1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
18-mavzu
1. XIX asrda amirlik chegarasi qaysi hududlarni o’z ichiga olganligini aniqlang? 1. Zarafshon vodiysi, Qashqadaryo viloyati 2. Tojikistonning Panjikent, Hisor vodiysi 3. Xo‘jand, O‘ratepa viloyatlari 4. Zarafshon daryosining yuqori oqimi hududlarini 5. Afg’onistonning bir qismi 6. Turkmanistonning Murg‘ob daryosigacha bo‘lgan qismi 7. Qozog‘istonning Turkistonigacha bo‘lgan barcha hududlari A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5,6,7 2. Buxoro amirligining yer maydonini aniqlang A) 250 km.kv B) 270 km.kv C) 290 km.kv D) 200 km.kv 22 3. XIX asr birinchi yarmida Buxoro amirligining aholi sonini aniqlang? A) 2 mln B) 3 mln C) 800 ming D) 1 mln 4. Amirlik iqtisodiyotida qishloq xo’jaligi yetakchi tarmoq edi. Necha foiz aholi shu tarmoqda mehnat qilardi? A) 65 B) 95 C) 90 D) 80 5. Sug‘oriladigan yerlarning necha foiziga paxta ekilgan? A) 65 B) 75 C) 80 D) 85 6. Chorvachilik ham juda rivojlangan. Uning asosini … tashkil etgan? A) qo‘ychilik B) yilqichilik C) tuyachilik D) A,B 7. Mamlakat yaylovlarida necha bosh qo‘y boqilardi? A) 10 million B) 12 million C) 14 million D) 15 million 8. Buxoro amirligida yer egaligining qanday turlari mavjud edi? 1. amlok yerlari 2. mulk yerlari 3. vaqf yerlari 4. mulki inju A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 1,2,3,4 D) 1,2,4 9. Buxoro amirligida davlat yerlarining suvsiz dasht, to`qayzor qismi kimlarga bo`lib berilgan edi? A) diniy ulamolarga B) ko`chmanchi jamoalarga C) davlat amaldorlariga D) sayyidlarga 10. Buxoro amirligida davlat yerlarining bir qismi hukmron sulola a`zolari, yirik mansabdorlarga davlat oldidagi xizmatlari uchun qanday shaklda in`om etilgan? A) suyurg`ol B) tanho C) jogir D) iqto 11. Buxoro amirligida suyurg`ol egalari qanday majburiyatlarni bajarishi lozim edi? A) davlat xazinasiga xiroj to`lashi B) Oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra, o`z qo`shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi C) oliy hukmdor topshirig`iga ko`ra, elchilarga ziyofat uyushtrish D) A va B 12. Buxoro amirligida davlat yerlarini «tanho» shaklidagi in`omga sazovor bo`lgan kishi …. A) in`om qilgan yerga egalik qilgan B) yerga emas, yerdan olinadigan soliqning ma`lum qismiga egalik qilgan C) mahalliy aholini boshqarish va shu yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan D) in`om qilingan yerga egalik qilgan. Yig`ilgan soliqlarni xon xazinasiga jo`natgan 13. Amirlikda eng kichik tanho yeri necha tanobni tashkil etgan? A) 26-60 tanob (3-4 gektar) B) 36-50 tanob (2-5 gektar) C) 30-60 tanob (3-5 gektar) D) 36-60 tanob (3-5 gektar) 14. Ma`lumki, Buxoro amirligidagi xususiy yerlarning bir qismi davlat xizmati bilan bog`liq bo`lmagan. Bunday yerlar kimlarga qarashli bo`lgan? A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan sayyidlarga 15. Buxoro amirligida kimlarga qarashli bo`lgan yerlardan 1/10 qismi miqdorida soliq to`langan? A) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan yahudiylarga B) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga C) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan hindlarga D) Amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan turklarga 16. Buxoro amirligida qanday yerlar barcha soliqlardan ozod qilingan? A) Suyurg`ol yerlari B) Tanho C) Mulki hur D) Jogir 17. Buxoro amirligida urushda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajargani uchun qanday yerlar berilgan? A) tanho B) suyurg`ol C) mulki hur D) tiyul 18. Buxoro amirligida vaqf mulklarini quyidagi qaysi lavozim egasi tasarruf etar edi? A) mutavalli B) sadr C) muhtasib D) mudarris 19. Buxoro amirligida asosiy soliq qaysi edi? A) zakot B) qazon puli C) xiroj D) ushr 20. Buxoro amirligida qachondan boshlab xirojning bir qismi pul bilan yig`iladigan bo`ldi? A) XVII asr oxiri B) XVIII asr C) XIX asrda D) XVI asrda 21. Xiroj miqdori hosilning necha qismini tashkil etgan? A) 2/5 B) 2/3 C) 3/5 D) 1/3 22. Uning miqdori yer haydashga yaroqli har juft ho`kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda? A) Tanobona B) Qo’sh puli C) Zakot D) Tutun haqi 23. Bu soliqning miqdori ekinzorning bozorga uzoq-yaqinligiga bog‘liq edi. Gap qaysi soliq haqida ketmoqda? A) Tanobona B) Qo’sh puli C) Zakot D) Tutun haqi 24. Zakot deb ataluvchi soliqning hajmi soliq solinadigan mol-mulk miqdorining va qiymatining necha foizini tashkil etgan? A) 1,5 B) 2 C) 2,5 D) 3 25. Buxoro amirligida zakot solig`iga asosan kimlar tortilgan? A) chorva mollari egalari B) savdogarlar C) chorva mollari egalari va savdogarlar D) savdogarlar va dehqonlar 26. Buxoro amirligida qanday soliq turlari faqat pul shaklida olingan? 1.xiroj 2.zakot 3.qo`sh puli 4.tanobona A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4 27. Harbiy harakatlar chog‘ida aholi uchun favqulodda soliq - joriy etilgan va qanday atalgan? A) To‘la B) Qozon puli C) Yig’im soliq D) Tutun haqi 28. Quyidagi ma’lumotlardan to’g’rilarini aniqlang. 1. Bog‘, poliz, sabzavot ekilgan yerlardan tanobona deb atalgan soliq olingan. 2. Mulk yerlari musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilar edi. 3. Amirlikda xazinaga eng ko‘p soliq tanho yerlaridan tusha boshlagan 4. Shuningdek, mang'itlar davrida dehqon jamoalari tugatildi. Uning o‘rnida ijarachi dehqon shakllana bordi. 5. Daryo va kanallarga o‘rnatilgan chig‘ir eng ko‘p ishlatiladigan suv ayirg‘ich edi. Shunday chig‘irlar ham yaratilganki, ular suvni hatto 4 metr va undan ham balandga chiqarib bera olardi. A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,5 Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling