1 5-mavzu: O‘zbekistonda dеmokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Reja


Download 212.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi212.77 Kb.
#227366
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu Word



1  

 

5-mavzu: O‘zbekistonda dеmokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, 



amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. 

Reja: 

1.  Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O‗zbekistonda hokimiyatlar 

bo‗linishi printsipi.  

2.  O‗zbekistonda ko‗ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. 

3.   Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. 

4.  O‗zbekistonda parlamеnt tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot 

organlari va sud tizimidagi o‗zgarishlar. 

5.   O‗zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy 

hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.   

6.  O‗zbekistonda dеmokratik  islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirish kontsеptsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta'minlash va 

himoya qilish. 

 

Mustaqillik 



davrida 

davlat 


hokimiyati 

organlari 

va 

boshqaruvini 



demokratlashtirishga  mamlakatning  strategik  pirovard  maqsadi  —  fuqarolik 

jamiyati  va  huquqiy  davlat  qurishning  tarkibiy  qismi  sifatida  qaraldi.  Avniqsa, 

davlat  hokimiyati  organlari  va  boshqaruvini  demokratlashtirishning  asosiy  omili 

bo‗lgan nomarkazlashtirish islohotlarini amalga oshirish natijasida bu sohada tub 

o‗zgarishlar  amalga  oshirildi.  Ayniqsa,  2004-yiliarda  yanada  chuqurlasha 

boshlagan  nomarkazlashtirish  islohotlari  doirasida  qator  davlat  organlari 

funksiyalari va vakolatlari qayta ko‗rib chiqildi, ular vakolatlarining bir qismi quvi 

davlat hokimiyat organlari va fuqarolik jamiyati institutlariga bcrila boshlandi. 

Markaziy  davlat  va  xo‗jalik  boshqaruv  organlarining  ko‗plab  vakolatlari  va 

funksiyalari mahalliy davlat hokimiyati organlariga uzatildi. Ular, asosan nazorat 

va  tekshiruvni  amalga  oshirish,  litsenziya  berish,  standartlar  belgilash,  ijtimoiy 

xizmatlar  ko‗rsatish,  ularning  sifatini  kuzatib  borish  bilan  bog'liq  vaKolatlardan 

iborat  bo‗ldi.  Mustaqillikning  dastlabki  o‗n  yilligida  oliy  va  o‗rta  maxsus  kasb- 

hunar ta‘limi sohasi vazirlik va viloyat hokimligi boshqaruvi darajasida belgilanib

ulardan  moliyalashtirish  va  inson  resurslarini  joylashtirish  kabilar  viloyat 

hokimliklari  vakolati  sifatida  beigilangan  edi.  O‗rta  ta‘lim  tizimini  boshqarishda 

tuman  va  snahar  hokimliklari  joriy  boshqaruv  jarayonini  muvofiqlashtirish, 

resurslarni  joylashtirish,  monitoring  olib  borish  kabi  vakolatlarga  ega  edi. 

Shuningdek,  markaziy  davlat  organlarining  atrof-muhitni  himoya  qilish, 

avtomobil va yo‗lovchi tashuvchi transportni tartibga solish, aholiga kommunal va 

boshqa  xizmatlar  ko‗rsatish  (chunonchi,  ko‗p  bolali,  kam  ta‘minlangan  oilalar, 

nogironlami  qo‗llab-quwatlash)  kabi  boshqaruv  vakolatlari  va  funksiyalari 

mahalliy  hokimiyat  oiganlari  ixtiyoriga  berildi.  Bularning  bari  mahalliy  o‗ziga 

xosliklami  yanada  to‗liqroq  hisobga  olish,  funksiyalami  bajarishda  operativlikni 

oshirish va oxir- oqibatda, mahalliy aholi hayotini yaxshilash imkonini beradi. 

Albatta, 

mamlakatda 

boshqaruv 

va 

hokimiyat 



organlarini 

nomarkazlashtirishning  samarasi  jamiyatning  barcha  sohalarida  sezilishi  uchun 

markaziy  hokimiyat  organiarini  nomarkaz-  lashtirishni,  inson  taraqqiyoti 

parametrlarini  o‗zgartirishni,  bu  sohada  qonunchilikni  rivojlantirish,  iqtisodiy  va 




2  

 

tashkiliy  yo‗nalishlar  bo‗yicha  shart-sharoitlar  yaratib  berishini  taqazo  etdi. 



Shuning  uchun  ham  bu  davrda  o‗zini  o‗zi  boshqarish,  fuqarolik  jamiyati 

institutlarini  rivojlantirishga  doir  qonunchilik  asoslari  yanada  rivojlantirildi. 

Ayniqsa,  o‗zini  o‗zi  boshqarish  organlarida  faoliyat  yuritadigan  xodimlar  soni 

ko‗paytirildi.  Mahalla  posboni,  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  olib  borish  bilan 

shug‗ullanuvchi  oqsoqolning  maslahatchisi  fcabi  oylik  maoshi  olib  ishlaydigan 

lavozimiar  joriy  etildi.  Mahalla  fuqarolar  yig‗ini  oqsoqoli  va  kotibining  ijtimoiy 

ahvolini  yaxshilashga  doir  imtiyozlar  berildi.  Fuqarolar  o‗zini  o‗zi  boshqarish 

organlari  idoralari  va  mahalla  guzarlari  qurildi,  shu  kabi  obyektlarga  ega 

mahallalar  guzarlari  qaytadan  zamonaviy  talablar  asosida  ta‘mirlandi.  Mahalla 

guzarlarida  aholiga  dastlabki  maishiy  xizmat  ko‗rsatishga  doir  xizmat  ko‗rsatish 

majmualari shakllandi. 

Davlat  hokimiyati  oiganlari  va  boshqaruvini  nomarkazlashtirish  islohotlari 

sohasidagi  tub  o‗zgarishlar  2004-yildan  boshlandi.  Bunda  asosan  «markaz  — 

hududlar»,  «davlat  —  xususiy  tarmoq»,  «davlat  —  fuqarolik  jamiyati» 

munosabatlarida  ko‗proq  gorizontal  o‗zaro  munosabatlar  ahamiyatini  oshirish, 

quyi organlarga nisbatan mustaqillik berishga doir vakolatlar berila boshlandi. 

Shuningdek,  O‗zbekistonda  nomarkazlashtirish  islohotlarini  olib  borishda 

quyidagi milliy an‘analar va tajribaiar e‘tiborga olindi: 

 individualizmdan  jamoachilikni  ustuvor  qo‗ygan  milliy  qadriyatlar  va 



an‘analar; 

 qadimdan  shakllangan  davlat  organlari  va  mansabdorlariga  hurmat  bilan 



qarash va ularga ishonch bildirish

 davlat  olib  borayotgan  islohotlar  natijalarini  chuqur  anglash,  bu  jarayonga 



xayrixohlik bilan munosabatda bo‗lish; 

 jamiyatda  keksalar  va  ayollarga  hurmat  bilan  qarash,  ijtimoiy  himoyaga 



muhtoj oilalarga nisbatan g'amxo‗rlik qilish tuyg'ularining mavjudligi; 

 jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta‘minlashga nisbatan o‗ta xayrixohlik. 



Mamlakatda  davlat  hokimiyati  organlari  va  boshqaruvini  nomarkazlashtirish 

jarayonida  bu  sohaga  mutasaddi  bo‗lgan  hukumat  komissiyasiga  davlat 

boshqaruvi organlari vakolatlarini qaytadan taqsimlab chiqish vazifasi topshirilgan 

edi.  Bunda  asosan  bir  xil  vakolatlarni  bajarayotgan  organlarni  aniqlash,  ular 

vakolatlarini  bir-biridan  ajratish,  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining 

tadbirkorlik  faoliyatiga  aralashuvini  cheklash.  Davlat  hokimiyati  organlari 

faoliyatini qonunlarda belgilangan doiralardan  chiqmasligini ta‘minlash kabilarga 

jiddiy  e‘tibor  qaratildi.  Islohotlar  natijasda  2004-yildan  boshlab  bu  sohada 

quyidagilarga erishildi: 

 davlat  boshqaruvi  tizimida  turli  vakolatlarni  amalga  oshirib  kelayotgan  27 



ta davlat boshqaruv organi va xo‗jalik idoralari qisqartiriidi; 

ma‘muriy-boshqaruv  vakolatlarini  amalga  oshirayotgan  40  ming  nafarga 



yaqin davlat xizmatchisi qisqartirildi. 

Noyob  va  bozori  chaqqon  boʻlgan  tovarlarning  ba‘zilarini  markazlashgan 

holda  taqsimlashga  barham  berish  maqsadida  ularning  davlat  tomonidan 

tasdiqlanadigan  balanslari  miqdori  deyarli  ikki,barobar  qisqartirildi.  Natijada,  bu 

holat  resurslarning  cheklangan  holda  taqsimlanishini  bartaraf  etishga  shart-



3  

 

sharoitlar  yaratdi.  Endilikda  bu  kabi  tovarlarni  tarqatish  va  oldi-sotdi  qilish  birja 



va  auksionlar  vositasida  —  xaridorlarga  to‗g‗ridan  to‗g‗ri  shartnomalar  asosida 

sotila boshlandi. 

Mamlakatda  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish  islohotlari 

«Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili asosida olib borildi. 

O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi asosida 2007- yil 

11-aprelda  qabul  qilingan  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 

demokratlashtirish 

hamda 


mamlakatni 

modernizatsiya 

qilishda 

siyosiy 


partiyalarning  rolini  kuchaytirish  to‗g‗risida»gi  Konstitutsiyaviy  qonun  davlat 

boshqaruvini mazmunan yangilash, mavjud demokratik prinsiplarni kengroq joriy 

etish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 

yanada  kuchaytirishda  g‗oyat  muhim  ahamiyat  kasb  etdi

132

.  Bu  islohotlar 



natijasida  parlamentning  o‗z  vakolatlarini  samarali  amalga  oshirishi,  palatalar 

o‗rtasida  xalq  irodasiga  tayangan  holda  har  tomonlama  asosli  va  puxta  qarorlar 

qabul  qilish  uchun  zarur  bo‗lgan  o‗zaro  muvozanat  va  cheklovlar  tizimi  hamda 

mexanizmini  vujudga  keltirish,  deputatlarning  demokratik  tartib-taomillar  va 

siyosiy  raqobat  sharoitida  doimiy  asosda  professional  tarzda  ish  olib  borishlari, 

qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatida umumdavlat va hududiy  manfaatlarning 

mutanosibligiga  erishish,  fuqarolarning  mamlakat  ijtimoiy  va  siyosiy  hayotidagi 

ishtirokini yanada kengaytirish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratildi. 

O'zbekistonda  faqat  mustaqillik  davriga  kelib  qonun  ustuvorligining 

konstitutsiyaviy 

asosi 

yaratildi. 



Ayniqsa, 

O'zbekiston 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining  qabul  qilinishi  natijasida  jamiyatda  qonun  ustuvorligini  amal 

qilishi uchun huquqiy shart-sharoitlar tug'ildi. Qonun ustuvorligi prinsipi uning III 

bobida  ikkita  —  15—16-moddalarda  mustahkamlab  qo'yilgan.  Konstitutsiyaning 

15-moddasiga 

muvofiq 


«O'zbekiston 

Respublikasida 

O'zbekiston 

Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  qonunlarining  ustunligi  so'zsiz  tan  olinadi. 

Davlat,  uning  organlari,  mansabdor  shaxslar,  jamoat  birlashmalari,  fuqarolar 

Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  ish  ko'radilar»

1

". 


Shuningdek, 

Konstitutsiyaning  16-moddasida  «Birorta  ham  qonun  yoki  boshqa  normativ-

huquqiy hujjat Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emas»"

2

 



degan prinsip joy olgan. 

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida mamlakatda davlat 

hokimiyati  tashkil  etilishining  quyidagi  asosiy  konstitutsiyaviy  prinsipi 

mustahkamlangan:  «O'zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyatining  tizimi 

hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatiga  bo'liriishi 

prinsipiga  asoslanadi»

113

.  Davlat  hokimiyatining  bo'linishi  prinsipini  shakllanishi 



ilk  bor  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  fuqarolarining  demokratik  qadriyatlar 

asosida yashashga doir hayot tarzini jamiyatda qo'llashga intilishi, uning natijasida 

qonun  ustuvorligi  prinsipi,  inson  huquq  va  erkinliklarini  ta‘minlashga  nisbatan 

tarixiy zaruratning paydo bo'lishi bilan bog'liqdir. 

Bu prinsipga muvofiq, davlatning qonunlar qabul qilish, ularni ijro etish va odil 

sudlov borasidagi faoliyati hokimiyatning uch tarmog'i — qonun chiqaruvchi, ijro 

etuvchi  hukumat  va  sud  hokimiyatlari  o'rtasida  taqsimlanishi  zarur.  Bunda 



4  

 

hokimiyatning  biror  tarmog'i  boshqa  birining  faoliyati  sohasiga  aralashmasligi 



zarur.  Uch  hokimiyatning  o'zaro  bir-birini  tiyib  turishi  hokimiyatning  barcha 

tarmoqlarini  o‗zaro  mutanosiblashtiradi,  ularning  o'zaro  munosabatlarida 

muvozanat  paydo  bo'ladi.  O‗zbekiston  Respublikasida  qonun  chiqaruvchi 

hokimiyatni  O‗zbekiston  Respublikasining  Oliy  Majlisi,  ijro  etuvchi  hokimiyatni 

esa  Vazirlar  Mahkamasi  amalga  oshiradi.  Sud  hokimiyati  Konstitutsiyaviy  sud, 

Oliy  sud  va  Oliy  xo'jalik  sudi  tomonidan  amalga  oshirilib,  ular  birgalikda 

O‗zbekistonning yagona sud tizimini tashkil etadi. 

Hokimiyatning  uchga  bo'linish  prinsipi  —  huquqiy  davlatning  eng  muhim 

belgilaridan biridir. Konstitutsiyaning «Davlat hokimiyatining tashkil etilishi» deb 

nomlangan  beshinchi  bolimida  uchtala  hokimiyatning  o'zaro  uyg'unlikdagi 

faoliyati  mexanizmlari,  shuningdek, ularning  o'zaro  bir-birini  tiyib  turish  tizimini 

vujudga  keltiruvchi  qoidalar  mustahkamlab  qo'yilgan.  Qonun  chiqaruvchi,  ijro 

etuvchi  va  sud  hokimiyati  idoralari davlat  hokimiyatining  yagona  tizimini  tashkil 

etadi. 


O‗zbekiston  Respublikasida  hokimiyat  o‗z  mohiyatiga  ko‗ra  yagonadir. 

Chunki,  Konstitutsiyaning  7-moddasiga  binoan,  hokimiyatning  yagona  manbai 

xalqdir. Alohida olingan boshqa biror hokimiyat organi butun davlat hokimiyatini 

amalga oshirishga da‘vogarlik qilishi mumkin emas. Davlat hokimiyatining davlat 

organlari o‗rtasida bo'linishini davlat hokimiyatining amalga oshirish vakolatlarini 

qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyatlari  o‗rtasida  bo‗linishi,  deb 

tushunish  kerak.  Zero,  ular  Konstitutsiyada  belgilab  berilgan  o‗z  vakolatlarini 

amalga oshirishda bir-birlaridan mustaqildirlar. 

Hokimiyatni  uchga  bo'linish  qoidasi  keyinchalik  «O‗zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisining  Qonunchilik  palatasi  to'g'risida»  gi,  «O‗zbekiston  Respublikasi 

Oliy Majlisining Senati to‗g‗risida» gi konstitutsiyaviy qonunlarda, «O‗zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  to‗g‗risida»gi,  «O‗zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyaviy  sudi  to‗g‗risida»gi,  «Sudlar  to‗g‗risida»gi  kabi  boshqa 

qonunlarda yanada rivojlantirildi. 

Shuni alohida ta‘kidlash o'rinliki, o‗zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati 

tizimi faqatgina hokimiyatning uchta tarmog‗i o‗rtasida emas, balki hokimiyatning 

tarmoqlari bilan davlat boshlig‗i — Prezident o'rtasida ham amal qiladi.  

Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va qonunlarning tahlili bugungi kunda 

mamlakatimizda  o'zaro  tiyib  turish  va  manfaatlar  muvozanati  tizimini 

ta‘minlashning samarali mexanizmi yaratilganligini ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, 

bu  tizimni  kelajakda  yanada  rivojlantirilishini  hayotning  o'zi  taqozo  qilmoqda. 

2005-yilda 

mamlakatimiz 

parlamenti 

palatalarining 

qo'shma 


majlisida 

yurtboshimiz  «Davlat  qurilishi  va  boshqaruvi  sohasidagi  eng  muhim  vazifa  bu 

qonunchilik  hokimiyati  bo'lmish  mamlakat  Parlamentining  roli  va  ta‘sirini 

kuchaytirish,  hokimiyatning  qonunchilik,  ijro  va  sud  tarmoqlari  o'rtasida  yanada 

mutanosib  va  barqaror  muvozanatga  erishishdan  iborat»

115


,  deb  ko'nsatib  beigan 

edilar. 


Ko'rinib  turibdiki,  mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  va  huquqiy  davlatga  xos 

bo'lgan hokimiyatning uchga bo'linishi prinsipini hayotga qollash, unga amal qilish 

jarayonining rivojianishi yangi bosqichga kirdi. Bu prinsipni jamiyatning yashash 



5  

 

qoidasiga  aylantirish  qonun  ustuvorligi  prinsipini  hayotda  namoyon  bo'lishining 



asosiy qirralaridan biridir. 


Download 212.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling