1-2-mavzu texnik tizimlardagi muhandislar, bakalavrlar, magistrlarda tadbirkorlik sifatlari. Boshqarishning texnik vositalari. Reja


O’zgarayotgan ishlab chiqarishga moslashuv va kasbiy o‘sishga imkon beruvchi mutaxassis bilimlarining o‘suvchanligi


Download 223.36 Kb.
bet4/6
Sana31.03.2023
Hajmi223.36 Kb.
#1312276
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-мавзу

O’zgarayotgan ishlab chiqarishga moslashuv va kasbiy o‘sishga imkon beruvchi mutaxassis bilimlarining o‘suvchanligi:
tarmoqda amal qiladigan asosiy qonuniyatlar va mutanosibliklarni tushunish;
ish uslublari va qarashlarning (fikr-mulohazalarning) tizimliligi;
uddaburonlik (epchillik) va moslashuvchanlik;
texnik ekspluatatsiya nazariy asoslarini va ulardan amalda foydalanishni bilish;
vatan va chet el tajribasidan foydalanish va umumlashtirishni bilish;
ilmiy-texnik tarakkiyot yo‘nalishlari va bashoratlarni bilish, tarmoq rivojlanishining asosiy g‘oyalarini bilish;
tarmoqdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan qidiruv va fundamental ishlar natijalari bilan tanishish;
kasbiy-ijtimoiy tadbirlarda faol qatnashish (seminar, konferensiya, ko‘rgazma va boshqalar);
o‘z malakasini muttasil oshirish va o‘z-o‘zini tanqid qilish ruhi;
kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar va mahoratning to‘planib borishi jarayonida mehnat bozoridagi raqobatbardoshlik va o‘zi haqidagi fikrning o‘sishi.
Ijtimoiy iqtisodiy sohaning asosiy vazifasi, hal kilinayotgan masalaning (muammoning) iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyatini bayon qilish, tushuntirishdan (jumladan, ijro etuvchilarni ham) iborat.
Ijtimoiy psixologik (ruhiy) soha esa bu ishni bajarishda xodimlar qanday ma’naviy ko‘nikma olishadi, ularni samarali mehnat qilishga nimalar ruhlantiradi, mehnatni rag‘batlantirishning qanday usullari qo‘llaniladi kabi savollarga javob topish bilan bog‘liqdir.
Shuning uchun ham boshqarishning nazariyasi va amaliyotida ushbu sohalar qaysi va qanday sharoitda amalga oshishdan qatiy nazar, ilm - fan va san’at sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda bir necha atamalar ustida to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Mehnat faolligi – mehnat faolligi yoki faol mehnat deganda ishchining mehnat qilish ishtiyoqi, g‘ayrat va ko‘tarinki ruh bilan ishga kirishishi va uni bajarishi tushuniladi.
Mehnat faolligi mehnat qiluvchining shu mehnat natijasidan manfaatdorligi bilan belgilanadi.
Umuman olganda, mehnatdan manfaatdorlik qadim zamonlardan iqtisodiyot nazariyasining bosh masalalaridan biri bo‘lib kelgan va uni amalga oshirish muayyan ijtimoiy - siyosiy tuzumlar muhitiga bog‘liq bo‘lgan.
Tarixiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mehnatdan manfaatdorlik ikkita toifaga (kategoriyaga), ya’ni mehnat qiluvchi mehnat natijasidan ham moddiy, ham ma’naviy rag‘batlantirishga asoslangan bo‘lishi kerak va shuningdek, mehnat ozod, erkin bo‘lishi lozim.
Ya’ni ishchi yoki xodim qancha samarali (ko‘p va sifatli) mehnat qilsa, shunga yarasha xaq olishi va xizmat pog‘onasi bo‘ylab o‘sa borishi, shuningdek turli imtiyozlarga ega bo‘lishi zarur.
Ishchini yoki xodimni hech kim ishlashga majbur qilmasligi zarur.

Download 223.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling