1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar


-§. Òog‘ jinslarining deformatsion


Download 16.3 Kb.
bet4/4
Sana09.04.2023
Hajmi16.3 Kb.
#1347006
1   2   3   4
Bog'liq
Fizik mexanik xususiyatlar

1.9-§. Òog‘ jinslarining deformatsion
xususiyatlari
Òog‘ jinslari qo‘yilgan kuch ta’sirida ba’zida butunligini saqlagan
holda o‘z shaklini va hajmini o‘zgartiradi (plastik deformatsiya),
boshqa hollarda esa mayda bo‘laklarga plastik deformatsiyasiz
parchalanib ketadi. Shuning uchun ham jinslarning qayishqoqlik
(plastiklik) mo‘rtlik va egiluvchanlik kabi zarur xususiyatlarini
ajratish mumkin.
Òog‘ jinslarining qayishqoqligi deb jinslarning tashqi kuch
ta’sirida qaytmas deformatsiya hosil qilish xususiyatiga aytiladi.
Qayishqoq deformatsiya qo‘yilgan kuch olinishi bilan yo‘qolmaydi,
shuning uchun ham bunday deformatsiya qoldiq deformatsiya deb
ataladi.
19
Òog‘ jinslarining mo‘rtligi deb jinslarning sezilarli qayishqoqlik
deformatsiyasiz parchalanish xususiyatiga aytiladi.
Òog‘ jinslarining egiluvchanligi deb, jinslarning qo‘yilgan kuch
olingach, avvalgi shakli va hajmiga qaytish xususiyatiga aytiladi.
Òog‘ jinslari (bo‘sh va oquvchanlardan tashqari) deformatsion
xususiyatlariga qarab qayishqoq-mo‘rt, egiluvchan-qayishqoq,
yuqori qovushqoq va serg‘ovaklarga bo‘linadi.
Qayishqoq-mo‘rt jinslar (granit, kvarsit, jespilit) egiluvchanlik
chegarasiga yetgach parchalanadi. Egiluvchan-qayishqoq jinslarni
parchalash uchun esa (marmar, ohaktosh, slanes) qayishqoqqovushqoq deformatsiyani o‘tashi kerak. Shuning uchun ham
qovushqoq-mo‘rt jinslar egiluvchan qovushqoq jinslarga nisbatan
yengil parchalanadi.
Mo‘rt jinslarning (kvarsit) parchalanishi 1.3-rasmda ko‘rsatilgan 1 egri bilan xarakterlanadi va parchalanishi P kuch ta’sirida
qovushqoqlik deformatsiyasiga qadar boshlanadi.
Egiluvchan-qovushqoq jinslarda (marmar) ma’lum kuch P
gacha (2 egri) egiluvchan deformatsiya kuzatiladi. Kuch miqdorining
oshishi egri chiziq qiyalanishini o‘zgartiradi, chunki namuna kuch
miqdorining o‘sishiga nisbatan tezroq deformatsiyalanadi. Qayishqoqlik deformatsiyasi kuzatiladi. Yuqori qovushqoq (gil; tosh tuz)
va serg‘ovak (pemza, g‘ovak ohaktosh) jinslarda qayishqoq deformatsiya mo‘rt parchalanishsiz yuz beradi.
Deformatsiya grafigida qovushqoq mo‘rt jinslarni parchalash
uchun sarflanadigan ish miqdori OAC yuza bilan, egiluvchan-
1.3-rasm. Jinslarning deformatsiya grafigi.
F3
O
Ñ E
3mm
Ð Ð1 Ð2 Ð3 0
P, N
B D
A
1 A
1
2
3
D
1
20
qovushqoq jinslarda esa — CADE yuza bilan belgilanadi. Bu yerda
OADE yuza OAÑ yuzaga nisbatan ancha katta qiymatga egadir.
Òog‘ jinslari mo‘rt va qayishqoq kabilarga shartli ravishda
bo‘linadi, chunki zarbali kuchlar ta’sirida hatto yuqori qovushqoq
jinslar ham mo‘rt bo‘lib ketadi, statik kuchlar ta’sirida mo‘rt jinslar
qovushqoqlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Shuning uchun ham
tog‘ jinslarini burg‘ilashda dinamik kuchlar ishlatilishi maqsadga
muvofiqdir, chunki bu sharoitda parchalanish jarayoni samarali
bo‘ladi.
Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling