish (korxona, tashkilot, firma va boshqalar);
tizim rivojlanishi qonuniyatlarini tushunishga asoslangan ilmiy bashoratlash manbalarini egallash;
muammolar va kelishmovchiliklarning paydo bo‘lishini oldindan ko‘ra bilish;
bo‘linmaning istiqbolli va joriy (tezkor) maqsadlarini aniqlash va taqsimlash
tizimning bosh maqsadlariga to‘g‘ri keladigan o‘zining maqsad va vazifalarini ifodalashni bilish;
kerakli ma’lumotlar kelib tushishini, ularga o‘z vaqtida ishlov berish va tahlil etishni tashkillash;
muqobil qarorlar kerakligini tushunish, ularni ifodalash va taqqoslay bilish;
nostandart vaziyatlarda qarorlar qabul qilish asoslarini egallash;
boshqa mutaxassislar, rahbariyat yoki tashqi maslahatchilarga murojat qilishning maqsadga muvofiqlik sharoitlarini tushunish; ular oldiga qaror qabul qilish va kelishishni talab qiladigan savollarni qo‘ya bilish;
Qarorlarni amalga oshirish va xodimlar bilan ishlash mahorati:
bajaruvchilar va qo‘l ostidagi xodimlarga masalalarni aniq qo‘yish va maqsadlarni ifodalash;
o‘z vazifalarini qo‘l ostidagi xodimlarga qisman bo‘lib bera bilish;
qarorlarni amalga oshirish shartlarini rahbariyat oldida aniqlash (muddatlar, resurslar, cheklashlar);
rahbariyat va mijozlar bilan bo‘lgan munosabatlarda o‘ta xushmuomalalik;
qarorlar bajarilishini muntazam va bosqichma-bosqich nazorat qilishni tashkillash;
qo‘l ostidagi xodimlar bilan munosabat va ishbilarmonlik uslubini egallash: xushmuomalalik, talabchanlik;
bilim va ko‘nikmalarni boshqalarga yetkazish, «menga o‘xshab bajar» shaklidan foydalanish;
xodimlarning foydali tashabbusi va faolligidan foydalanish, uni umumlashtirish va rivojlantirish;
qo‘l ostidagi xodimlarning ilm olishiga, kasbiy va madaniy o‘sishiga g‘amxo‘rlik qilish, zahira (shu jumladan o‘zining lavozimi uchun) tayyorlash;
qo‘l ostidagi xodimlarni haqqoniy va ochiq, ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish yoki jazolash;
maxsus mutaxassislar jamoasini tashkillash va bosh bo‘lish, javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.

Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling