1-5-mavzular pdf
-Mavzu:Buyuk ipak yo’li va hozirgi zamon
Download 0.65 Mb.
|
1-5-mavzular
3-Mavzu:Buyuk ipak yo’li va hozirgi zamon.
Reja: 1.Buyuk ipak yo’li. 2.Buyuk ipak yo’li va hozirgi davr. 3.Hozirgi davrda Buyuk ipak yoli an’analarini tiklanishi. Buyuk Ipak yo liʻ qadimda sharq bilan g arbni bo g lab turgan savdo yo lidir.ʻ ʻ ʻ ʻ Dengiz, okean yo llari ochilmasdan oldin bu yo llar muhim ahamiyat kasb etgan.ʻ ʻ Buyuk Ipak yo liʻ — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o ziga xos bo lgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „O tirganʻ ʻ ʻ — bo yra, yurganʻ — daryo“. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo lgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan bo lgan ushbuʻ ʻ qit alararo savdo yo li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog lab, o tmishda antik Rim davlatidan toʼ ʻ ʻ ʻ Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho zilgan edi. Albatta, sharq va G arbʻ ʻ o rtasidagi savdo o tmish qa riga cho kkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekinʻ ʻ ʼ ʻ bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yo lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosilʻ bo lishiga Markaziy Osiyo tog larida yarim qimmatbaho toshlarʻ ʻ — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko pʻ jihatdan ko maklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrgaʻ lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yo li“ mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yo li“ hamʻ ʻ tarkib topgan, bu yo l Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog larʻ ʻ edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So g diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiqʻ ʻ toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yo nalishlarning barchasi oxir-ʻ oqibat Buyuk Ipak yo liga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan G arbga va Janubgaʻ ʻ o tkazilgan karvon yo llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo llarniʻ ʻ ʻ o zaro bog lab bergan buyuk yo lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgiʻ ʻ ʻ ikkinchi asrning o rtalarida, deb hisoblaydilar, o sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G arbʻ ʻ ʻ o lkalariʻ — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi. Buyuk ipak yo'li va hozirgi davr. Buyuk ipak yo'li O'rta Osiyo xalqlarining taqdirida g'oyat kata, goho hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bu yo'llar tizimi bo'lib, qadim zamonda va ilk o'rta asrda – XVI asrdagi buyuk geografik kashfiyotlar arafasida Xitoy, Hindiston, O'rta va Yaqin Sharqning asosiy madaniy markazdarini tutashtirgan edi. Bu yo'llar tizimi Xitoy diplomti va sayyohi Chjan Kyan O'rta Osiyoda o'n yil bo'lganida uning geografiyasi hamda iqtisodiyo imkoniyatlarini o'rganib, eramizdan avvalgi 135 yilda Osmon o'g'liga (Xot sulolasining Xitoy imperatoriga) Dovon, Xorazm, Baqtriya, Parfiya boyliklari hamda Guy-Shust (Amudaryo) imkoniyatlari to'g'risida xayratomuz xabarlar keltirgan. Ipak yo'lidagi savdoda (samarqandliklar) so'g'dlar Ayniqsa katta rol o'ynardi. So'g'd savdogarlari O'rta Osiyo, Shimoliy Gurjiston va Shimoliy Xitoyning asosiy karvon markazlarida anchagina kaloniyalar va manzilgohlar barpo etgan edilar. Yo'lning eng muhim joyi bo'lgan Dunjuanda so'g'd jamoasi kamida ming kishini tashkil etardi. Ipak yo'li iqtisodiy turmush va faollikni yo'naltirib turgan savdo yo'lgina emasdi. Bu yo'l bo'ylab qoyalar, iishlab-chiqarish masalalari, madaniy boyliklar ayriboshlanardi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot vositasi bo'lgan muloqot va ayriboshlashga tabiiy ehtiyoj shu yo'lda ifodalanardi. O'rta Osiyo bundan eng katta foyda ko'rdi. “Ipak yo’li”ning shimoli-g’arbiy tarmog’i esa Dulxuandan Bami Kuchi, Turfan orqali Tarim vohasiga – Qashg’arga borgan. Undan Toshqurg’on orqali O’zgan, O’sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti orqali Xo’jand, Zomin, Jizzaxga, so’ngra Samarqandga Nautaka yo’li bilan birlashgan. Yo’l Samarqanddan g’arbga – Dobusiyaga, Malik cho’li orqali Buxoro va Romitanga, undan Varaxsha orqali Paykent va Forobga borib Amul’ shahriga o’tgan. Amulda Marvdan Urganch tomon Amu bo’ylab ketayotgan yo’lga qo’shilgan. Qadimda Marv shahri o’zining qadimiy an’analari va har tomonga ketuvchi savdo karvon yo’llari tutashadigan geografik qulayliklariga ko’ra ipak yo’lidan eng yirik shahar edi. Shuning uchun ham Marvda mahalliy din – zardushtiylik ibodatxonalaridan tashqari Hindistonning budda, Vizantiya xristian olamining tayanchlari bor edi. Qadimgi ipak yo’li ungacha shu mintaqadan o’tgach “lazuriyot yo’li”, “shoh yo’li” asosida Marvdan G’arbga tomon katta karvon, savdo yo’li bo’lib Xitoy, Hindiston va O’rta Sharqni Yaqin Sharq va O’rta er dengizi mamlakatlari bilan bog’lab turardi. Tarixiy yozma manbalar va arxeologik materiallarning guvohlik berishicha, Marvdan g’arbga tomon ketgan ipak yo’li Eronning Gekotolepil, Apaliya va Ekbatana (Xamadon) shaharlariga va ulardan o’tib Mesopotamiyaning Ktesafon va Bag’dod shaharlariga borgan. Undan Dajla (Tigr) daryosining o’ng sohili bo’ylab shimolga ketib, Anjioxiya (Antokiya) orqali Damashqqa, undan Tir va Quddus shaharlari orqali Misrga o’tib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo’l esa Amul’ orqali Urganchga, undan Shimoliy Kaspiy bo’ylab Shimoliy Kavkazga, so’ngra Qora dengizning shimolidan Konstantinopolga borib, Bosfor va Dardanel orqali O’rta Er dengiziga o’tib, Vizantiya shaharlarini aralagan. Xitoy imperatorlari Ipak yo’li g’arbda joylashgan mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar qilganlar. Ular o’z elchilarini katta sovg’a-salomlar bilan O’rta Osiyo, Eron, Misopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborgan. Masalan, Xitoy sayyoxi Gap In milodiy 97 yilda fors qo’ltig’igacha etib borgan. Makedoniyalik May Tisian esa 100 yilda Lanchjougacha etib borgan. Ammo Markaziy Osiyoliklar hamda eronliklar hech qachon Xitoy bilan Vizantiya yoki Xitoy bilan Yaqin Sharq davlatlari o’rtasida bevosita savdo aloqalarining shakllanishidan manfaatdor emas edilar. CHunki bu harakatning “ostida” juda katta iqtisodiy siyosat etar edi. Ayniqsa, Ipak yo’li uchun kurash III asrdan boshlab Eron bilan O’rta Osiyo o’rtasida hayot-mamot kurashi tusini olgan. Bu borada Eron bilan Parfiya o’rtasida qattiq kurashlar ketgan. Markaziy Osiyo orqali Xitoydan g’arbga o’tadigan savdo karvon yo’llari doimo sug’dlar nazoratida bo’lgan. Sug’d savdogarlari o’zlarining bu yo’ldagi hukmronligini saqlab qolish uchun SHarqiy Turkistonda, Ettisuvda, Oltoydan to Enisey sohillariga qadar bo’lgan hududlarda, SHimoliy Xitoyning SHansi viloyatida, Dunxuan kabi qator shaharlarda o’z karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar. III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O’rta Sharq orqali o’tgan “Ipak yo’li”ning nazorati sug’dlarning qo’lida bo’lgan bo’lsa, VIII asr o’rtalariga kelib xalqlararo munosabatlar tizimida tub o’zgarishlar yuz berdi. “Ipak yo’li”ning g’arbiy qismi arablar nazoratiga o’tdi. XIII asrga kelib CHingizxon ipak yo’lining barcha tarmoqlari bo’ylab nazoratni o’z qo’liga kiritdi. Bu holat to XIV asr o’rtalarigacha davom etdi. Mug’ullar hukmronligi davrida Xorazmning Mahmud yalovoch doirasidagi savdogarlari asosiy rolni o’ynadilar. Agar “Ipak yo’li” orqali Xitoydan G’arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o’rta asrlardan boshlab, qog’oz eksport qilingan bo’lsa, bu mamlakatlardan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zeb-ziynat bezapklari, qimmatbaho toshlar, har xil dorivorlar, arg’umoq otlar keltirilgan. Ana shu savdo yo’llari orqali Xitoyning bronza oynalari va kvadratikli tangalari Farg’ona vodiysi va Sirdaryoning o’rta havzasi rayonlariga keng tarqalgan. Buyuk Ipak yo’li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlovchi yo’l ham edi. Mas, Hindistonning budda dini shu yo’l bilan Xitoyga Markaziy Osi yo orqali kirib kelgan. IV-VIII asrlarda Xitoyning tashqi olam bilan savdo aloqalari kengaydi. Ilk feodalizm davrida Xitoyda ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda Markaziy Osiyoga Sug’d savdogarlari orqali kirib borgan. Ular faqat mol olib, mol sotuvchi va undan foyda oluvchi jamiyatning boy qatlami hisoblanmay, balki o’zoq safarlarga katta savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar, diplomatlar, ziyo tarqatuvchilar, u yoki bu hududdan yangi joylarga ilg’or xo’jalik ixtirolarini olib boruvchi nufuzli kishilar hisoblanardi. Ular bir vaqtning o’zga mamlakatlar urf-odatlari, kuch va qudrati, xududiy joylashishi, tabiati va davlatni boshqarish tizimini chuqur bilishda o’ta xushyor davlat ayg’oqchilari vazifasini ham o’tar edilar. Davlat boshliqlari ularning kuzatish mahorati va bergan ma’lumotlari asosida o’z tashqi siyosatlarini rejalashtirar edilar. Bunday ulkan va zaruriy ishlar ana shu savdo-karvon yo’llari tufayli amalga oshirilar edi. Melodiy eradan boshlab to IX asrgacha so’g’d tili ipak yo’llari doirasida jahon savdo tili darajasiga ko’tarildi. “Ipak yo’li” O’rta Osiyo sharq bilan g’arb o’rtasida vositachilik rolini o’ynar ekan, bu erda migrasiya jarayoni kuchayib, turkiy etnik unsurlarning katta-katta guruhlari paydo bo’ldi va ularning Markaziy Osiyoning ichki rayonlariga kirib borishi tezlashdi. Erli eron tillar guruhi olamida turkiyzabon xalqlar hissasi ko’chayib, X-XI asrlarga kelib Movarounnahr, Xorazm va Sharqiy Xurosonda (Turkmaniston hududida) turkiy til muhiti hukmron bo’lib qoldi. . Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling