1-5 Amaliy mashg'ulot Operatsion tizimlar docx


cp — Faylning nushasini yaratadi. Odatda fayl nushasi joriy katalogda ko’rinadi, lekin siz uni o’zgartirishingiz mumkin. ● find


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana11.05.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1454376
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
FSSdBaTR5VTZDW0h-819

cp — Faylning nushasini yaratadi. Odatda fayl nushasi joriy katalogda ko’rinadi, lekin
siz uni o’zgartirishingiz mumkin.

find — Ko’rsatilgan direktoriya (yoki butun tizim) dan ko’rsatilgan shartlar asosida
qidirishni amalga oshiradi. Bu buyruq bilan fayl nomi, fayl tipi, fayl hajmi, ruxsatlari, egalari,


yaratilgan vaqti, o’zgartirilgan vaqti va boshqa juda ko’p qo’shimcha parametrlarni
ishlatishingiz mumkin.

grep — Ko’rsatilgan fayl yoki faylllardan matn bo’yicha qidirishni amalga oshirib,
natijani fayllarda qayerda joylashganini ham ko’rsatib beradi. Bu buyruq juda ham
moslashuvchan(masalan berilgan shablon bo’yicha butun fayllardan qidiruvni amalga
oshirish) va ko’pincha dasturshilarga foydali.

locate — Butun fayl tizimidan mos fayl yoki direktoriyalarni qidiradi, so’ngra
natijalarning barchasini absolyut yo’lini ko’rsatadi. Odatda bu buyruq sizga ruxsat etilgan
direktoriyalardan qidiradi. Bu fayllarni topishning eng oson va qulay usuli.

mkdir/rmdir — Direktoriya yaratadi/o’chiradi. Odatdagi holatda joriy direktoriyada
yaratiladi /o’chiriladi. Lekin boshqa direktoriyalarni ham ko’rsatish mumkin. O’chirayotgan
vaqtda direktoriya bo’sh bo’lishi kerak.

mv — Faylni (qirqib olib) bir joydan boshqa joyga ko’chiradi, ko’chirilayotgan joyda
faylga yangi nom ham berish mumkin. Bu buyruqni joriy direktoriyada faylni qayta nomlash
uchun ishlatishingiz mumkin.

nano/emacs/vim — Deyarli barcha Linux tizimlarida mavjud bo’lgan matn
tahrirlagichlar. Boshlovchilar nano bilan ishlashlari mumkin, emacs va vim juda imkoniyatlari
ko’p va murakkab hisoblanadi.

rename — Faylni yoki fayllar to’plamini nomini o’zgartiradi. Berilgan shablon
asosida ko’plab fayllarni qayta nomlash uchun ko’plab qiziq parametrlari bilan ishlatish
mumkin.

rm — Fayllarni o’chiradi. Ba’zi parametrlar bilan ishlatilganda butun diektoriyani
ichidagilari bilan birgalikda o’chirish mumkin. Shuningdek buyruq shartlarga to’g’ri keladigan
bir necha fayllarni ham o’chirishi mumkin.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling