1-4sinflarda o'rganiladigan til sathlari va ularni tenglab tushunishdagi imkoniyatlar


Download 0.67 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#235502
Bog'liq
1-4SINFLARDA O'RGANILADIGAN

1-4 SINFLARDA O'RGANILADIGAN TIL SATHLARI VA ULARNI TENGLAB TUSHUNISHDAGI IMKONIYATLAR

Ne’matova Munisa, BT 107-guruh


REJA:
  • Mavzu yuzasidan 1-4sinflarni mavzularini tahlil qilish
  • Mavzu yuzasidan taqdimot o'tkazish
  • Mavzu yuzasidan savol-javob o'tkazish

Men bu taqdimotni 1-sinf ona tili darsligi bo`yicha tayyorladim

Ona tili darsligining mavzulari 1-sinf o`quvchilariga mos. Mavzularning ketma ketligi to`gri bog`langan . Mavzular yuzasidan berilgan topshiriqlarning qiyinlik darajasi 1-sinf o`quvchisiga mos. Darslikda berilgan mavzu yuzasidan qoidalar tushunish darajasi yaxshi ifoda etilgan, yoshiga mos ravishda.

Mening taklifim mashqlarda rasmlar sonini ko`paytirish negaki 1-sinf o`quvchisini yoshini inobatga olgan holda rasmlar bilan ishlashda qiziqishi ortishini sabab qilib ko`rsata olaman.

Mavzu: BO`G`IN.

SO`ZLARNI BO`G`INLAB KO`CHIRISH

SO‘Z BO‘G‘INLARGA BO‘LINADI

1- TOPSHIRIQ. So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ lib o‘qing va namunadagidek yozing.

Namuna: Op-poq, ...



Sovuq, chana, yaxmalak, qo‘lqop, quyosh, musaffo, havo

2-TOPSHIRIQ. Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib yozing.

Hasan va qaldirg‘och

Hasan qaldirg‘ochning inidan uchto‘rtta tuxum olib tushdi.

— Tuxumlarni joyiga qo‘y, onasi qarg‘aydi, — dedi buvisi.

Hasan tuxumlarni joyiga qo‘ydi.

Namuna: i-ni-dan, ...

SO‘ZLAR BIR SATRDAN IKKINCHI SATRGA BO‘G‘INLAB KO‘CHIRILADI

3-TOPSHIRIQ. Maqolni o‘qing, ma’nosini tushuntiring.

Kattani hurmat qil,

Kichikni izzat qil.

Ko‘chiring. Ajratilgan so‘zlarni ko‘chirish qoidasiga ko‘ra bo‘g‘inlarga bo‘lib yozing!



4-TOPSHIRIQ. Rasm yordamida sport o‘yinlariga oid so‘z larning bo‘g‘inlarini toping.

So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib yozing

UYGA VAZIFA

Savollarga javob yozing!

1. So‘zlar nimalarga bo‘linadi?



2. Qaysi tovushlar bo‘g‘in hosil qiladi?

3. So‘zlar bir satrdan ikkinchi satrga qanday ko‘chiriladi?
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling