1 7-mavzu: Hozirgi davrda jahon mamlakatlari t a’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Reja


Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar


Download 208.68 Kb.
bet8/11
Sana23.03.2023
Hajmi208.68 Kb.
#1289191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 7-mavzu Hozirgi davrda jahon mamlakatlari t a’lim tizimi va p

Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global tendensiyalar. Qiyosiy pedagogik tizim bu qiyosiy pedagogika metodologiyasi asosida pedagogikaning xalqaro, regional, milliy tajribalarini oʻrganish va tadbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, shuningdek, pedagogik tizimni ma’lum davlat, region, aniq oʻquv muassasida rivojlantirish boʻyicha qiyoslashga yoʻnaltirilgan dinamik pedagogik tizimdir.
Qiyoslash texnologiyasi ikkita boʻlimdan iborat boʻlib, birinchisi “oʻrganish va qayd qilish”, ikkinchisi “tuzish va tadbiq qilish” deb nomlanadi.
“Oʻrganish va qayd qilish” boʻlimida qiyosiy tadqiqotlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
- ta’lim tizimi va uning elementlarini rivojlanish holati va yoʻnalishlarini aniqlash;
- ma’lumotlarni toʻplash;
- aktlarni tahlil va tasnif qilish;
- qiyoslash mezonlarini tanlash.
“Tuzish va tadbiq qilish” boʻlimidagi qiyosiy tadqiqotlar esa quyidagicha amalga oshiriladi:
- oʻrganilayotgan obyektning prognostik modelini tuzish;
- tadbiq qilish shakli, metodi va chegaralari, xususiylik va umumiylikni aniqlash;
- eng maqbul modelni tuzish;
- ta’lim muassasalariga tatbiq etish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlari zamon va makon omillaridir. Zamon omili bir xil pedagogik tizimni turli tarixiy davrlar, asrlar, yillarda taqqoslashni nazarda tutadi. Bunda turli tarixiy davrlarda yuzaga kelgan pedagogik nazariyalar oʻrganiladi.
Makon omili esa turli hududlarda joylashgan davlatlarning pedagogik tizimlarini taqqoslashni nazarda tutadi. Quyida makon omiliga koʻra turli davlatlar ta’lim modelini taqqoslab koʻramiz. Masalan:
Amerika modeli: kichik oʻrta maktab → oʻrta maktab → katta oʻrta maktab → 2 yillik kollej → universitet tizimidagi 4 yillik kollej → magistratura → doktorantura.
Fransiya modeli: onalar maktabi → oʻrta maktab → kollej → texnologik, kasbiy va umumta’lim litseyi → universitet → magistratura → doktorantura.
Germaniya modeli: umumiy maktab → real bilim yurti, gimnaziya va asosiy maktab → oliy oʻquv yurti → magistratura → doktorantura.

Download 208.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling