Bajardi: Qabul qildi: Mustaqil ish Mavzu


Download 164.3 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi164.3 Kb.
#1346528
Bog'liq
Olmosli dolotalar


Bajardi: _________
Qabul qildi: _______
Mustaqil ish 4.
Mavzu: Olmosli koronkalar bilan burg‘ilash texnologiyasi
Hozirgi paytda razvedkaviy burg‘ilash ishlari hajmining 25 % dan ziyodi olmosli koronkalar bilan bajarilmoqda, ularning ishlatilish sharoitlari yanada kengaymoqda. Olmosli koronkalarning afzalliklari quyidagicha:
— burg‘ilash tezligining ortishi;
— burg‘ilash ishlari qiymatining kamayishi;
— burg‘ilash ishlari sifatining ortishi (kern chiqishining oshishi);
— quduqlarning egrilanish intensivligining kamayishi.
Jinslarni parchalovchi asbob tabiiy va sun’iy olmoslar hamda o‘ta qattiq materiallar bilan jihozlanadi.
Olmos — tabiatdagi eng qattiq mineral bo‘lib, toza ugleroddan tashkil topgan. Olmosning qattiqligi korund mineraliga qaraganda 140 marta, abrazivligi esa 90 marta ortiqdir.
Koronka yuzasida ma’lum sxemada olmoslar bir qatlamda joylashgan olmosli koronkalar bir qatlamli olmosli karonkalar deyiladi.
Olmosli burg‘ilash texnologiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Yumshoq va o‘rta qattiqlikdagi jinslardan tashkil topgan quduqlar qattiq qotishmali koronkalar bilan burg‘ilanadi, qattiq va mustahkam jinslar esa bir qatlamli va impregnirlangan koronkalar bilan burg‘ilanadi. Quduqlarni burg‘ilash snaryadning kichik aylanish chastotalarida boshlanadi. Burg‘ilash snaryadi quduqqa olmosli koronka matritsasiga shikast yetkazmaslik maqsadida ehtiyotkorlik bilan tushiriladi.
Olmosli burg‘ilashning texnologik rejimi parametrlari tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlariga, koronka turi, quduq chuqurligi va yo‘nalishiga qarab tanlanadi. Yangi koronkalar bilan burg‘ilash boshida past rejim parametrlarida olib boriladi.
Koronkalarni prirabotka qilish vaqti ularning turlari va jinslar
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Zaboyda hosil bo‘lgan kern kernuzgich ichiga kirgach, burg‘ilash rejimi belgilangan jinslar uchun mos ravishda olib boriladi.

Olmosli dolotalar: Olmosli dolotolar burg‘ilash bo‘yicha
V—X kategoriyadagi jinslarni burg‘ilash uchun ko‘zda tutilgan. Ular yuqori reys, burg‘ilash tezliklarini ta’minlaydi, ko‘tarib-tushirish
operatsiyalari sonini qisqartiradi, quduqlarning egrilanishini
kamaytiradi va mablag‘larni tejash imkonini beradi.
Olmosli dolotolar fasonli olmosushlab turuvchi matritsadan
iborat bo‘lib, u poroshoksimon qattiq qotishmali shixtadan va
tutashtiruvchi rezbali po‘lat korpusdan tarkib topgan. Markaziy
qismi ichki tomonga bukilgan konus formadagi, yuvish suyuqligi
o‘tishi uchun kanallarga ega bo‘lgan yuzadan iborat bo‘ladi.
Olmosli dolotolar uch turga bo‘linadi: spiralli, radialli va
pog‘onali.
Olmoslarning sig‘imiga qarab dolotolar bir qatlamli va impregnirlangan bo‘lishi mumkin. Bir qatlamli olmosli dolotolarni tayyorlash uchun massasi 0,1—0,5 karat bo‘lgan, impregnirlangan dolotolar uchun 0,05—0,1 karat massadagi «bort» navli olmoslar ishlatiladi. Olmosli dolotolar quyidagi diametrlarda ishlab chiqarilmoqda: 138, 159, 188, 212 va 267 mm. O‘ta qattiq materiallar institutida (ИСМ, Киев) ИСМ turdagi yangi dolotolar yaratilgan. Bu dolotolarda keskich element sifatida СЛАВУТИЧ-o‘ta qattiq material ishlatilgan.

Download 164.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling