1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
20-mavzu
1. Amirlik tashqi siyosatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat bo’lganini aniqlang. 1. O‘rta Osiyoda mavjud uch o‘zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega ega bo‘lish va qulay imkoniyat tug‘ilganida ularni bo’ysundirish; 2. Xurosonda mustahkam o‘rnashib olish 3. Rossiya va boshqa davlatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish; 3. O‘rta Osiyo mintaqasidagi barcha musulmonlarning amiri (mang‘itlar o‘zlarini shunday deb hisoblaganlar) sifatida musulmonlarning Astraxon orqali Makkaga Haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo’lgan A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,2,3,4 D) 1,3,4 2. XVIII asrning so‘nggi choragida Rossiyaga ikki bor tashrif buyurgan elchini aniqlang? A) Ernazarbiy B) Odambiy C) Muhammad D) Qulibek 3. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash ishiga qo‘shgan hissasi uchun Ernazarbiyga qaysi Rossiya imperatori Buxoroda madrasa qurish uchun pul ham ajratgan? A) Pyotr I B) Yekaterina I C) Yekaterina II D) Nikolay I 4. Ernazarbiy elchi sifatida savdo aloqalarini rivojlantirishdan tashqari qaysi shaharda Rossiya tomonidan jome masjidi qurdirishga erishgan? A) Moskva B) Novogorod C) Astraxon D) Volgagrad 5. Amir Shohmurod qachon Rossiyaga elchi yuborgan? A) 1791-yilda B) 1795-yilda C) 1787-yilda D) 1797-yilda 24 6. Amir Shohmurod Rossiyaga kim boshchiligida elchi yuborgan? A) Ernazarbiy B) Polvonquli qurchi C) Muhammad D) Qulibek 7. Amir Shohmurodning Rossiyaga elchi yuborishiga nima sabab bo’ldi? A) Eronning Buxoro amirligi xavfsizligiga tahdid sola boshlaganligi B) Usmoniy Turklarning Buxoroga tahdidi C) Savdo-elchilik munosabatlari o’rnatish D) Qurol-aslaha bo’yicha yordam olish 8. Amirlikdan qaysi hukmdor yuborgan elchilar Rossiya hukumati oldiga Ural daryosining Osiyo qit’asi qismidan amirlik savdogarlariga haq to‘lamasdan chorva mollari boqishlari uchun joy ajratib berish, Buxoroga po‘lat sotish, savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni qo‘ydilar? A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod 9. Qaysi amir hukmronligi davrida yuborilgan elchilar rus hukumati oldiga, asosan, Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish, tog‘-kon ishlari olib borish uchun mutaxassislar yuborish hamda amirlikka zambarak quroli sotish kabi masalalarni qo'ydilar. A) Amir Nasrullo B) Amir Haydar C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod 10. Buyuk Britaniya josuslari va tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishining kengayishi Rossiyani xavotirga solib qo‘ydi. Chunonchi, Banoras (Hindiston)dan kiritilayotgan ingliz tovarlari bu yerda o‘z narxidan necha marta arzon bahoda sotila boshlangan? A) 5-7 marta B) 6-8 marta C) 6-9 marta D) 7-9 marta 11. Rossiya Amir Nasrulloning qaysi iltimosini qabul qildi? A) Buxoro tovarlaridan olinayotgan boj to‘lovlarini kamaytirish B) Tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi C) Amirlikka zambarak quroli sotish D) Buxoroga po‘lat sotish 12. Qachon Buxoroga polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya elchilari kelgan? A) 1857-yilda B) 1858-yilda C) 1860-yilda D) 1843-yilda 13. 1825-yilda Buxoroga kеlgan ingliz ekspeditsiyasi boshlig`ini aniqang. A) U.Murkford B) A.Byorns C) F.Bеrg D) J.Abbot 14. Qachon Aleksandr Byorns boshchiligida navbatdagi ingliz missiyasi Buxoroga keldi? A) 1830-yil B) 1831-yil C) 1832-yil D) 1833-yil 15. A.Byorns o`zini qayerlik savdogar deb tanitgan? A) arman B) hind C) afg`on D) turk 16. Qachon Buyuk Britaniya Afg`onistonga qarshi harbiy harakatarni boshladi? A) 1835-yil B) 1839-yil C) 1841-yil D) 1845-yil 17. Rossiyaga Buyuk Britaniya harbiy flotining Qora dengizdan xavf solish imkoniyatini yo‘qqa chiqara oladigan omil zarur edi. … ana shunday omil bo‘la olardi. A) O‘rta Osiyoni egallash B) Hindistonni bosib olish C) Usmonli davlati bilan birlashish D) O’rtayer dengiziga harbiy kema yuborish 18. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang. 1. Ernazarbiy elchiligidan Doniyolbiy siyosiy maqsadlami ham ko‘zlagan edi. Chunonchi, Buxoro-Usmonli davlati munosabatlari haqida rus hukumatining qanday fikrda ekanligini bilish maqsadida, uning topshirig‘iga ko‘ra, elchi rus hukumatiga Buxoroning Usmonli davlati bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga harakat qilishini ham ma’lum qildi. 2. Amir Haydarning ruslardan chorva mollari boqishga ajratiladigan yerlar nchun haq to‘lamaslik iltimosi qabul qilinmadi. Savdo karvonlari qaroqchilariga birgalikda qarshi kurashga rozilik berildi. 3. Amir Nasrulloning ruslardan tog‘-kon mutaxassislari yuborish to‘g‘risidagi iltimosi qabul qilindi. Ular Buxoroga qaytib kelayotgan savdo karvoniga qo‘shib jo‘natildi. Biroq karvon yo‘lda hujumga uchradi va muhandislar ekspeditsiyasi katta qiyinchiliklar bilan Orenburgga qaytib ketdi. 4. Polkovnik Ignatyev boshchiligida Rossiya elchilari kelganda Amir Nasrullo Buyuk Britaniya elchilarini qabul qilmasligini, Afg‘oniston amiridan ularni Buxoroga o‘tishlariga ruxsat bermasligini so‘rashini ma’lum qildi. 5. XIX asrning birinchi yarmida Buyuk Britaniya va Rossiya o‘rtasida O‘rta Osiyoda raqobat kuchayib ketdi. Bunga bu ikki mustamlakachi davlatlarning o'zbck davlatlari hisobiga yangi mustamlakalarga ega bo‘lishga, ularning bozorlarini va boy xomashyo manbalarini qo‘lga kiritishga intilishlari sabab bo‘ldi A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,3,4,5 19. Murkford ekspeditsiyasidan xabar topgan Rossiya tashvishga tushdi. Natijada, Rossiya hukumati Buxoroning qaysi amiriga inglizlarning Buxorodagi xatti-harakatidan noroziligini bildirdi? A) Amir Nasrullo B Amir Haydar C) Amir Muzaffar D) Amir Shohmurod 20. Ingilizlarning qaysi elchilik missiyasi O‘rta Osiyoda Buyuk Britaniya savdosining rivojlanishiga yordam berdi? A) Murkford B) A. Byorns C) J. Abbot D) R. Kanolli Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling