1. 6-§. Òog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari haqida tushunchalar
-§. Òog‘ jinslarining bog‘langanlik darajasi
Download 16.3 Kb.
|
Fizik mexanik xususiyatlar
1.8-§. Òog‘ jinslarining bog‘langanlik darajasi
bo‘yicha xarakteristikasi Barcha tog‘ jinslari bog‘lanish darajasiga ko‘ra qoyali, bog‘liqli va sochiluvchan kabilarga bo‘linadi. Qoyali, yarimqoyali jinslar (bo‘r, giðs, tuz, kvarsit, jespilit, granit va boshqalar) molekular bog‘lanish va zarrachalar orasidagi ishqalanishligi bilan xarakterlanadi, yuqori qattiqlikka ega va qiyin parchalanadi. Ularning aksariyati abraziv bo‘lib, jinslarni parchalovchi asboblarning qattiq yemirilishiga olib keladi. Qoyali jinslar burg‘ilanganda quduq devorlarini mustahkamlashga ehtiyoj bo‘lmaydi, kuchli yorilgan tog‘ jinslarini burg‘ilashdan tashqari. Bog‘liqli jinslar (sog‘ tuproq turidagi jinslar) zarrachalar orasidagi sezilarli bog‘lanish kuchlari bilan xarakterlanadi. Biroq bu kuchlar suvlar ta’sirida o‘z qiymatini o‘zgartiradi. Jinslarning yaxlitligi buzilgach, bog‘lanish kuchlari yuqori bosim va namlik ta’sirida to‘la yoki qisman tiklanadi. 18 Qoyali jinslarda bog‘liqli jinslar yuqori qayishqoqlik, kichik abrazivlik va mustahkamliklari bilan farq qiladi. Bu mustahkamlik quduq chuqurligiga qarab oshib boradi. Gilli jinslar barcha turdagi jinslarni parchalovchi asboblar bilan yengil burg‘ilanadi. Quduq devori mustahkam bo‘lib, ko‘pincha uni mustahkamlashga ehtiyoj bo‘lmaydi. Ba’zi gillar o‘zlariga suvni yaxshi singdiradi, natijada ularning hajmi oshadi (ko‘pchiydi) va quduq stvolining torayishiga olib keladi. Bunday jinslarni burg‘ilashda suv berish qobiliyati kam bo‘lgan yuvish suyuqliklari ishlatiladi. Bog‘liqli jinslar namlangan holatda o‘zlarini xuddi tiðik qayishqoq jinslardek tutadi, deformatsiya ta’sirida zarrachalar orasidagi bog‘liqlikni saqlaydi va uzilmagan holda o‘z shaklini oson o‘zgartiradi, lekin quruq holatda mo‘rt parchalanishi kuzatiladi. Sochiluvchi jinslar (qum, shag‘al, graviy) zarrachalar orasidagi bog‘lanish kuchlarining deyarli yo‘qligi bilan xarakterlanadi (yoki namlangan holatda biroz bog‘lanish kuchiga ega bo‘lishi mumkin). Ba’zi qumlar suvga to‘yinganda oquvchan bo‘lib qoladilar. Agar ular bosim ostida bo‘lsa, unda burg‘ilangan quduq stvolini to‘ldiradi. Sochiluvchi jinslar surilishi mumkin va quduq devorlari oson nurashi mumkin, shuning uchun bunday jinslarni burg‘ilash bir vaqtning o‘zida obsadka quvurlari bilan mustahkamlanadi yoki boshqa burg‘ilash usuli qo‘llaniladi. Ular barcha turdagi jinslarni parchalovchi asbob bilan burg‘ilanadi, abraziv bo‘lganligi sababli asboblarning qattiq yemirilishiga olib keladi. Download 16.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling