1. 3 Topshiriq: Essay yozish Mavzu: Fuqarolik jamiyati sharoitida sotsial strukturalarning o’ziga xos xususiyatlari


Download 20.31 Kb.
Sana13.09.2020
Hajmi20.31 Kb.
#129519
Bog'liq
Ecce


1.3 Topshiriq: Essay yozish

Mavzu: Fuqarolik jamiyati sharoitida sotsial strukturalarning o’ziga xos xususiyatlari.

Jamiyatni rivojlantirish, huquqiy davlatga asos solish, fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor iqtisodiyotiga oʼtish, davlat hokimiyati organlarini tizimini nomarkazlashtirish natijasida fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sayin sotsial strukturalar ham takomillashadi, uning yangidan-yangi funktsiyalari paydo boʼladi. Fuqarolik jamiyati sharoitida sotsial strukturalarga tasnif berish ijtimoiy tuzilmasi toʼgʼrisidagi bilimlarnitahlil etishda unga doir kategoriyalar toʼgʼrisida tasavvurlarga ega boʼlish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu kontseptsiyada fuqarolik jamiyatining muhim mezoni sifatida erkin fuqarolik jamoalarning teng huquqli, avtonom va faol xatti-harakat qilayotgan individlarning mavjudligi yaqqol ajratib koʼrsatilgan. Fuqarolik jamiyati uchun eng muhim mohiyat kasb etuvchi jihatlar – bu alohida olingan individlar oʼz shaxsiy xohishlariga boʼysungan holda, «ijtimoiy manfatlardan» mustaqil holda shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib shunchaki oʼz oldiga qoʼyilgan maqsadlarga erishishga intilishni emas, balki oʼzining mavjud boʼlgan qonuniy manfaatlari va ehtiyojlarini chindan ham qondirishi hisoblanadi.

Sotsial struktura ichidagi fuqarolik jamiyatining asosi - davlat va siyosiy tashkilotlarning barqarorligiga zaruriyat sezadigan oʼrta sirnf hisoblanadi. «Oʼrta sinf»ning vakillari yuqori darajada sotsial va iqtisodiy mustaqillikka ega boʼladi.Аristoteldan boshlab Russo va Gegelgacha boʼlgan barcha mutafakkirlar xususiy mulkni mustaqil fuqarolar yaratishdagi oʼrnini eʼtirof etgan.

Shuningdek,fuqarolik jamiyatini strukturalashning tizimli yondashuvi ham oʼzining qator afzalliklariga egadir. Shuning uchun ham turli jamiyatga doir adabiyotlarda koʼpincha «struktura» tushunchasi «tizim» sinonimii sifatida ishlatiladi. Bu kabi nuqtai nazardan kelib chiqilsa, har bir mamlakatdagi fuqarolik jamiyati quyidagi tizimiy belgilarga ega boʼladi: u biron-bir sotsiallik turiga mansub boʼlib, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga boʼlinish, muayyan darajadagi suverenlik, ierarxiyalik, barqarorlik, rivojlanib va oʼzgarib borish, ochiqlik, turli moslashuvlar, organik birlik vadifferentsyalashish kabi sifatlarga ega boʼladi.

Fuqarolik jamiyatini siyosatdan butunlay yiroq turadigan munosabatlar va institutlar tizimi sifatida tavsiflamaslik lozim. Bu jamiyatning genezisi va tabiati turli tuman manfaatlarni davlat siyosatini belgilash jarayonida jamiyatdagi fuqarolar irodasi sifatida ifodalashi uchun iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-axloqiy, oilaviy, madaniy va boshqa ijtimoiy munosabatlarni yetarli darajada tizimning tarkibiy qismlariga aylantira oladi. Bu tizim doirasida turlicha jamoat tashkilotlari, harakatlar, siyosiy partiyalar, diniy tashkilotlar, iqtisodiy uyushma va birlashmalar, va nihoyat, insonning oʼzi shaxs sifatida oʼzining oilaviy, kasbiy, xizmat koʼrsatishga oid va boshqa turli tuman manfaatlari hamda ehtiyojlarini qondirish uchun harakat qiladi.

Fuqarolik jamiyati tarixiy rivojlanishning tadrijiy yoʼli hosilasi sifatida asta-sekiinlik bilan rivojlanadi. Bu kabi jamiyatning shakllanishi uchun muayyan shart-sharoitlar boʼlishiga zaruriyat tugʼiladi:

-fuqarolik jamiyati ikki xil yoʼl bilan – davlat yordamida yoki mustaqil ravishda shakllanishi mumkin. Mazkur jamiyatning davlat yordamida shakllanishi – bu jamiyatni shakllantirishga doir muayyan qonunlarni ishlab chiqilishi, demokratik strukturalarni rivojlantirish, davlat tomonidan umum qabul qilingan meʼyorlarga qatʼiy amal qilish. Mustaqil ravishda shakllanish– bu oʼrta mulkdorlar qatlamining jamiyatdagi hissasi ustuvor ahamiyat kasb eta boshlaganida, fuqarolar huquqiy madaniyati demokratik printsiplar talablari darajasiga koʼtarilganida, erkin fikrlaylaydigan fuqarolarning jamiyatga taʼsiri sezilarli darajaga koʼtarilganida fuqarolik jamiyati tadrijiy yoʼl bilan shakllanishi mumkin;

-fuqarolarning koʼpchilik qismini oʼz shaxsiy mulkiga ega boʼlishi, uni turli shakllar va huquqlar doirasida mustaqil ravishda tasarruf etish huquqiga ega boʼlishi, shuningdek mulkdorlar qatlamini mustaqil iijtimoiy birlik sifatida rivojlanishi natijasida fuqarolik jamiyati shakllanishi uchun iqtisodiy shart-sharoilar tugʼilishi mumkin. Gʼarb tadqiqotchilarining fikricha, xususiy mulkning mavjudligi fuqarolik jamiyati sharoitida shaxsning erkinligini tayanch  sharti hisoblanadi.

-fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun jamiyatda rivojlangan va turli tuman sotsial strukturalar yetilgan boʼlishi lozim. Bu strukturalar jamiyatdagi barcha fuqarolar ijtimoiy qatlamlari, guruhlari vakillarining turlicha manfaatlarini oʼzida ifodalaydi;

-shaxsning sotsial, intellektual, psixologik jihatlardan rivojlanganligi, uning mustaqil faoliyat yuritish uchun ichki erkinligi va qobiliyatini shakllanganligi.

Fuqarolik jamiyatining maʼnaviy sohasi bevosita odamlarning maʼnaviy-axloqiy jihatlardan rivojlanishi, ularning ilmiy va badiiy ijodiyoti, madaniy rivojlanishi bilan bogʼliqdir. Bu sohadagi fuqarolik jamiyatining unsuri - bu soʼz va vijdon erkinligidir. Ularni amalga oshirish alohida olingan shaxslarning oʼz eʼtiqodlarini himoya qilish, oʼz fikrini oshkora ayta olish, oʼz shaxsiy gʼoya va kontseptsiyalarini rivojlantirish imkoniyatlariga ega boʼlish, ijodiy tashabbuskorlik vaoʼzini oʼzi rivojlantirish uchun shart-shapoitlar yaratishni ifodalaydi. Bu soha oʼz ichiga mustaqil faoliyat yuritadigan ijodiy, ilmiy, madaniy, maʼnaviy, maʼrifiy va boshqa uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlarni oladi .

Fuqarolik jamiyati strukturasi oʼzida jamiyatni sotsial-tabaqaviy jihatdan boʼlishni aks ettirsa ham u aslida jamiyat (suveren va mustaqil) subʼektlarining erkin oʼzaro taʼsiri hamda bogʼlanishlari natijasi oʼlaroq shakllanadi. Fuqarolik jamiyati manfaatlar muvozanatiga asoslanganligini uchun ham uni strukturalarini tavsiflashda asosiy ahamiyat kishilarni turli birliklarga birlashtirish va ularning aʼzolik tabiatini ochib beradigan uyushfunktsionaltahlilga qaratiladi. Bu xulosalardan yana bir muhim holat kelib chiqadi. Fuqarolik jamiyatining strukturasi oʼzida gorizontallik tabiatinikasb etadi. Unda davlatdan farq qilib, vertikal aloqalar emas, balki gorizontal munosabatlar ustunlik qiladi. Fuqarolik jamiyatida erkin va yuridik jihatdanteng huquqli hamkorlarning oʼzaro munosabatlari shakllanadi. Fuqarolik jamiyatining strukturalari oʼzini oʼzi tashkil etuvchi, oʼzini oʼzi boshqaruvchi sifatidadagi teng huquqli subʼektlar va ixtiyoriy hamda erkin istak bildirishlar natijasida paydo boʼladi.



Shu tariqa, fuqarolik jamiyati faqat tizimli sifat kasb etganidagina oʼzining sotsial harakatchanligiga va yetukligiga erishadi, deb xulosa qilish mumkin. Bu tizimlilik ierarxik emas, balki muvofiqlashtirish tarzini kasb etadi.Bunda barcha sotsial birliklar (manfaatlarni ifodalash asosida tashkil topgan guruhlar) bir-birlariga boʼysunmaydi, balki oʼzaro aloqalar asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolik jamiyatining boshlangʼich mezonlari – bu manfaatlar, huquq va shaxs erkinligidir. Erkinlik va adolat fuqarolik jamiyati sharoitida odamlar faoliyatini yoʼlga qoʼygan holdasotsial omillik kasb etadi.



Mavzu: Fuqarolik jamiyati sotsial strukturasi.

Tarixiy taraqqiyot tajribasidan maʼlumki, inson jamiyat tomonidan oliy ijtimoiy qadriyat manbalari sifatida namoyon boʼlishi eng yechimini topish eng qiyin muammolardan biridir. Chunki, bu kabi sharoitlarda insonni mansabdorlar va ularning apparatini irodasi asosida faoliyat yuritishdan boshqa chorasi qolmaydi, inson davlat mashinasining bir murvatiga aylana boshlaydi. Shaxs oʼzining turmushini oʼzgartirish qobiliyatiga ega boʼlmasdan, u xalqaro munosabatlarda “inson huquqlari manbasi” deb ataladigan oʼz insoniy qadr-qimmatini eʼzozlaydigan erkinlik meʼyorlaridan bahra ololmaydi.

Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini xalqaro tajribalar va milliy anʼanalar asosida shakllantirish inson erkinligi va huquqlarini taʼminlashning asosiy kafolati sifatida shakllantirish inson taraqqiyoti uchun eng zaruriy omildir. Hozirgi davrda jamiyatga doir zamonaviy nazariyalarda fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy uchta tarkibiy qismlari quyidagicha taʼriflanadi:

• ijtimoiy ahamiyatga molik funktsiyalarni sezilarli qismini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarini rivojlanganligi; “shaffof” hukumat va parlamentning mavjudligi; uning “shaffof”ligi jamiyat nazorati ostida va fuqarolarning baholashlari bilan bogʼliq ekanligi bilan ifodalanadi;

• hukumat va nodavlat tashkilotlar oʼrtasida “de-yure” talablari doirasidagi muloqotlarning mavjudligi, yoki, boshqacha aytganda, ijroiya hokimiyati tizilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga taʼsir eta olishning legitim usullarini shakllanganligi.

Shu bilan birga, jamiyatni qonunlar asosida boshqarilishi ham obʼektiv zaruriyat hisoblanadi. Lekin, boshqaruv tizimida baʼzi mansabdorlarning byudjetni ijro etishi va turli resurslarni taqsimlash va boshqaruv faoliyatida qonunlar bilan belgilanmagan turli ruhsatnomalar berish, tadbirkorlikni nazorat qilish kabi turli byurokratik vositalar paydo boʼladiki, ular doimo jamiyatni rivojlanishiga toʼsiq boʼlib kelgan. Shuningdek, bu kabi holatlar obʼektiv zarurat hisoblanmaydi. Ularning barchasi boshqaruv anʼanalaridan chiqarib tashlanishi zarur.

Umuman, fuqarolik jamiyatining yashashi va rivojlanishi uchun davlat organlari quyidagilarga amal qilishiga zarurat tugʼiladi:

-qarorlar qabul qilishva ularni ijrosini amalga oshirishda u yoki bu ijtimoiy tizilmalar bilan kelishib faoliyat koʼrsatishi shart ekanligi;

-davlat organlari vakolatlarini bir qismini nodavlat tashkilotlarga oʼtkazish.

Shuningdek, davlat apparati funktsiyalarini nodavlat tashkilotlarga oʼtkazib borish bilan boshqaruv tizimi ham demokratiyalashib boradi. Masalan, Buyuk Britaniyada davlat organlari faqat nodavlat tashkilotlari bajara olmaydigan yoki bajarishni istamaydigan funktsiyalarni bajaradi.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida shunday xulosa chiqarish mumkin: vertikal ierarxiya asosida boshqarish manbai insonlardan iborat boʼlganzaruriy qadriyatlarni shakllaninishini izdan chiqarib turadi. Shuning uchun ham boshqaruvda davlat va jamiyatning rolini muvozanatlashtirish boshqaruvni modernizatsiyalashning ustuvor yoʼnalishi hisoblanmoqda. 

Shuning uchun ham davlat boshqaruviga doir islohotlarni amalga oshirishningkafolati fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish bilan uzviy ravishda bogʼliqdir. Chunki, inson taraqqiyotining asosiy komponentlaridan biri, bu – inson taqdirini hal etish, uning huquq va erkinliklarini taʼminlanishiga doir boshqaruv jarayonida uning oʼzi bosh manfaatdor sifatida ishtirok etishi taqozo etiladi.

Fuqarolik jamiyati shakllanib borgani sari mansabdorlar faoliyatini milliy manfaatlar, jamiyat baroqarorligi va xalq farovonligi asosida kechishi uchun shart-sharoitlar shakllanib boradi. Chunki, jamiyatning manfaatlari bilan shaxsning manfaatlari uygʼunlashgan fuqarolik jamiyati sharoitida fuqarolarning huquqlar ham manfaatlar asosida insoniy birliklarga uyushish va shu asosda hokimiyat organlarini nazorat qilish, ularda ishtirok etish mayllari shakllanib va oʼsib bordi.

Fuqarolik jamiyati sharoitida markaziy hokimiyatda milliy manfaatlar bilan bogʼliq yirik vakolatlardan boshqasi mahalliy hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga uzatiladi. Hududiy oʼzini oʼzi boshqarish organlari, oʼz navbatida, fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi oʼz zimmasiga olmagan yoki u rad etganidan boshqa vakolatlarni amalga oshira boshladi. Bu holatda konsensusga erishish printsipiga asoslanildi. Bu printsip koʼpincha maʼmuriy shartnomalarda ifodalana boshlaydi.



Rivojlangan mamlakatlarda huquqiy davlatning paydo boʼlishi fuqarolik jamiyati tushunchalarini talqin etishga ham kuchli taʼsir etdi. Jumladan, fuqarolik jamiyati tushunchasinikeng va tor maʼnolardaishlatish rusumga kirdi. Keng maʼnodagifuqarolikjamiyati - davlat va uning tizilmalari tomonidan jamiyatni egallab olmagan qismi, boshqacha aytganda, davlatningqoʼlietmaganqismidir. Bu kabi jamiyat davlatga nisbatan avtonom, bevositaunga qaramboʼlmagan qatlam sifatidarivojlandi. Shuningdek, fuqarolikjamiyati keng maʼnodafaqat demokratik qadriyatlari muhitidagina emas, balkiavtoritarizm rejimida ham yashay oladi. Lekin, totalitarizmning paydo boʼlishi bilan fuqarolikjamiyati siyosiy hokimiyattomonidan butunlay «yutib» yuboriladi.

Soʼnggi yarim asr ichida tarixiy rivojlanish tajribalari shuni koʼrsatdiki, huquqiy davlat unsurlari shakllanmasdan ilgari fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, huquqiy davlat qurish islohotlari fuqarolik jamiyati muhitidan oziqlanadi, davlat irodasi ham jamiyatdagi turli tuman manfaatlar va ehtiyojlar ifodalanishiga bogʼliq holda namoyon boʼladi. Shuningdek, huquqiy davlat sharoitidagi erkin raqobatbardoshlik natijasidagina oʼrta qatlam - mulkdorlar qatlamini shakllanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi .
Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling