1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/69
Sana26.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1233412
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган

18 
 
33. Quyidagi ma’lumotlardan faqat Amir Shohmurod bilan 
bog’liqlarini aniqlang? 
1. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish 
taqiqlandi.
2. Asosiy soliq - xiroj miqdori kamaytirildi. 
3. Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun jul 
deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. 4. Zarafshon vodiysida, 
Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta 
tiklatdi.
5. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat 
hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. 
6. U qo‘shinni mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat 
qildi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5,6 
34. Qaysi hukmdor Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. 
Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig’idan ozod 
etildi? 
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
35. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda … o‘tkazgan pul islohoti 
ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan 
tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga 
ko‘ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda 
kumush bo’lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga 
ruxsat etildi. Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi. Nuqtalar 
o’rniga hukmdor nomini qo’ying. 
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
36. Buxoroda hokimiyat amalda mang`itlar sulolasi qo`liga o`tgan 
yilni aniqlang?
A) 1747-yil B) 1750-yil C) 1753-yil D) 1756-yil
15-mavzu 
 
1. Amiri Shohmurod vafot etgach, taxtga kim o`tirgan?
A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar
C) Amir Muzaffar D) Doniyolbiy otaliq
2. Buxoro amirligida Amir Haydarning hukmronlik yillarini 
aniqlang?
A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar
C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar
3. Amir Haydar faoliyati bilan bog`liq to’g’ri javoblarni aniqlang
1. Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, 
markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka urindilar. Biroq Amir 
Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining 
qarshiligini sindira oldi va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi.
2. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari 
zaxirasini ko‘paytirdi. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar 
sonining oshishiga olib 
keldi. Bu omil amirlik iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. 
3. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda 
to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy 
hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining 
harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga 
qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi
A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3
4. Amir Haydar hukmronligi davrida ukasi Dinnosirbek qaysi 
viloyatining hokimi edi?
A) Marv B) Miyonqol C) Balx D) Badaxshon
5. Qachon Buxoro amirligiga qarashli Marv viloyati aholisi 
qo`zg`alon ko`tardi?
A) 1802-yil B) 1803-yil C) 1804-yil D) 1805-yil
6. Qo'shin sarkardasining buyrug`i bilan Marv vohasini suv bilan 
ta`minlab qaysi to`g`on buzdirib tashlagan
A) Darg`om B) Sutonbandi
C) Karmana D) Hovuzxon
7. Qachon Miyonqolda Buxoro amirligiga qarshi qo`zg`alon bo`lib 
o`tdi?
A) 1819-yil B) 1821-yil C) 1824-yil D) 1826-yil
8. Miyonqolda qo`zg`alon ko`tarilishiga sabab bo`lgan omilni 
aniqlang
1. harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik
2. yer solig`ining muddatdan oldin yig`ib olinishi
3. boj va xiroj solig`ining oshirilishi
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 1,2,3
9. Marv qo`zg`oloni yengilgach, Dinnosirbek qayerdan boshpana 
topadi?
A) Hindiston B) Eron
C) Xiva xonligi D) Qo`qon xonlgi
10. Buxoro amirligida Amir Nasrulloning hukmronlik yillarini 
aniqlang?
A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar
C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar
11. Buxoro amirligida quyidagi qaysi hukmdor amirlik tarkibiga 
rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtrish yo`lida 
qa`tiyat bilan kurash olib bordi?
A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar
C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar
12. Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini to`la birlashatrish 
uchun necha yil kurash olib bordi?
A) 20 B) 25 C) 30 D) 40
13. Qachon Amir Nasrullo Kitob va Shahrisabzni o`ziga 
bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi?
A) 1850-yil B) 1854-yil
C) 1855-yil D) 1856-yil
14. Qoracherik bu …
A) nomuntazam qo`shin B) muntazam qo`shin
C) to`pchilar guruhi D) piyoda askarlarlar
15. Buxoro amirligi qachon Qo‘qon xonligini ham bosib oldi? 
A) 1841-yilda B) 1842-yilda 
C) 1844-yilda D) 1845-yilda 
16. Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga 
qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Qachon Qo‘qonda Buxoro bosqiniga 
qarshi ko‘tarilgan? Qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining 
mustaqilligi tiklandi. 
A) 1841-yilda B) 1842-yilda 
C) 1844-yilda D) 1845-yilda 
17. Qachon amir Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani qo‘lga kiritish 
uchun Qo’qon xonligiga qarshi kurash hoshladi.
A) 1841-yilda B) 1842-yilda 
C) 1843-yilda D) 1845-yilda 
18. Qachon qachon qaysi shahar uchun Buxoro va Xiva o‘rtasida 
urush harakatlari kelib chiqdi? 
A) 1842-yilda Karmana uchun 
B) 1843-yilda Miyonqol uchun 
C) 1843-yilda Qorako’l uchun 
D) 1843-yilda Marv uchun 
19. Qachon Xiva xonligi Marvni egalladi? 
A) 1841-yilda B) 1842-yilda 
C) 1843-yilda D) 1845-yilda 
20. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang? 
1. Xo‘jand va Shahrisabz o‘n yillar davomida Qo’qon va Buxoro 
o’rtasida qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelardi. Nihoyat 1843-yili Buxoroning 
qo‘li baland keldi. 
2. 1842-yili Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini 
mag‘lubiyatga uchratdi. 
3. Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari Qo'qon va 
xonliklari bilan Xiva xonliklari bilan munosabatida o'zaro 
munosabatida toqatsizlik ustun edi. Bu toqatsizlikning asosida 
Buxoro amirligining mintaqada yetakchilikka erishish va bu ikki 
xonlik hisobiga mustahkamlanib olish maqsadi yotardi. 
4. Mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini 
qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu 
maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. 
5. Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida 
uning ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna 
qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi 
o‘g‘li Nasrullo egalladi 
6. Miyonqol qo’zg’olonini bostirishga qanchalik urinilmasin, amir 
qo‘shini qo’zg‘olonchilarning kuchini sindirolmadi Amir oxir-oqibat 
qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy 
daxlsizligi 
xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi. 
A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 3,4,5,6 D) 1,4,5,6
21. Qachon Amir Haydar Xiva xonligi hujumiga uchradi. Amir 
Buxoroning butun aholisini mamlakatni himoya qilishga da’vat etdi? 
A) 1804-yil B) 1805-yil
C) 1806-yil D) 1809-yil



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling