1 5-mavzu: O‘zbekistonda dеmokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja
Jinoiy jazolarni liberallashtirish - qonun ustuvorligining muhim
Download 212.77 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mavzu Word
Jinoiy jazolarni liberallashtirish - qonun ustuvorligining muhim
sharti. Mustaqillikka erishgandan keyin Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan insonparvarlik, adolatparvarlik g‗oyalariga asoslangan jinoyat, jinoyat protsessual qonunlarini takomillashtirishga, jinoiy jazolarni liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalari Oliy Majlisga kiritildi. Ularning qabul qilinishi esa mamlakatimiz ijtimoiy hayotida o‗zining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasida jinoiy jazo tizimidan o‗lim jazosini chiqarib tashlash borasidagi say‘-harakatlar muhim o‗rin tutadi. Sud- huquq tizimini liberallashtirish to‗g‗risida Prezidentimiz ―Sud-huquq tizimini liberallashtirish borasida biz hal etishimiz lozim bo‗lgan yana bir masala - bu jazolash tizimidan o‗lim jazosini chiqarib tashlashdir‖ deganda aynan shu harakatlarni nazarda tutgan edi. Ma‘lumki, 1995 yilgacha amal qilgan Jinoyat Kodeksida 33 ta jinoyatga o‗lim jazosi qo‗llanilar edi. Keyingi jinoyat
Kodeksida esa ularning 13 tasi saqlanib qoldi, ya‘ni 20 ta turdagi jinoyatdan o‗lim jazosi olib tashlandi. Jumladan, ayollar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar va voyaga etmaganlarga nisbatan bu jazo qo‗llanilmaydi. Shuningdek, o‗lim jazosi avf etish tartibida yigirma besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilishi mumkin (JK ning 51-moddasi). Ana shu ustuvor vazifadan kelib chiqib, 1998 yilda Jinoyat Kodeksidagi 5 ta moddadan o‗lim jazosi olib tashlandi. 2001 yilda yana to‗rtta moddaga jazo qisqartirildi. 2004 yilda esa bu jazo bor- yo‗g‗i ikkita, ya‘ni aybni og‗irlashtiruvchi holatda qasddan odam o‗ldirish va terrorizm jinoyatlari uchun tatbiq etiladigan bo‗ldi. 2008 yildan boshlab o`lim jazosi bekor qilindi. Bular mamlakatimizning xalqaro huquq sub‘ekti sifatida xalqaro hujjatlarga zikr etilgan majburiyatlarni so‗zsiz bajarishga intilayotganining amaldagi isbotidir. Hozirgi kunda 100 ga yaqin davlatning qonunchiligida o‗lim jazosi bekor qilingan. Jumladan, Shvetsiya va Finlandiya 1972 yilda, Germaniya 1949 yilda, Fransiya 1981 yilda, 1990 yillardan boshlab Irlandiya, Vengriya, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Shveysariya, Gretsiya, Polsha, Moldova, Italiya, Ispaniya davlatlari o‗lim jazosidan voz kechgan. Bundan tashqari, 30 dan ortiq davlatning qonunchiligida o‗lim jazosi mavjud bo‗lsada, amaliyotda qo‗llanilmaydi. O‗lim jazosini bekor qilish o‗ta murakkab masala bo‗lib hisoblanishini Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta‘kidlab, ―Birinchi navbatda aholi o‗rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim, chunki bugungi kunda ularning ko‗pchiligi, o‗lim jazosining bekor qilinishiga qarshi. Ikkinchidan, o‗lim jazosi o‗rniga umrbod yoki uzoq muddatli jazoni o‗tashga hukm qilinadigan shaxslar uchun tegishli joylar qurish kerak‖, degan fikrga alohida e‘tibor qaratish lozim. O‗lim jazosini bekor qilish masalasini aholiga tushuntirib berish ham anchagina murakkab jarayon bo‗lib, bu ishga huquqshunoslar, mutaxassislar, siyosatshunos, psixolog va boshqa ko‗pgina mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Shuningdek, Birinchi Prezidentimiz yuqorida ta‘kidlaganidek, o‗lim jazosi o‗rniga sud tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan mahbuslar jazosi alohida koloniyada o‗tashi lozim bo‗lganligi sababli ularni saqlash bilan
6
bog‗liq jazoni o‗tash muassasasini qurib bitkazish uchun byudjetdan tegishli mablag‗ ajratilishi va binoni tayyorlash ham ma‘lum muddat talab etadi. Shu sababli ham davlatimiz rahbari o‗lim jazosini bekor qilish bilan bog‗liq barcha tashkiliy-huquqiy jarayonlar 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkinligini bildiradi. Mamlakatda mustaqillikning dastiabki davridan boshlab mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish asosiy strategik pirovard maqsad ekanligi e‘lon qilindi. Bu davrda boshlangan demokratik islohotlar jarayonida milliy merosimiz va milliy davlatchilik an‘analari bilan demokratik qadriyatlarni uyg‘unlashtirish yo‗lidan borildi. Davlat va jamiyat qurilishida milliy xarakter kasb etgan, shu bilan birga, demokratik qadriyatlarni ham o‗zida namoyon etgan milliy davlat hokimiyati organlarini shakllantirish islohotlari boshlandi. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, mahalliy hokimiyatga doir qabul qilingan qonunlarga binoan mahalliy ijroiya hokimiyat organlari fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mahalliy boshqaruv va boshqa masalalarni aholining manfaatlarini e‘tiborga olgan holda qonunlar, shuningdek, tegishli moddiy va moliyaviy resurslar asosida bevosita yoki vakillik organlari vositasida hal qilish maqsadlari hayotda o‗z ifodasini topa boshladi. Mustaqillikning dastiabki davridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi vazifani qo‗ydi: «Barqaror bozor iqtisodiyoti ochiq tashqi siyosatga asoslangan kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish pirovard maqsad bo‗lib qolishi kerak. Shunday jamiyatgina O‗zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an‘analar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatida insonning ma‘naviy- axloqiy kamol topishini ta‘minlashi mumkin» 137
. Mamlakatda «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, o‗zini o‗zi boshqarish, inson erkinliklari va huquqlarini himoya qilishning zamonaviy davlatga xos prinsiplarini joriy etish g'oyatda murakkab o‗tish davrini, o‗zini o‗zi boshqaruvning doimiy va muttasil ravishda ishlab turadigan mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo etdi. Albatta, bu mexanizmlar jamiyatdagi turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va ehtiyojlarini, hayotiy intilishlarini e‘tiborga olib siyosat yuritilgan taqdirdagina barqaror ishlashi mumkin.
Konstitutsiya va inson huquqlari. O'zbekistonda Inson huquqlari va erkinliklariga doir qonun hujjatlarining asosi va poydevori O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Konstitutsiya muqaddimasining eng birinchi qoidasi «inson huquqlariga va suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e‘lon qilib», degan so'zlardan iborat ekanligi uning eng asosiy vazifasi inson huquqlarini himoya qilish ekanligini anglatadi. Asosiy Qonunimiz ko'plab demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy qurilish sohasidagi ilg'or tajribalarning eng yaxshi jihatlarini, BMT tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining umume‘tirof etilgan normalari hamda mazkur sohadagi boshqa xalqaro hujjatlarga asoslangan inson huquq va manfaatlari, erkinligini ta‘minlash va himoya qilish mexanizmini o'zida mujassam etgan. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O'zbekiston parlamenti Inson huquqlari 7
umumjahon deklaratsiyasiga alohida ahamiyat berib, uni birinchi xalqaro shartnoma sifatida ratifikatsiya qildi. Bu bilan inson huquqlari hamda erkinliklari xalqaro prinsiplarini o'zining tashqi va ichki siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida qabul qildi. Mustaqil O'zbekistonning 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi mamlakatimizda inson va fuqaro huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilishning yuridik kafolati hisoblanadi. Inson huquqlari hamda erkinliklariga doir xalqaro prinsiplar va nor malarga sodiq bo'lgan O'zbekiston suveren, demokratik huquqiy va dunyoviy davlat sifatida, eng awalo, Konstitutsiyadagi prinsip va qoidalarning uchdan bir qismidan ko'prog'i inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo'lib, ularning ustuvorligi konstitutsiyaviy tarzda mustahkamlab qo'yildi. Sobiq ittifoq davridagi inson huquqlariga nisbatan davlat manfaatlarining ustuvorligi prinsipi barham topdi. Mustaqillik davrida O'zbekiston jamiyatida inson huquqlarini himoya qilish va ularni ta‘minlashning huquqiy asoslari rivojlangan mamlakatlar tajribasi va milliy qadriyatlar talablari darajasida shakllandi. Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlar inson huquqlari va erkinliklarini ta‘minlashning fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat talablari darajasidagi mezonlari va me‘yorlarini yarata oldi. Konstitutsiyaning 24-moddasidagi «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir jinoyatdir», 25-moddasidagi «Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas», 27- moddasidagi «Har kim o'z sha‘ni va obro'siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega. Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o'tkazishi yoki uni ko'zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so'zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas», 29-moddasidagi «Har kim fikrlash, so'z va e‘tiqod erkinligi huquqiga ega...», 32-moddasidagi «O'zbekiston Respubiikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o'z-o'zini boshqarish, referendumlar o'tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda tashkil etish yo‗li bilan amalga oshiriladi», 36-moddasidagi «Har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Bankka qo‗yilgan omonatlar sir tutilishi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi», 43-moddasidagi «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta‘minlaydi» 159 kabi
fuqarolik jamiyati qurishning demokratik qadriyatlari va tamoyillari shakllanishini ta‘minlaydigan qonun va qoidalarning kiritilishi O‗zbekistonda demokratik jamiyat barpo etishning kelajak istiqbollarini belgilab berdi. O‗zbekiston xalqi 130 dan ziyod etnik guruh vakillaridan tashkil topgan. Muhimi shundaki, Konstitutsiya inson va fuqaroning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat‘iy nazar, barchaning qonun va sud oldida tengligini hamda huquq va erkinliklarining tengligini kafolatlab beradi. Shu bilan birga, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamiyat hayotida fuqarolarning turlicha fikrlashlarini, g‗oyaviy qarashlarini erkin ifodalash va bildirish huquqini, ijod qilish, matbuot, axborot 8
uzatish va uni tarqatish erkinliklarini kafolatlab beradi. Konstitutsiyada bozor iqtisodiyoti munosabatlariga xos xususiy mulkka ega boiish va uning turli shakllarini mustahkamlab qo‗yilishi inson huquq va erkinliklarini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sobiq ittifoq davrida taqiqlab qo'yilgan bu huquqlar hozirgi O'zbekistonda insonning ajralmas huquqi, farovonligining tabiiy manbayi, iqtisodiy va shaxsiy mustaqilligining kafolati sifatida e‘tirof etilmoqda. Mulk daxlsiz bo'lib, hech kim o'z mulkidan o'zboshimchalik bilan mahrum etilishi mumkin emas, mulk faqat sud qaroriga asosan egasining irodasiga qarshi qo'yilishi mumkin, xolos. Konstitutsiyada xususiy mulk davlat mulki bilan bir qatorda himoya qilinishi to'g'risidagi butunlay yangi huquqiy norma amal qilmoqda. Shuningdek, har bir shaxsga mulkka ega bo'lish, unga egalik qilish, undan foydalanish va uni o'z ixtiyori bilan tasarruf qilish huquqi ham mustahkamlab qo'yilgan. Mustaqillikning ilk davridan boshlab O'zbekiston xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok eta boshladi. Davlatimiz inson huquqlariga oid asosiy xalqaro hujjatlarga qo'shilish siyosatini olib bordi. Hozirgi davrda O'zbekiston deyarli barcha asosiy xalqaro hujjatlami e‘tirof etib, ularga qo'shilgan. Ular — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya, Jeneva konvensiyasi va ularga qo'shimcha protokollar, Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, Ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt, Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya, Qiynoq hamda muomala va jazolashning shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya, Yangi Yevropa uchun Parij Xartiyasi va boshqalar. O‘zbekistonda siyosiy partiyalarning fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi faoliyatini erkinlashtirish, ko‘p partiyaviylik tizimini takomillashtirish islohotlarini chuqurlashtirishga doir muammolarni bartaraf etishda Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan kuchli fuqarolik jamiyati qurish g‘oyasi muhim ahamiyat kasb etdi. Unda e‘tirof etilishicha, jamiyatda «...islohotlar jara- yonida respublikada yangi demokratik siyosiy tuzumning asoslari yaratildi, deb xulosa chiqarish mumkin. Bu tuzum siyosiy tashkilotlarning, mafkura va fikrlarning turli-tumanligi asosiga qurilgan bo‘lib, davlat va jamiyatni boshqarishda fuqarolarning keng ishtirokini ta‘minlaydi» 234
. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekistonda ham siyosiy partiyalarning jamiyat instituti sifatidagi huquqiy maqomi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasida siyosiy
Download 212.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling