1-5 Amaliy mashg'ulot Operatsion tizimlar docx


Topshiriq: reester bilan ishlash


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana11.05.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1454376
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
FSSdBaTR5VTZDW0h-819

Topshiriq: reester bilan ishlash


4-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: OTda buyruqlar qatori qobig’i


Eng ko’p foydalaniladigan Linux buyruqlari
Terminalda navigatsiya buyruqlari

&& — bu buyruq asosiy hisoblanadi, aslida u buyruq ham emas. Agar terminalda bir
nechta buyruqni ketma ket bajarmoqchi bo’lsangiz shunchaki && ni ular orasiga joylashtiring.
Misol uchun, [buyruq1] && [buyruq2] dastlab [buyruq1] ni, uning ketidan [buyruq2] ni ishga
tushiradi. Istalgancha buyruqlarni shu tartibda bajarishingiz mumkin.

— Bu buyruq oxirgi ishlatilgan buyruqni qayta ishga tushiradi. Uni history buyrug’I
bilan birgalikda ishlatish yaxshi usul hisoblanadi. Siz buyruqlar tarixidagi n-buyruqni !n
buyrug’i bilan qaytarishingiz mumkin. Shuningdek siz n ta buyruq oldin bajargan buyruqni !-n
buyrug’i bilan takroran bajarishingiz mumkin.

cd — Joriy direktoriyani o’zgartiradi.

clear — Terminal oynasini tozalaydi.

history — Oxirgi ishlatilgan buyruqlar tarixini ko’rsatadi. Siz shuningdek klaviaturada
yuqoriga va pastga tugmalarini bosib, oxirgi ishlatilgan buyruqlarni o’tkazib ko’rishingiz
mumkin.

ls — Joriy direktoriyadagi fayl va papkalarni ko’rsatadi. Ko’rinadigan ro’yxat
formatini turli parametrlar yordamida o’zgartirishingiz mumkin.

man — Qidiruvga asosan yordam oynasini (manual) ko’rsatadi. Buyruqni qanday
ishlatishni o’rganish uchun yoki biror buyruqning qo’shimcha parametrlarini ko’rib olish
uchun juda qulay. Qachon ikkilansangiz man buyrug’idan foydalaning.
● pwd — joriy direktoriyani absolyut yo’l sifatida ko’rsatadi.

whatis — Buyruq qatori dasturlarini qisqa ta’rifini ko’rsatadi. Bu buyruqni man ning
qisqa ko’rinishi sifatida qabul qiling. Bu buyruqni buyruq nima ish bajarishini bilmoqchi
bo’lsangiz va to’liq ma’lumot shart bo’lmasa ishlating. Fayllar bilan ishlash buyruqlari

cat — Bu buyruqni oddiy matn fayl bilan birgalikda ishlatsangiz uning tarkibini
ko’rsatadi. Agar bir nechta matn fayl bilan ishlatsangiz ularning tarkibini ketma-ket ko’rsatadi.
Qayta yo’naltirish operatori (“>“) bilan birga qo’llaganingizda bir nechta fayl tarkibidagi
ma’lumotlarni bitta faylga birlashtirishingiz mumkin.

chmod/chown —chmod buyrug’i faylni o’qish, yozish va ishga tushirish ruxsatlarini
o’zgartiradi. chown buyrug’i faylga egalik qiluvchi foydalanuvchi yoki foydalanuvchilar
guruhini o’zgartiradi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling