1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
19
16-mavzu 1. Buxoro amirligida amirdan keyingi ikkinchi shaxs qaysi lavozim egasi edi? A) Qo'shbegi B) Devonbegi C) Otaliq D) Mehtar 2. Amirlikda ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan qaysi lavozim oldingi mavqeyini yo‘qotdi? A) Qo'shbegi B) Devonbegi C) Otaliq D) Mehtar 3. Mangi`t amirlari davrida Buxoro amiri saroyida xizmat qiluvchi nechta amaldorlik lavozimi joriy etildi va shulardan nechtasi yuqori davlat lavozimlari sanalgan? A) 100 ga yaqin, 30 ga yaqini B) 300 ga yaqin, 30 ga yaqini C) 200 ga yaqin, 30 ga yaqini D) 400 ga yaqin, 40 ga yaqini 4. Buxoro amirligi ma`muriy jihatdan nimalarga bo`lingan? A) viloytalarga B) tumalarga C) viloyat va tumanlarga D) viloyat va bekliklarga 5. Buxoro amirligi nechta viloyat (beklikka) bo`lingan? A) 27 ta B) 30 ta C) 35 ta D) 40 ta 6. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang. 1. Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - amir cheklanmagan huquqqa ega bo’lgan. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Amir, ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan. 2. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etishto‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi. 3. Qo’shbegi amir Arkida yashagan 4. Viloyatlarni beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy- hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 7. Buxoro amirligida bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer … tashkil etgan. A) Hazorani B) Nim hazorani C) Bir tumanni D) Qoriyani 8. Buxoro amirligida Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer qanay atalgan? A) Hazora B) Nim hazora C) Bir tuman D) Qoriya 9. Buxoro amirligida yigirma besh ming tanob yer qanday atalgan? A) Hazora B) Nim (yarim) hazora C) Bir tuman D) Qoriya 10. Buxoro amirligida 10-15 ming tanob sug’oriladigan yer qanday atalgan? A) Marza B) Qoriya C) Qishloq obikori D) Hazora 11. Buxoro amirligida 400 tanob yerga ega qishloq qanday atalgan? A) Marza B) Qoriya C) Qishloq obikori D) Hazora 12. Buxoro amirligida 300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, qanday atalardi? A) Marza B) Qoriya C) Qishloq obikori D) Hazora 13. Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ularning har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta- kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va … deb atalgan? A) Mulk B) Amlok C) Mulki xos D) Adra 14. Amlok yelarini amlokdor boshqargan va u boshqaruv ishida kimlarga tayangan? 1. Qishloq oqsoqollari 2. Amin 3. Miroblar 4. Mirshablar A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 15. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi yetishtirilgan hosilning hisobini yuritish, soliqlar va boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig`ilishi uchun ma`sul bo`lgan? A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib 16. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi suv inshootlarining o`z vaqtida ta`mirlashini ta`minlagan? A) amin B) mehtar C) Qishloq mirobi D) muhtasib 17. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasi qishloqlar uchun ajratadigan suvning ariqlar bo`yicha to`g`ri taqsimlanishini ta`minlagan? A) amin B) mehtar C) Qishloq mirobi D) muhtasib 18. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlarni yig`ish, aholi ustidan nazorat olib borish bo`lgan? A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib 19. Quyidagi qaysi so`z «mulk egasi» degan ma`noni aniqlang A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib 20. Quyidagi qaysi so`z «ishonchli, halol odam» degan ma`noni aniqlang A) amin B) mehtar C) amlokdor D) muhtasib 21. Buxoro amirligda quyidagi qaysi mansab egasining asosiy vazifasi arqilardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo`lgan? A) amin B) mehtar C) mirob D) muhtasib 22. Buxoro amirligining davlat muassalari nimalardan iborat edi? 1. ma`muriy 2. moliya 3. qozilik 4. mirshablik 5. harbiy 6. tashqi ishlar A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,3,6 D) 1,2,4,5,6 23. Amirlikda oliy ijroiya hokimiyat, ya’ni Bosh vazir (vaziri buzruk ham deyilgan) uning qo'lida to‘plangan. U poytaxt Buxoro shahridagi ahvol, mamlakat boshqaruvi, moliya, soliq, xazina kabi eng muhim sohalarni nazorat qilgan. Ushbu ta’rif qaysi lavozim haqida ekanligini aniqlang. A) Parvonachi B) Devonbegi C) Qo’shbegi D) Otaliq 24. Amirlikda qaysi lavozim egasi quyi qo'shbegi deb ham atalgan? A) Parvonachi B) Devonbegi C) Qo’shbegi D) Otaliq 25. Amirlikda zakot masalasi bilan shug‘ullangan (a), Buxoro va Samarqand viloyatlarini sug‘orish, shuningdek, suv taqsimoti bilan bog‘liq ishlar uchun mas’ul (b) lavozimlarni aniqlang. A) a-devonbegi, b-mirob B) a-mehtar, b-sadr C) a-qo’shbegi, b-otaliq D) a-devonbegi, b-otaliq 26. Qaysi lavozimda ishlagan amaldoming asosiy vazifasi Buxoro xonligida bo‘lganidek oliy hukmdorning yorliqlarini u yoki bu amaldorga yetkazish bo‘lgani holda, amirlikda istiqomat qilib kelayotgan arablar jamoasi masalalari bilan ham shug‘ullanadigan bo‘ldi? A) Parvonachi B) Devonbegi C) Qo’shbegi D) Otaliq 27. Qaysi lavozimga tayinlangan amaldor amirning buyruqlarini quyi lavozimda ishlayotgan davlat xizmatchilariga yetkazish, mazkur buyruqlarning bajarilishini va kelgusida davlat mansablariga tayinlanishi mumkin bo'lgan xizmatchilarning faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan? A) to'qsoba B) Mehtar C) Bosh inoq D) Kichik inoq 28. Quyidagi Buxoro amirligi bilan bog’liq ma’lumotlardan noto’g’risini aniqlang. 1. Moliya vaziri-devonbegi 2. Amirlikda barcha viloyatlar Devonbegiga bo‘ysungan 3. Ba’zi hollarda parvonachi lavozimida ishlayotgan amaldorga uning shaxsi, amirlik siyosiy hayotida tutgan o‘rniga qarab, muhim vazifalar ham yuklatilgan. Chunonchi, Amir Haydar Marvda unga qarshi ukasi Dinnosirbek boshchiligida ko‘tarilgan isyonni bostirish uchun Niyozbek parvonachini qo‘shinga qo‘mondon qilib jo ‘natgani bunga dalildir 4. Yoki Amir Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni ishg‘ol etgach, u yerga Ibrohim parvonachi mang‘itni noib etib tayinlaganida, shubhasiz, uning amirlik hayotidagi mavqeyini hisobga olgan. A) 1,2 B) 4 C) 3,4 D) 1,4 29. Amirlikda chet mamlakat elchilari taqdim etadigan hujjatlarni qabul qilib olgan, shuningdek, amir muhri uchun javobgar bo‘lgan lavozimni aniqlang. A) to'qsoba B) Mehtar C) Bosh inoq D) Kichik inoq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling