Arabcha: sezgi fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar


Download 18.41 Kb.
Sana10.05.2020
Hajmi18.41 Kb.
#104653
Bog'liq
adabiyotshunoslik 9 sem


Sheʼr (arabcha: — sezgi) — fikrning his-tuygʻuga qorishiq ifodasi sifatida vujudga kelgan, hayajonli sheʼriy nutq bilan ifoda etilgan, maʼlum ichki ohangga ega badiiy asar. "She'r" atamasi oʻrniga baʼzan "nazm" soʻzi ham qoʻllanadi. U badiiy adabiyotning qadimiy turi boʻlib, insoniyat eng birinchi badiiy asarlarni shahrida yaratgan. Rivoyat qilishlaricha, birinchi shahrini bevaqt oʻldirilgan oʻgʻli Hobilning dardida kuygan Odam alayhissalom yaratgan ekan. Shuning uchun ham unda, deyarli hamisha, muallifning oniy kayfiyati, lahzalik porloq kechinmalari ustuvorlik qiladi. Shahrida fikrning kutilmagan va sezimlarga kuchli taʼsir koʻrsatadigan yoʻsinda ifodalanishiga eʼtibor qilinadi. Shu bois ham har bir shahridan oʻta muhim ijtimoiy gʻoya ifodasini kutish maqsadga muvofiq emas. Ularda tuygʻular poʻrtanasi qudratli, sezimlar miqyosi keng va taʼsirchanlik, yuqumlilik darajasi yuqori boʻlishi muhimdir. Shahrining uzoq yashashini taʼminlaydigan asosiy omillar: tuygʻular samimiyati va ifoda tabiiyligidir.

Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida she'rlar asosan, kuylash uchun yaratilganligi uchun "qoʻshiq" deb atalgan. Ogʻzaki she'r qatʼiy shakliy-mundarijaviy qoliplarga tushmaydi va yoʻnalishiga koʻra mavsum, marosim, sevgi qoʻshiqlari kabi turlarga ajratiladi. Mumtoz she'rlar qofiyalanish va banddagi misralarning miqdoriga koʻra maxsus janrlarga boʻlingan. Agar Sh. bandi 2 misradan iborat boʻlsa — masnaviy, 3 misradan iborat boʻlsa — musallas, har bir band 4 misradan tashkil topsa — murabbaʼ, 5 qatorli bandlardan tashkil etilsa — muxammas, bandlari 6 satrdan tashkil topsa — musaddas, 7 misrali bandlardan iborat boʻlsa — musabbaʼ, 8 misrali bandlardan tashkil topsa — musamman, 9 qatorli bandlardan iborati — tasneʼ (mustasneʼ), 10 qatorli bandlardan iborat poetik asarlar muashshar (mashruʼ) deyilgan.

Hozirgi oʻzbek shoirlari turlicha bandlardan tashkil topadigan anʼanaviy barmoq vaznining turli poetik kombinatsiyalaridan tashqari, jahon sheʼriyati tajribasidan oʻzlashtirilgan

Sheʼr tuzilishi — sheʼriy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, yaʼni sheʼriy nutq nasriy nutqdan Sheʼr tuzilishi qonuniyatlariga ko'ra va shu qonun qoidalarga qatʼiy amal qilinishi bilan farqlanadi. Sheʼr tuzilishi aslida o'ziga xos murakkab tizimni tashkil etadi. Chunki sheʼrning yaratilishida juda koʻ'plab gʻoyaviy va badiiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan, mavzu, gʻoya, band, naqarot, ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urgʻu, poetik timsollar, fonetik usullar, badiiy sanʼatlar, syujet, timsol, kompozitsiya, konflikt va boshqalar unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan sheʼr paydo boʻladi.

SH.t.dagi mazkur jihatlarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish mumkin: mazmunga oid unsurlar va shaklga oid unsurlar. Sheʼr toʻqimasida bu unsurlar bir-biriga chambarchas bogʻliq va ularni sira bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Sheʼrda bir unsur ikkinchisiga, ayni damda, ikkinchisi birinchisiga oʻtib turishi, baʼzi hollarda esa bir unsur ham mazmun, ham shakl vazifasini oʻtashi mumkin (mas, timsol). Sheʼrda mazmun va shakl bir butun holda voqeʼ boʻladi. Sheʼrda mazmun va shakl mutanosibligi haqida Alisher Navoiy shunday yozgan:Nazmda ham asl anga maʼni durur, Boʻlsun aning surati har ne durur. Nazmki maʼni anga margʻub emas, Ahli maoni qoshida xoʻb emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida maʼni dagʻi dilkash anga.

("Hayrat ulabror") Sheʼr tuzilishida, asosan, 5 shakliy unsur ishtirok etadi, bular: vazn, qofiya, band, takrir va tajnis Bu jihatlar nasrda ham uchrashi mumkin. Biroq ular nasrda muntazam ravishda mavjud emas Vazn — sheʼr oʻlchovi yoki meʼyorini bildiradi. U sheʼriy nutqni nasriy nutqdan ajratib turuvchi asosiy unsurlardandir. Vazn baʼzan sajʼda va aruzning bahri taʼvil shaklida ham uchrashi mumkin. Qofiya esa ohangdosh soʻzlarni sheʼr misra (bayt, band)larida tizimli boʻlib kelishidir. U yeajʼ va boshqalar shakldagi asarlarda ham qoʻllanadi. Band — sheʼrning alohida qofiyalanish tartibiga ega ritmik boʻlagi. U qofiya va intonatsiya bilan birikkan misralarning muayyan tartib asosida takrorlanishidir. Vazn va bandni tildan ajralgan holda, turli jadvallar va belgilar bilan ham koʻrsatish mumkin. Ammo qofiya, takrir (soʻz takrori) va tajnis (jinsdosh soʻzlar) til materialidagina koʻrinadi.

SH.t. taraqqiyotida uning milliy va baynalmilal tomonlari koʻzga tashlanadi. Milliy tomoni milliy til tabiatiga suyanganligida koʻrinadi (mas, qofiya milliy til bilan bogʻliq milliy unsur boʻlib, uning ifodalanishida yaqqol namoyon boʻladi). Tarixan xalqlarning oʻzaro bir-birlariga yaqinlashishlari natijasida turli xalqlarning Sheʼr tuzilishi ham oʻzaro yaqinlashadi. Mas, oʻzaro yaqin milliy til guruhlarida Sheʼr tuzilishi bir-biridan keskin farq qilmaydi (mas, turkiy xalqlar). Sheʼr tuzilishining baynalmilal tomoni esa takomillashuv yoʻli bilan taraqqiy etib, shakl oʻzgarishi tarzida sekin-asta oʻzgarib borgan. Sheʼr tuzilishi unsurlari turli millatlar uchun mushtarak boʻlishi ham mumkin (mas, barmoq va aruz aksar turkiy xalqlarda ishlatib kelinadi; band ham koʻplab xalqlar Sheʼr tuzilishi uchun baynalmilal hodisa; sonet yoki gʻazal jahonning koʻpgina xalqlari sheʼriyatida qoʻllangan va qoʻllanmoqda).

SH.t. tarixiy taraqqiyot, davr uslubi va madaniyadabiy anʼanalar bilan uzviy aloqada yashaydi. Bir Sheʼr tuzilishida turli sheʼr tizimlarining imkoniyatlari mavjud boʻlishi va ular tarixiy taraqqiyot natijasida birinketin roʻyobga chiqishi mumkin.

Har qanday Sheʼr tuzilishidagi vazn asosida boʻgʻin turadi. Biroq sheʼr tizimlarining xarakteri boʻgʻinning qaysi xususiyatiga tayanishiga bogʻliq. Sillabik tizim, shu jumladan, oʻzbek barmoq tizimi boʻgʻinlarning soniga, tonik tizim urgʻusiga, sillabiktonik tizim esa boʻgʻinning urgʻuli va urgʻusizligiga tayanadi, aruz esa boʻgʻinning choʻziqqisqaligiga qaraydi.



Qofiya (arab. — ergashish, izidan borish) — sheʼriy misralarning muayyan oʻrnida ohangdosh soʻz yoki soʻz birikmalarining izchil takrorlanib kelishi. Q. sheʼrning mazmuni, janri, shakli va kompozitsiyasida muhim oʻrin egallaydi. Q. hosil qiluvchi soʻzlarning ohangdoshligi oʻzak bilan oʻzak yoki qoʻshimcha bilan qoʻshimcha oʻrtasidagi uygʻunlik tufayli yuzaga kelaoʻz

Q. sheʼr ritmi va musiqiyligini taʼminlaydi. U ritmiklik va ohangdoshlikdan tashqari, yana bir nechta vazifani bajaradi. Ana shu vazifalardan biri Q.ning sheʼr gʻoyaviy mazmuni bilan bogʻliqligidir. Shu bois u sheʼr mazmunini goʻzal va taʼsirchan ifodalashga xizmat qiladi. Q.da odatda sheʼr gʻoyasini tashuvchi soʻzlarni misraning sheʼrxon diqqatini oʻziga tortadigan oʻrniga (koʻpincha oxiriga) joylashtirish taqozo etiladi. Shu bilan birga Q. badiiy takt vazifasini ham bajaradi. Badiiy takt esa sheʼr gʻoyasining taʼsirchan va jozibali ifodalanishiga koʻmak beradi. Q.ning yana bir vazifasi sheʼr qurilishida kompo-zitsion uyushtiruvchilikdan iborat, chunki u misralarni uygʻunlik, ohang-dorlik bilan birbiriga ulaydi, bogʻlaydi, bayt yoki band kabi sheʼriy birliklarni tashkil etadi. Q.ning vazifalaridan yana biri shundaki, u sheʼr intonatsiyasini (ohangdorligini) yuzaga keltiradi. Sheʼrning poetik mazmuni, undagi soʻzlar ohang-dorligi, ritmi, vazni, band tuzilishi bilan uzviy bogʻliqlikda oʻzining intonatsion vazifasini bajaradi. Q. ritmik vazifa ham bajaradi. Bunday Q.lar sheʼrda radif boʻlmagan hollarda misralar soʻngi (chegarasi)ni taʼkidlab, izchil ritmik qatorlarni tashkil etishda yetakchi vazifani ado etad



Band (yun. strophe — aynan-burilish)— 1) sheʼriy misralar turkumi. Sharq mumtoz sheʼriyatida qofiyalanish tartibiga koʻra ikki misradan oʻn misragacha boʻlgan B.lar mavjud. Oʻzbek xalq qoʻshiqlarining aksariyati murabbaʼ shaklidagi B.lardan tuzilgan, namunasi Mahmud Qoshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida uchraydi. Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida uchlik, yettilik, toʻqqizlik, oʻnlik, oʻn beshlik va oʻn oltilik kabi oʻnga yaqin B. turlari mavjud; 2) oʻsimliksimon naqshlarda oʻsimlik tanasini ifodalovchi yoʻl, islimiy naqshlar tarkibiy qismi, tanobga nisbatan ikkilamchi. Barg , gul, kurtak, margʻula, jingala kabi unsurlarga ega.
Download 18.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling