1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar
Download 16.3 Kb.
|
Fizik mexanik xususiyatlar
1.6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar Quduqlarni burg‘ilashdek murakkab jarayonni amalga oshirishda nafaqat burg‘ilash texnikasi, texnologiyasi va uslubiyati bo‘yicha, balki tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari hamda ularni parchalashdagi o‘z ta’siri bo‘yicha ham chuqur bilimlar talab qilinadi. Bu ma’lumotlar burg‘ilash usulini tanlash, texnologik rejim parametrlarini hisoblash, foydali qazilmalardan sifatli namuna olish, quduqlarni loyiha trassasi bo‘ylab qazish uchun juda zarurdir. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari jinslarni parchalash jarayoniga ta’sir qiluvchi fizik-mexanik xususiyatlarini birlashtiradi. Òog‘ jinslarining fizik xususiyatlari ularning fizik holatini xarakterlaydi. Ularga quyidagilar kiradi: bog‘lanish darajasi, g‘ovaklik, zichlik, struktura, tekstura va zarrachanligi. Òog‘ jinslarining mexanik xususiyatlari — fizik xususiyatlarning xususiy turi bo‘lib, ular tashqi kuch ta’sirida tog‘ jinslarining deformatsiyalanish va parchalanishiga ko‘rsatgan qarshiligi bilan ifodalanadi. Mexanik xususiyatlarga 16 jinslarning mustahkamligi, qattiqligi, abrazivligi, egiluvchanligi, mo‘rtligi, qayishqoqligi va boshqalar kiradi. Òog‘ jinslarini mexanik usul bilan parchalaganda jinslarning fizik-mexanik xususiyatlaridan tashqari, ularning fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalarini ham bilish maqsadga muvofiqdir. Misol uchun, quduqlarni burg‘ilashda jinslar bilan ustki — aktiv vositalar (ÏÀÂ) o‘rtasidagi adsorbsiya hodisasi, jinslar bilan yuvish suyuqliklari o‘rtasidagi almashuv reaksiyalari, ishqorsizlanish, qovushuvchi moddalar gidrotatsiyasi, egiluvchan tebranishlarning ta’siri va boshqalarda kuzatiladi. Parchalashning fizik usullarida tog‘ jinslarining termik, elektrik, magnitli va fizik xossalarini bilish zarur. Download 16.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling