1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
20
30. Amirlikda davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani bajargan lavozimni aniqlang. A) to'qsoba B) Mehtar C) Bosh inoq D) Kichik inoq 31. Buxoro amirligida amir otxonasining boshlig`i kim bolgan? A) inoq B) miroxur C) mirshab D) mushrif 32. Buxoro amirligida qaysi mansabdor shaxs amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul bolgan? A) dasturxonchi B) sadr C) mirshab D) parvonachi 33. Buxoro amirligida quyidagi qaysi mansab egasi vaqf mulklarining boshqaruvchisi hisoblangan? A) dasturxonchi B) sadr C) mirshab D) parvonachi 34. Buxoro amirligida amir kutubxonasining boshliqi berilgan javobni aniqlang A) kitobdor B) daftardor C) to`qsabo D) sadr 35. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi qozikalon murakkab dеb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga asoslanib fatvo chiqargan? A) muftiy B) muhtasib C) shayxulislom D) sadr 36. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i bo’lgan? A) Mehtar B) Qutvol C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul 37. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi soliq va boshqa yig‘imlardan tushgan mablag‘larning belgilangan o‘rinlarda qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor bo’lgan? A) Mehtar B) Qutvol C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul 38. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat hisobidan amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor hisoblangan? A) Mehtar B) Qutvol C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul 39. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi chet mamlakatlar elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi hisoblangan? A) Mehtar B) Qutvol C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul 40. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi shahar va yo‘llar posboni hisoblangan? A) Mushrif B) Dodxoh C) Qorovulbegi D) Muhtasib 41. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi amirga in’om etilgan sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi amaldor hisobangan? A) Mushrif B) Dodxoh C) Qorovulbegi D) Muhtasib 42. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi jabrlanuvchi arizasini amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul amaldor hisoblangan? A) Mushrif B) Dodxoh C) Qorovulbegi D) Muhtasib 43. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi barcha musulmon ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat qiluvchilar)ning boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali ruhoniy, din arbobi sanalgan? A) Muftiy B) Qozikalon, C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom 44. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi sudlov ishlarini amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva- bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi ustidan nazorat olib borgan? A) Muftiy B) Qozikalon C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom 45. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi muhtasib bozorda qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik (tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari ustidan bevosita nazorat olib borgan? A) Muftiy B) Qozikalon C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom 46. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan moslashtiring. 1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan. 2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan. 3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan. 4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan 5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi. A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy 47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1 gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan? A) 1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob B) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob C) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob D) 1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling