1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar
-§. Jinslarning paydo bo‘lishiga qarab klassifikatsiyasi
Download 16,3 Kb.
|
Fizik mexanik xususiyatlar
1.7-§. Jinslarning paydo bo‘lishiga qarab klassifikatsiyasi
Yerning litosfera qobig‘i har xil tog‘ jinslaridan iborat. Òog‘ jinslari deb, yer qobig‘ining katta qismini egallagan va bir yoki bir necha minerallar to‘plamidan iborat tabiiy birikmalarga aytiladi. Òog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoiti va tarkibiga qarab uchta guruh: magmatik, metamorfik va cho‘kindi guruhlariga bo‘linadi. Magmatik tog‘ jinslari effuziv va intruziv jinslarga bo‘linadi. Effuziv jinslar magmaning yer yuzasiga otilib chiqib qotishidan hosil bo‘ladi. Bu jinslar (bazalt, diabaz, andezit, porfirit, liðarit, felzit) mayda zarrachali shishasimon va porfirli struktura bilan xarakterlanadi va yuqori mustahkamlikka, kam abrazivlilikka ega bo‘ladi. Intruziv jinslar magmaning yer yuziga otilib chiqa olmasdan, asta-sekin uning chuqur qismlarida qotishi natijasida hosil bo‘ladi. Ular (granit, siyenit, diorit, gabbro, peridoditlar) yirik kristalli strukturaga ega bo‘lib, kam mustahkamlikka va yuqori abrazivlilikka ega bo‘ladi. Asosan bir xil minerallardan tarkib topgan magmatik tog‘ jinslari katta qattiqlik va abrazivlilikka ega, burg‘ilashga kam qarshilik ko‘rsatadi. Bu guruhdagi jinslar, asosan, olmosli koronkalar bilan hamda gidro- va pnevmourgichlar bilan burg‘ilanadi. Cho‘kindi tog‘ jinslari beqaror xususiyatlarga ega bo‘lib, magmatik tog‘ jinslaridan o‘zining kam mustahkamligi bilan farqlanadi. Cho‘kindi jinslar kompleksiga serg‘ovak bo‘sh yotqiziqlar zarrachalari, o‘zaro bog‘lanmagan (qum, shag‘al, graviy) serg‘ovak yotqiziqlar, qovushqoq (sog‘ tuproq, tuproq yotqiziqlari) va o‘zining mexanik xususiyatlari bilan magmatik jinslarga yaqin turadigan 17 qattiq jinslar (ohaktosh, dolomit, qumtosh, alevrolit, konglomerat va boshqalar) kiradi. Bu kompleksdagi jinslar qattiq qotishmali koronkalar bilan yaxshigina burg‘ilanadi, biroq tarkibida ko‘p kvars, boshqa ruda minerallari yoki karbonatlar va boshqa qattiq sementlar bilan sementlangan jinslar olmosli koronkalar bilan burg‘ilanadi. Metamorfik tog‘ jinslari yer qobig‘ining ma’lum chuqurligida yuqori harorat, kuchli bosim va kimyoviy aktiv moddalar ta’sirida magmatik va cho‘kindi jinslarning qayta kristallanib o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Metamorfik jinslarga gneys, slanes, marmar, kristalli kvarsit, jespilit, rogovik, skarn va boshqalar kiradi. Bu jinslar metamorfizm jarayoni xarakteriga bog‘liq holda yuqori yoki kichik mustahkamlikka ega bo‘lishi mumkin, bo‘sh, maydalangan yoki qattiq monolit holatga aylanishi mumkin. Kristall slanes, marmar, fillitlar qattiq qotishmali koronkalar bilan yengil burg‘ilanadi. Rogovik, kvarsit, jespilit kabi kvarsli jinslarni olmosli koronkalar, zarba-aylanma va termik usullar bilan burg‘ilash yaxshi samara beradi. Skarnlar mineral tarkibining va zarrachalari kattaligining rang - barangligi bilan alohida ajralib turadi. Ularning fizik-mexanik xususiyatlari va burg‘ilanishi o‘zgarmas qiymatga ega emas. Download 16,3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling