1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
14-mavzu
1. Qachon Nodirshohning o’g’li Rizoxon Amudaryodan kechib o’tib ko’plab hududlarni bosib oldi? A) 1734-yil B) 1736-yil C) 1738-yil D) 1740-yil 2. Shunday og‘ir sharoitda Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so’rashga majbur ho‘ldi. Qaysi Xiva xoni yordamga kelayotganligi sababli Rizoquli qo'shinni orqaga qaytarib ketishga majbur bo‘ldi? A) Elbarsxon B) Erengxon C) Arab Muhammadxon D) Abulg’oziyxon 3. Qachon Nodirshohning o‘zi Buxoroga qarshi qo‘shin tortdi. Buxoro xonligida muntazam qo‘shinning mavjud bo‘lmaganligi va o‘z xonligida ichki nizolarni bartaraf etish bilan ovora bo‘lib qolgan Xiva xonining Buxoroga yordam bera olmaganligi Nodirshohga juda qo’l keldi va Buxoro egallandi? A) 1734-yil B) 1736-yil C) 1738-yil D) 1740-yil 17 4. Nodirshohning yaqinlashib kelayotganidan qo‘rquvga tushgan Abulfayzxon qayerdan Hakimbiy otaliqni chaqirib oldi va Nodirshoh huzuriga elchi qilib jo‘natdi? A) Shaxrisabz B) Xo’jand C) Miyonqol D) Qarshi 5. Eron shohi Nodirshoh bilan sulh shartlarini tuzish uchun Abulfayzxon qayerga bordi? A) Sirdaryo bo`yiga B) Amudaryo bo`yiga C) Zarafshon daryosi bo`yiga D) Ashura oroliga 6. Eron shohi Nodirshoh bilan Abulfayzxon o`rtasidagi sulh shartlari to`g`ri berilgan javobni aniqlang 1. Nodirshoh oliy hukmdor, Buxoro xonligi esa Eronga mute davlat deb tan olingan 2. Katta miqdorda o‘lpon to'landi. 3. Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafar qo`shin to`planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo`natildi 4. Ichki shaharni eronliklarga bo`shatib berish A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 7. Ma`lumki, Buxoro xonligi aholisidan 10 ming nafar qo`shin to`planib, Nodirshoh ixtiyoriga jo`natildi. Bu qo`shinga kim qo`mondon etib tayinlandi? A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy C) Mahmudbiy otaliq D) Amir Shohmurod 8. Ma`lumki, Buxoro xonligi Nodirshoh hujumidan keyin qaram davlatga aylanadi. Kim Buxoro xonligida qo`shbegi lavozimni egallab oladi? A) Muhammad Hakimbiy B) Muhammad Rahimbiy C) Mahmudbiy otaliq D) Amir Shohmurod 9. Buxoroda Ashtarxoniylar hukmronligi davrida o`zbek qabilalaridan quyidagi qaysi qabilalning nufuzi baland edi? A) mang`it B) qo`ng`irot C) barlos D) kenagas 10. Muhammad Hakimbiy qachon vafot etdi? A) 1741-yil B) 1743-yil C) 1745-yil C) 1747-yil 11. Eron shohi Nodirshoh qachon o`ldirildi? A) 1741-yil B) 1743-yil C) 1745-yil C) 1747-yil 12. Muhammad Rahimbiyning Buxoro taxtini egallashiga yo`l ochib bergan voqeani aniqlang A) Nodirshohning o`ldirilishian keyin Eronda boshlangan ichki kurashlar B) Soxta xonlarning o`ldirlishi C) Abulfayzxonning o`limi D) Muhammad Hakimbiyning o`limi 13. Muhammad Rahimbiy buyrug`i bilan qachon Abulfayzxon o`ldiriladi? A) 1741-yil B) 1743-yil C) 1745-yil C) 1747-yil 14. Ma`lumki, Nodirshoh o`ldirilgandan keyin Muhammad Rahimbiy Abulfayzxonni ham o`ldirtirib yuborganidan keyin taxtga o`tqazilgan soxta xonni aniqlang A) Abdulmo`min B) Sherg`ozixon C) Ubaydullaxon D) Abdulamin 15. Qachon Buxoro xonligida Muhammad Rahimbiy hokimiyatni to`la egalladi? A) 1750-yil B) 1752-yil C) 1753-yil D) 1756-yil 16. Qachon Buxoro xonligi hokimiyat tepasiga mang`itlar sulolasi keldi? A) 1750-yil B) 1752-yil C) 1753-yil D) 1756-yil 17. Qachondan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb ataladigan bo`ldi? A) 1750-yil B) 1752-yil C) 1753-yil D) 1756-yil 18. Buxoro amirligida mang`itlar sulolasining hukmronlik yillarini aniqlang A) 1753-1914-yillar B) 1756-1920-yillar C) 1747-1919-yillar D) 1753-1920-yillar 19. Muhammad Rahimbiy mustaqillik da`vo qilib kеlayotgan qaysi bеkliklarni 4 yil davomida o`ziga bo`ysundirdi? 1. Miyonqol 2. Nurota 3. Qo`bodiyon 4. Boysun 5. Shahrisabz 6. Urgut A) 1,2,3,5 B) 1,2,4,5,6 C) 1,2,3,4,5,6 D) 2,3,4,5 20. Quyidagi javoblardan qaysi birida Buxoro amirligida Muhammad Rahimbiyning faoliyati bilan bog`liq javoblar berilgan? 1. markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka urinayotgan qabilalari turgan joyidan ko`chirib yuborish siyosatini tutdi 2.o`z qo`shini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko`rishga harakat qildi 3.mamlaktda mutlaq hukmdorligini o`rnatish va ichki bosh- boshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi 4.barcha mang`it beklariga katta-yer mulklar tanho shaklida in`om etilldi 5.Samarqand markazida olti qirrali chorsu qurildi 6.xalqdan olinadigan soliqlar ko`paytirdi A) 1,2,5,6 B) 2,4,6 C) 1,3 D) 1,3,5,6 21. Buxoro amirligida Muhammad Rahimbiy vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Doniyolbiy otaliq D) Amir Nasrullo 22. Buxoro amirligida Doniyolbiyning hukmronligi davrida barcha man`git beklariga katta yer-mulklarni qanday shaklda in`om etdi? A) suyurg`ol B) tanho C) jogir D) mulki hurri xolis 23. Buxoro amirligida Doniyolbiy otaliqning hukmronli yillarini aniqlang A) 1756-1758-yillar B) 1758-1785-yillar C) 1785-1800-yillar D) 1800-1826-yillar 24. Quyidagi javoblardan qaysi birida Buxoro amirligida Doniyolbiyning faoliyati bilan bog`liq javoblar berilgan? 1. markaziy hokimiyatga bo`ysunmaslikka urinayotgan qabilalari turgan joyidan ko`chirib yuborish siyosatini tutdi 2.o`z qo`shini mustahkamlashga, unga tayanib ish ko`rishga harakat qildi 3.mamlaktda mutlaq hukmdorligini o`rnatish va ichki bosh- boshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi 4.barcha mang`it beklariga katta-yer mulklar tanho shaklida in`om etilldi 5.Samarqand markazida olti qirrali chorsu qurildi 6.xalqdan olinadigan soliqlar ko`paytirdi A) 1,2,5,6 B) 2,4,6 C) 1,3 D) 1,3,5,6 25. Doniyolbiy otaliq davrida qaysi bеkliklarning mustaqillikka intilishlari kuchaydi? 1. Balx 2.Hisor 3. Miyonqol 4. Ko`lob 5. Nurota 6. O`ratepa A) 1,2,3,5 B) 1,2,4,6 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4 26. Doniyolbiy otaliq kimlarning qarshiligini sindira olmagan? A) katta yer egalarining B) harbiylarning C) Shayxulislomning D) saroy amaldorining 27 . Doniyolbiy otaliq hokimiyatni xalq orasida obro`si katta bo`lgan qaysi o`g`liga topshirgan? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar 28. Buxoro amirligida Amir Shohmurodning hukmronlik yillarini aniqlang A) 1756-1758-yillar B) 1758-1785-yillar C) 1785-1800-yillar D) 1800-1826-yillar 29. Quyidagi qaysi Buxoro amiriga xalq hurmat bilan «amiri ma`sum» (begunoh amir) unvonini bergan? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar 30. Qaysi Buxoro amiri yoshligida darveshona hayot kechirgan, kеyin pichoqqa qin yasab shu orqali ro`zg`or tebratgan? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar 31. Buxoro amirligida Amir Shohmurod davrida qaysi mansablarning nufuzi yanada orttirilgan? A) muhtasib va mutavalli B) muhtasib va qozi askar C) qozi askar va mehtar D) qozi askar va saroy qutvoli 31. Qozi askar bu qanday mansab? A) rais B) bosh vazir C) harbiy qism sarkardasi D) harbiy sud 32 . Buxoro amirligida kimning hukmronligi davrida joriy qilgan qonun bo`yicha kim mol-mullka xiyonat qilsa, jamiyatdagi martabasidan qat`iy nazar qattiq jazoga tortilishi lozim edi? A) Amir Shohmurod B) Amir Haydar C) Amir Nasrullo D) Amir Muzaffar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling