1 7-mavzu: Hozirgi davrda jahon mamlakatlari t a’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Reja


Download 208.68 Kb.
bet5/11
Sana23.03.2023
Hajmi208.68 Kb.
#1289191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 7-mavzu Hozirgi davrda jahon mamlakatlari t a’lim tizimi va p

Fransiyada ta’lim tizimi. Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga ega. Bu mamlakatda “Ta’lim haqida”gi Qonun dastlab 1955-yilda qabul qilinib, 1975-yilda unga qator oʻzgartirishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan “Ta’lim haqida”gi Qonuni 1989-yil 10-iyulda qabul qilingan boʻlib, uning oʻzgartirilishiga ta’lim strategiyasida roʻy bergan oʻzgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi islohotlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet el pedagogikasidagi ilgor tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, oʻquv predmetlarining integratsiyalari va boshqalar sabab boʻldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari sharoitida oʻquvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka oʻrgatish, shunga yarasha kasb-korga ega qilishdan iboratdir. Bu yerda:
1. Davlat maktablari;
2. Xususiy maktablar;
3. Oraliq maktablari mavjud.
Oʻqitiladigan predmetlar ichida fransuz tili va adabiyoti, oʻqish va yozuv alohida ahamiyatga molik boʻlib hisoblanadi. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. Oʻrtacha haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi esa 60 daqiqa. Oʻquv yili 5 chorakka boʻlinadi. Fransuz maktablari boshlangʻich sinflarida oʻqish ertalabki va tushdan keyingi qismlarga boʻlinadi. Ertalab oʻquvchilar ona tilidan, tushdan keyin esa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari esa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarning goʻdaklik chogʻidanoq maktabda oʻqitish uchun tayyor holda olib kelish gʻoyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), oʻrta guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh).
Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) boʻlib, ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiyada boshlangʻich ta’lim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar jalb qilinadilar. Boshlangʻich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi oʻqish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. Oʻquv mashgʻulotlari ertalab soat 9 dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom etadi. Maktabda ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlangʻich sinflarda oʻqish uch bosqichda amalga oshiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Elementar kurs (bu bosqich ikki yil davom etadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda oʻquv predmetlarning barchasiga uch bosqich boʻyicha aniq, alohida-alohida talablar qoʻyiladi.
1990-yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.
Oʻquvchilar 11 yoshda boshlangʻich maktabni tugallab oʻrta maktabga oʻtadilar. Oʻrta ta’lim esa kollejlar va litseylarda amalga oshiriladi. Oʻrta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil boʻlib, eng kichik sinf 6-sinf, 5-4-oʻrta sinf, 3-sinf esa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5-sinflar umumiy oʻrta ta’lim, 4-3-sinflar esa oʻquvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach, oʻquvchilar kasbiy yoʻnalishlari boʻyicha guvohnoma oladilar. Soʻngra ikkinchi bosqich boshlanadi. Bu bosqichda 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil oʻqib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtixon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan oʻquvchilargina oliy oʻquv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega boʻladilar. Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtixon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga moyilligi ham alohida sinab koʻriladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi boʻlgan yoshlar imtixonsiz qabul qilinaveradi.

Download 208.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling