1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar


Download 16.3 Kb.
bet1/4
Sana09.04.2023
Hajmi16.3 Kb.
#1347006
  1   2   3   4
Bog'liq
Fizik mexanik xususiyatlar


1.6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
haqida tushunchalar
Quduqlarni burg‘ilashdek murakkab jarayonni amalga oshirishda
nafaqat burg‘ilash texnikasi, texnologiyasi va uslubiyati bo‘yicha,
balki tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari hamda ularni
parchalashdagi o‘z ta’siri bo‘yicha ham chuqur bilimlar talab qilinadi. Bu ma’lumotlar burg‘ilash usulini tanlash, texnologik rejim
parametrlarini hisoblash, foydali qazilmalardan sifatli namuna olish,
quduqlarni loyiha trassasi bo‘ylab qazish uchun juda zarurdir.
Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari jinslarni parchalash
jarayoniga ta’sir qiluvchi fizik-mexanik xususiyatlarini birlashtiradi.
Òog‘ jinslarining fizik xususiyatlari ularning fizik holatini xarakterlaydi. Ularga quyidagilar kiradi: bog‘lanish darajasi, g‘ovaklik,
zichlik, struktura, tekstura va zarrachanligi. Òog‘ jinslarining mexanik
xususiyatlari — fizik xususiyatlarning xususiy turi bo‘lib, ular tashqi
kuch ta’sirida tog‘ jinslarining deformatsiyalanish va parchalanishiga
ko‘rsatgan qarshiligi bilan ifodalanadi. Mexanik xususiyatlarga
16
jinslarning mustahkamligi, qattiqligi, abrazivligi, egiluvchanligi,
mo‘rtligi, qayishqoqligi va boshqalar kiradi.
Òog‘ jinslarini mexanik usul bilan parchalaganda jinslarning
fizik-mexanik xususiyatlaridan tashqari, ularning fizik-kimyoviy
va kimyoviy xossalarini ham bilish maqsadga muvofiqdir.
Misol uchun, quduqlarni burg‘ilashda jinslar bilan ustki —
aktiv vositalar (ÏÀÂ) o‘rtasidagi adsorbsiya hodisasi, jinslar
bilan yuvish suyuqliklari o‘rtasidagi almashuv reaksiyalari, ishqorsizlanish, qovushuvchi moddalar gidrotatsiyasi, egiluvchan tebranishlarning ta’siri va boshqalarda kuzatiladi. Parchalashning fizik
usullarida tog‘ jinslarining termik, elektrik, magnitli va fizik xossalarini bilish zarur.

Download 16.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling