1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-mavzu
18
33. Quyidagi ma’lumotlardan faqat Amir Shohmurod bilan bog’liqlarini aniqlang? 1. Hunarmandlardan pul yig‘ish, ularni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi. 2. Asosiy soliq - xiroj miqdori kamaytirildi. 3. Shuningdek, urush kelib chiqqanida qo‘shinning xarajati uchun jul deb ataluvchi yangi soliq joriy etildi. 4. Zarafshon vodiysida, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida sug‘orish tizimlarini qayta tiklatdi. 5. Ayni paytda markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan viloyat hokimlariga qarshi shiddatli kurash olib bordi. 6. U qo‘shinni mustahkamlashga, unga tayanib ish ko‘rishga harakat qildi. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5,6 34. Qaysi hukmdor Buxoro aholisiga Tarxon yorlig‘i yozib berdi. Unga ko‘ra, aholi savdo daromadidan to‘laydigan boj solig’idan ozod etildi? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar 35. Mamlakat iqtisodini yo‘lga qo‘yishda … o‘tkazgan pul islohoti ham muhim ahamiyat kasb etdi. Ashtarxoniylar davrida zarb qilingan tangalarda kumush miqdori kamaytirib yuborilgan edi. Islohotga ko‘ra, sof kumush tanga muomalaga kiritildi. Shuningdek, kimda kumush bo’lsa, zarbxonaga kelib undan pul zarb ettirib olishiga ruxsat etildi. Bu kumush chayqovchiligining oldini oldi. Nuqtalar o’rniga hukmdor nomini qo’ying. A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar 36. Buxoroda hokimiyat amalda mang`itlar sulolasi qo`liga o`tgan yilni aniqlang? A) 1747-yil B) 1750-yil C) 1753-yil D) 1756-yil 15-mavzu 1. Amiri Shohmurod vafot etgach, taxtga kim o`tirgan? A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar C) Amir Muzaffar D) Doniyolbiy otaliq 2. Buxoro amirligida Amir Haydarning hukmronlik yillarini aniqlang? A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar 3. Amir Haydar faoliyati bilan bog`liq to’g’ri javoblarni aniqlang 1. Ayrim viloyatlar hukmdorlari uning tajribasizligidan foydalaaib, markaziy hokimiyatga bo'ysunmaslikka urindilar. Biroq Amir Haydar katta qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, ulardan aksariyatining qarshiligini sindira oldi va markaziy hokimiyatga bo‘ysundirdi. 2. Aksariyat viloyatlar mustaqilligining tugatilishi davlat yerlari zaxirasini ko‘paytirdi. Bu esa davlat yerlarini ijaraga olib ishlovchilar sonining oshishiga olib keldi. Bu omil amirlik iqtisodiyotining rivojlanishiga xizmat qildi. 3. Ayni paytda, Amir Haydar qanchalik harakat qilmasin, amirlikda to‘la osoyishtalikni ta’minlay olmadi. Bunga bir tomondan markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan ayrim viloyat hokimlarining harakati, ikkinchi tomondan esa jamiyat hayotidagi adolatsizliklarga qarshi ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari sabab bo‘ldi A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3 D) 2,3 4. Amir Haydar hukmronligi davrida ukasi Dinnosirbek qaysi viloyatining hokimi edi? A) Marv B) Miyonqol C) Balx D) Badaxshon 5. Qachon Buxoro amirligiga qarashli Marv viloyati aholisi qo`zg`alon ko`tardi? A) 1802-yil B) 1803-yil C) 1804-yil D) 1805-yil 6. Qo'shin sarkardasining buyrug`i bilan Marv vohasini suv bilan ta`minlab qaysi to`g`on buzdirib tashlagan A) Darg`om B) Sutonbandi C) Karmana D) Hovuzxon 7. Qachon Miyonqolda Buxoro amirligiga qarshi qo`zg`alon bo`lib o`tdi? A) 1819-yil B) 1821-yil C) 1824-yil D) 1826-yil 8. Miyonqolda qo`zg`alon ko`tarilishiga sabab bo`lgan omilni aniqlang 1. harbiy harakatlar uchun qoracherikka safarbarlik 2. yer solig`ining muddatdan oldin yig`ib olinishi 3. boj va xiroj solig`ining oshirilishi A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3 D) 1,2,3 9. Marv qo`zg`oloni yengilgach, Dinnosirbek qayerdan boshpana topadi? A) Hindiston B) Eron C) Xiva xonligi D) Qo`qon xonlgi 10. Buxoro amirligida Amir Nasrulloning hukmronlik yillarini aniqlang? A) 1785-1800-yillar B) 1800-1826-yillar C) 1826-1860-yillar D) 1860-1885-yillar 11. Buxoro amirligida quyidagi qaysi hukmdor amirlik tarkibiga rasmangina kirgan bekliklarni yagona davlatga birlashtrish yo`lida qa`tiyat bilan kurash olib bordi? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar 12. Amir Nasrullo Shahrisabz va Kitob bekliklarini to`la birlashatrish uchun necha yil kurash olib bordi? A) 20 B) 25 C) 30 D) 40 13. Qachon Amir Nasrullo Kitob va Shahrisabzni o`ziga bo`ysundirishga muvaffaq bo`ldi? A) 1850-yil B) 1854-yil C) 1855-yil D) 1856-yil 14. Qoracherik bu … A) nomuntazam qo`shin B) muntazam qo`shin C) to`pchilar guruhi D) piyoda askarlarlar 15. Buxoro amirligi qachon Qo‘qon xonligini ham bosib oldi? A) 1841-yilda B) 1842-yilda C) 1844-yilda D) 1845-yilda 16. Qo‘qon xonligining Buxoro amirligiga qaramligi uzoqqa cho‘zilmadi. Qachon Qo‘qonda Buxoro bosqiniga qarshi ko‘tarilgan? Qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi. A) 1841-yilda B) 1842-yilda C) 1844-yilda D) 1845-yilda 17. Qachon amir Nasrullo Xo‘jand va O‘ratepani qo‘lga kiritish uchun Qo’qon xonligiga qarshi kurash hoshladi. A) 1841-yilda B) 1842-yilda C) 1843-yilda D) 1845-yilda 18. Qachon qachon qaysi shahar uchun Buxoro va Xiva o‘rtasida urush harakatlari kelib chiqdi? A) 1842-yilda Karmana uchun B) 1843-yilda Miyonqol uchun C) 1843-yilda Qorako’l uchun D) 1843-yilda Marv uchun 19. Qachon Xiva xonligi Marvni egalladi? A) 1841-yilda B) 1842-yilda C) 1843-yilda D) 1845-yilda 20. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang? 1. Xo‘jand va Shahrisabz o‘n yillar davomida Qo’qon va Buxoro o’rtasida qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelardi. Nihoyat 1843-yili Buxoroning qo‘li baland keldi. 2. 1842-yili Xiva qo‘shini Hazorasp yaqinida Buxoro qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi. 3. Buxoro amirligining o‘z qo‘shnilari Qo'qon va xonliklari bilan Xiva xonliklari bilan munosabatida o'zaro munosabatida toqatsizlik ustun edi. Bu toqatsizlikning asosida Buxoro amirligining mintaqada yetakchilikka erishish va bu ikki xonlik hisobiga mustahkamlanib olish maqsadi yotardi. 4. Mang‘it amirlari o‘zlarining mutlaq hokimiyatini qaror toptirishni bosh vazifalaridan biri deb hisobladilar. Shu maqsadda ular amir shaxsiga sig‘inish siyosatini yuritdilar. 5. Amir Haydar vafot etgach, qisqa vaqt oralig'ida uning ikki o‘g‘li taxtga o‘tirdi. Biroq ular fitna qurboni bo‘lishdi. Nihoyat, taxtni uning uchinchi o‘g‘li Nasrullo egalladi 6. Miyonqol qo’zg’olonini bostirishga qanchalik urinilmasin, amir qo‘shini qo’zg‘olonchilarning kuchini sindirolmadi Amir oxir-oqibat qo‘zg‘olonchilarga yon bosishga, ularning mulki va shaxsiy daxlsizligi xususida yorliq berishga majbur bo‘ldi. A) 1,2,3,4 B) 2,3,4,5 C) 3,4,5,6 D) 1,4,5,6 21. Qachon Amir Haydar Xiva xonligi hujumiga uchradi. Amir Buxoroning butun aholisini mamlakatni himoya qilishga da’vat etdi? A) 1804-yil B) 1805-yil C) 1806-yil D) 1809-yil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling