1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar
-§. Òog‘ jinslarining deformatsion
Download 16.3 Kb.
|
Fizik mexanik xususiyatlar
1.9-§. Òog‘ jinslarining deformatsion
xususiyatlari Òog‘ jinslari qo‘yilgan kuch ta’sirida ba’zida butunligini saqlagan holda o‘z shaklini va hajmini o‘zgartiradi (plastik deformatsiya), boshqa hollarda esa mayda bo‘laklarga plastik deformatsiyasiz parchalanib ketadi. Shuning uchun ham jinslarning qayishqoqlik (plastiklik) mo‘rtlik va egiluvchanlik kabi zarur xususiyatlarini ajratish mumkin. Òog‘ jinslarining qayishqoqligi deb jinslarning tashqi kuch ta’sirida qaytmas deformatsiya hosil qilish xususiyatiga aytiladi. Qayishqoq deformatsiya qo‘yilgan kuch olinishi bilan yo‘qolmaydi, shuning uchun ham bunday deformatsiya qoldiq deformatsiya deb ataladi. 19 Òog‘ jinslarining mo‘rtligi deb jinslarning sezilarli qayishqoqlik deformatsiyasiz parchalanish xususiyatiga aytiladi. Òog‘ jinslarining egiluvchanligi deb, jinslarning qo‘yilgan kuch olingach, avvalgi shakli va hajmiga qaytish xususiyatiga aytiladi. Òog‘ jinslari (bo‘sh va oquvchanlardan tashqari) deformatsion xususiyatlariga qarab qayishqoq-mo‘rt, egiluvchan-qayishqoq, yuqori qovushqoq va serg‘ovaklarga bo‘linadi. Qayishqoq-mo‘rt jinslar (granit, kvarsit, jespilit) egiluvchanlik chegarasiga yetgach parchalanadi. Egiluvchan-qayishqoq jinslarni parchalash uchun esa (marmar, ohaktosh, slanes) qayishqoqqovushqoq deformatsiyani o‘tashi kerak. Shuning uchun ham qovushqoq-mo‘rt jinslar egiluvchan qovushqoq jinslarga nisbatan yengil parchalanadi. Mo‘rt jinslarning (kvarsit) parchalanishi 1.3-rasmda ko‘rsatilgan 1 egri bilan xarakterlanadi va parchalanishi P kuch ta’sirida qovushqoqlik deformatsiyasiga qadar boshlanadi. Egiluvchan-qovushqoq jinslarda (marmar) ma’lum kuch P gacha (2 egri) egiluvchan deformatsiya kuzatiladi. Kuch miqdorining oshishi egri chiziq qiyalanishini o‘zgartiradi, chunki namuna kuch miqdorining o‘sishiga nisbatan tezroq deformatsiyalanadi. Qayishqoqlik deformatsiyasi kuzatiladi. Yuqori qovushqoq (gil; tosh tuz) va serg‘ovak (pemza, g‘ovak ohaktosh) jinslarda qayishqoq deformatsiya mo‘rt parchalanishsiz yuz beradi. Deformatsiya grafigida qovushqoq mo‘rt jinslarni parchalash uchun sarflanadigan ish miqdori OAC yuza bilan, egiluvchan- 1.3-rasm. Jinslarning deformatsiya grafigi. F3 O Ñ E 3mm Ð Ð1 Ð2 Ð3 0 P, N B D A 1 A 1 2 3 D 1 20 qovushqoq jinslarda esa — CADE yuza bilan belgilanadi. Bu yerda OADE yuza OAÑ yuzaga nisbatan ancha katta qiymatga egadir. Òog‘ jinslari mo‘rt va qayishqoq kabilarga shartli ravishda bo‘linadi, chunki zarbali kuchlar ta’sirida hatto yuqori qovushqoq jinslar ham mo‘rt bo‘lib ketadi, statik kuchlar ta’sirida mo‘rt jinslar qovushqoqlik xususiyatlarini namoyon qiladi. Shuning uchun ham tog‘ jinslarini burg‘ilashda dinamik kuchlar ishlatilishi maqsadga muvofiqdir, chunki bu sharoitda parchalanish jarayoni samarali bo‘ladi. Download 16.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling