1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
33
13. Xiva xonlari harbiy yurish chog‘larida, asosan, turkman qabilalarining otliqlariga tayanganlar. Harbiy harakatning qanday natija bilan tugasbi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq edi. Shuning uchun ham bar bir otliq hisobiga foydalanish uchun necha tanob yer mulki berilgan va u “Otliq” deb atalgan? A) 20-30 B) 30-40 C) 30-50 D) 40-50 14. Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlaming ulushi yetishtirilgan hosilning necha foizini tashkil etgan? A) 50 % B) 60 % C) 75 % D) 30 % 15. Xiva xonligida yer solig`i nima dеb atalgan? A) chibik puli B) alg`ut C) solg`ut D) mushrifona 16. Xiva xonligida asosiy soliq to`g`ri berilan javobni aniqlang. A) chibik puli B) alg`ut C) solg`ut D) mushrifona 17. Xiva xonligida kimlar zakot solig`ini to`lashgan? 1. hunarmandlar 2. tashqi savdo bilan shug`ulanuvchi savdogarlar 3. chorvadorlar 4. dehqonlar A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4 18. Xiva xonligida rasman 12 kunlik davlat majburiyati nima deb atalgan? A) hachi B) ichki va obxo`ra qazu C) qazu D) begar 19. Zakot miqdori mulk qiymatining qancha foizini tashkil etgan? A) 3 % B) 2,5 % C) 5 % D) 7 % 20. Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shakli qanday atalgan? A) Bo’nak B) Barot C) Xosa D) Hachi 21. Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi) tarixida poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlarni aniqlang. 1. Ko‘hna Urganch 2. Vazir 3. Hazorasp 4. Yangi Urganch 5. Xiva A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,4,5 22. Ko‘hna Urganch (asl nomi Gurganj) nomi nechanchi asrga oid manbalarda uchraydi? A) mil. avv. II asr B) mil. avv. IV asr C) mil. avv. I asr D) mil. avv. V asr 23. Qachon Xorazmda markazi Gurganj shahri bo‘lgan amirlik tashkil etildi? A) IX asrning oxirida B) X asrning boshida C) X asrning birinchi yarmida D) X asrning ikkinchi yarmida 24. Amir Ma’mun ibn Muhammad qachon qaysi shahardagi xorazmshohlar hokimiyatini ag‘dardi va o‘zini Xorazm hukmdori - Xorazmshoh deb e’lon qilgan? A) 995-yilda Kot B) 995-yilda Gurganch C) 993-yilda Kot D) 997-yilda vazir 25. Buyuk Xorazmshohlar davlatining ham poytaxti bo‘lgan, biroq Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shini tomonidan vayron qilingan shaharni qaysi? A) Vazir B) Gurganch C) Xiva D) Kot 26. Qachon Abulg`ziy Bahodirxon Yangi Urganchga asos solgan? A) 1645-yil B) 1646-yil C) 1648-yil D) 1650-yil 27. Qaysi hukmdor hukmronligi davrida Yangi Urganch yaqinida Shohobod nomi berilgan katta kanal qazilgan? A) Abulg‘oziy Bahodirxon B) Anushaxon C) Elbarsxon D) Muhammad Rahimxon I 28. Xiva shahri qachon bunyod etilgan? A) mil.avv. II asrda B) mil.avv. III asrda C) mill.avv. IV asrda D) mil.avv. V asrda 29. Xiva shahri qachondan qachongacha Xiva xonligining poytaxti bo`lgan? A) XV asr oxirlaridan XIX asr oxirlarigacha B) XVII asr I choragidan 1920- yil fеvraligacha C) XVII asr boshlaridan 1920-yil sentabrigacha D) XVI asr oxirlaridan 1924-yil dekabrgacha 30. Xiva shahrining 2500 yillik yubileyi qachon kеng nishonlandi? A) 1995-yil B) 1996-yil C) 1997-yil D) 1998yil 31. Dunyoda „Ming gumbaz shahri“ nomi bilan mashhur shaharni aniqlang. A) Vazir B) Xiva C) Buxoro D) Samarqand 32. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta xon saroyi mavjud bo`lgan? A) 2 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 1 ta 33. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta masjid mavjud bo`lgan? A) 12 ta B) 15 ta C) 17 ta D) 22 ta 34. XIX asrning birinchi yarmida Xiva shahrida nechta madrasa mavjud bo`lgan? A) 12 ta B) 15 ta C) 17 ta D) 22 ta 35. Qachon Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo`lingan? A) XVI asr B) XVII asr C) XVIII asr D) XIX asr 36. Ichanqal`aga kiriladigan to`rtta darvoza nomlari to`g`ri bеrilgan javobni toping? 1.Bog`cha darvoza 2.Polvon darvoza 3.Tosh darvoza 4.Ota darvoza 5.Ko`kcha darvoza A) 1,2,3,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4 37. Xiva xonligida kimlarnning hukmronligi davrida Ichan qal`ada keng ko`lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi? 1. Eltuzarxon 2. Muhammad Rahimxon 3. Olloqulixon 4. Muhammad Aminxon A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4 38. Xivada Kalta minor nomi bilan mashhur bo`lgan minorani kim qurdirgan? A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon 39. Xivadagi Kalta minor nomi bilan mashhur minora qayеrda joylashgan? A) Ichan qal`aning g`arbiy qismidagi Ko`hna ark yonida B) Ichan qal`aning sharqiy qismidagi Ota darvoza yonida C) Ichan qal`aning janubiy qismidagi Ko`hna ark yonida D) Olloqulixon qurdirgan karvonsaroy yonida 40. Qachon Ichan qal`a me`moray yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo`riqxonaga aylantirilgan? A) 1950-yil B) 1956-yil C) 1961-yil D) 1973-yil 41. Ichan qal`aning yer maydoni necha gaktarni tashkil qiladi? A) 25 ga. B) 26 ga. C) 27 ga. D) 28 ga. 42. Ichan qal`ada qancha tarixiy-me`moray obida joylashgan? A) 50 ta B) 52 ta C) 54 ta D) 56 ta 43. Ichanqal`a qachon Butunjahon yodgorliklari ro`yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan? A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1993-yil D) 1996-yil 44. Qachondan muzey-qo`riqxona Xiva “Ichan qal`a muzey- qo`riqxonasi” deb ataladi? A) 1961-yil B) 1990-yil C) 1969-yil D) 1978-yil 45. Qaysi Xiva xoni Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida uzunligi devor bilan o`rattirdi? A) Eltuzarxon B) Muhammad Rahimxon I C) Olloqulixon D) Muhammad Aminxon 46. Dishan qal`a qachon devor bilan o`rab olingan? A) 1840-yil B) 1842-yil C) 1843-yil D) 1844-yil 47. Dishan qal`ada nechta darvoza bo`lgan? A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 14 ta 48. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang. 1. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar. 2. Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshlagan 3. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi. 4. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama- ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi. 5. Bbinolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Bog’cha darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling