Ma’ruza №4 Mavzu: Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavsifi


Download 6.51 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi6.51 Kb.
#1011117
  1   2   3
Bog'liq
Ma’ruza №4 Mavzu Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavs-hozir.org


Ma’ruza №4 Mavzu: Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavsifi

MA’RUZA №4 Mavzu: Ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik tavsifi.


  • Reja:

  • 1. Ruda va yondosh jinslarning barcha fizik-mexanik xususiyatlari.

  • 2. Kon jinslari massivini turg’unligi.

  • 3. Rudaning tuzulishi.

  • 4. Rudani konditsion bo’lagi.

  • 5. Zichlanish va oksidlanish. Namlik sig’imi

Kon jinslari fizik-mexanik xususiyatlariga bog’liq holda kon ishlarini alohida ishlab chiqarish jarayonlari, masalan: burg’ilash, portlatish ishlariga tadbiq etish uchun materiallar sarflash me’yoriy ko’rsatkichlarini tasnifi mavjud.


  • Kon jinslari fizik-mexanik xususiyatlariga bog’liq holda kon ishlarini alohida ishlab chiqarish jarayonlari, masalan: burg’ilash, portlatish ishlariga tadbiq etish uchun materiallar sarflash me’yoriy ko’rsatkichlarini tasnifi mavjud.

  • Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olishda ruda va yondosh jinslarning turg’unligi muhim ahamiyatga ega.

  • Turg’unlik - jinslar massoviy tagi va yon tomonini qazib olib ochiq yuza hosil qilganda, uning ma’lum muddatgacha o’pirilib tushmasdan ship qismini butunligini saqlab turish xususiyati. Ruda va yondosh jinslar turg’unligini aniqlash qazib olish tizimini turg’unlashda, ruda massivi va yondosh jinslarni qazishdan hosil bo’lgan bo’shliqni o’pirilmasdan turish muddatini aniqlashda muhim ahamiyatga ega .

Turg’unlik darajasi bo’yicha ruda va yondosh jinslar beshta guruhga bo’lishadi:



1.Eng past turgunlikka ega bolgan jinslar.

3. O’rtacha turg’un.

5. Nihoyatda turg’un.

4. Turg’un.

2. Turg’un emas

1. Eng past turgunlikka ega bolgan jinslar. Odatda bunday jinslarda qoqib kiritiladigan ilgarilovchi mahkamlagichlar o’rnatiladi. Ruda konlarini qazib olishda bunday jinslar (loyqa, sochiluvchan, ezilgan va suv bilan tushgan jinslar) juda kam uchraydi.
2. Turg’un emas. Kichik o’lchamdagi yuzani ochiq qoldirishga imkon beradi, rudani qazib olish bilan uning orqasidan mahkam mustahkamlagich o’rnatish talab etiladi.
3. O’rtacha turg’un. Shipni deyarli katta o’lchamdagi yuzasini ochiq qoldirib, qisqa muddatda mustahkamlamasdan qazib olishga imkon beradi.
4. Turg’un. Deyarli katta o’lchamdagi ship va yondosh jinslar yuzasini ochiq qoldirish mumkin, lekin alohida joylarni mahkamlash talab etiladi.

5.Nihoyatda turg’un. Ship va ochilgan yonlarni katta o’lchamdagi yuzani uzoq muddat mustahkamlagichsiz ochiq qoldirishga yo’l qo’yiladi. Bunday jinslar nisbatan kamroq uchraydi.



Download 6.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling