1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
19-mavzu
1. Buxoro shahri qaysi yildan Buxoro xonligining poytaxti etib belgilandi? A) 1556-yilda B) 1538-yilda C) 1533-yilda D) 1601-yilda 2. „Tangrining jamoli“, „islom dinining gumbazi“ va „islom dinining quvvati“ deb ulug'langan Shahar qaysi? A) Buxoro B) Samarqand C) Xiva D) Qo’qon 3. Buxoro shahri necha yillik tarixga ega? A) 2000 B) 2500 C) 2700 D) 2750 4. Qaysi hukmdor davrida Buxoro uzil-kesil poytaxtga aylandi? A) Shayboniyxon B) Ko’chkunchixon C) Abu Said D) Abdullaxon II 5. Buxoro shahriga nechta darvoza orqali kirilgan? A) 6 B) 10 C) 12 D) 4 6. Buxoro shahrida qancha aholi yashagan? A) 50 mingga yaqin. B) 60 mingdan ortiq C) 60 mingga yaqin D) 80 mingga yaqin 7. Buxoro shahridagi madrasa (1), masjid(2), karvonsaroy(3) lar sonini aniqlang. A) 1-200 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta B) 1-100 ga yaqin, 2-300 dan ortiq, 3-28 ta C) 1-100 dan ortiq, 2-200 dan ortiq, 3-38 ta D) 1-100 dan ortiq, 2-300 dan ortiq, 3-38 ta 23 8. Buxoro karvonsaroylariga har yili necha tuya mol kelib turgan? A) 13-15 ming B) 12-15 ming C) 12-17 ming D) 15-17 ming 9. Amirlikda savdo-sotiq ishlariga, savdogarlar xavfsizligiga kim mas’ul bo‘lgan? A) Boshchixo’ja B) Mirshabboshi C) Karvonboshi D) Ko’kaldosh 10. Buxoro amiligida quyidagi qaysi shahar «Dunyoning husni» deb ulug`langan? A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Andijon 11. Samarqand shahrini tiklash ishini unga suv chiqarishdan boshlagan hukmdor kim? A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod 12. U shaharni tiklash va aholi sonini ko‘paytirish uchun boshqa shaharlardan majburiy ravishda aholi ko‘chirib keltirdi. Shaharda katta bunyodkorlik ishlari uning vafotidan so‘ng ham davom ettirilgan bo‘lsa-da, shahar asosan uning davrida deyarli qayta bunyod etildi. E’tirof qaysi hukmdor haqida? A) Doniyolbiy otaliq B) Muhammad Rahimbiy C) Muhammad Hakimbiy D) Amir Shohmurod 13. Manbalarda bunday deb yozilgan: „Samarqandning hozirgi obodonchiligi … yil, ya ’ni Shohmurod davridan boshlangan bo‘lib, … yillarda bir shahar yo‘siniga kirgizildi". Nuqtalar o’rniga mos yillarni qo’ying. A) 1785-yil, 1809-yillar B) 1780-yil, 1810-yillar C) 1780-yil, 1809-yillar D) 1785-yil, 1809-yillar 14. Qachon Samarqand shahri baland devor bilan o‘raldi? A) XIX asr boshlarida B) XIX asr o’rtalarida C) XIX asr oxirida D) XX asr boshlarida 15. Samarqand shahriga nechta darvozadan kirilardi? A) 4 ta B) 6 ta C) 10 ta D) 12 ta 16. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari tufayli tez orada Samarqand shahri aholisi soni qancha kishiga yetgan? A) 15-20 ming B) 20-25 ming C) 25-30 ming D) 20-30 ming 17. Hunarmandchilik sohasida Buxoro o`zining nimasi bilan mashur edi? A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan C) to`q qizil rangli baxmali bilan D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan 18. Hunarmandchilik sohasida Samarqand o`zining nimasi bilan mashur edi? A) olachasi, bo`zi va to`q qizil rangli baxmali bilan B) olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi bilan C) to`q qizil rangli baxmali bilan D) ro`mol, choyshab, olachasi bilan 19. Buyuk ipak yo‘li o‘z ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa-da, amirlikning tashqi savdo aloqalari to’xtab qolgani yo‘q. Buxoro qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari olib bordi? 1. Hindiston 2. Afg‘oniston 3. Eron 4. Xitoy A) 1,2 B) 1,2,3 C) 1,3,4 D) 1,2,3,4 20. Amirlikda asosiy savdo transporti nima edi? A) Ot B) Tuya C) Kema D) Temiryo’l 21. Buxoro amirligining qaysi shaharida hind savdogarlari va sudxo`rlari yashaydigan alohida mahallalar mavjud edi? A) Toshkent B) Samarqand C) Buxoro D) Andijon 22. Qachon Orenburgda Buxoro savdogarlarining qarorgohi qurilgan? A) 1802-yilda B) 1806-yilda C) 1804-yilda D) 1808-yilda 23. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosiulushi 25% ga yetdi? A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil 24. Qachon Buxoro amirligining Markaziy Osiyo- Rossiya tashqi savdosi ulushi 42% ga yetdi? A) 1825-yil B) 1844-yil C) 1854-yil D) 1864-yil 25. Amirlikda yetishtirilgan necha tonna paxtaning hammasi Rossiyaga sotilganligi qayd etilgan? A) 12 ming B) 15 ming C) 16 ming D) 18 ming 26. Amirlikka Rossiyadan har yili faqat to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining o‘zidan qancha rubllik tovar eksport qilingan? A) 1 mln B) 2 mln C) 3 mln D) 4 mln 27. Quyidagi ma’lumotlardan xato variantni aniqlang. A) Buxoro ko‘p yillar davomida o‘zining avvalgi mavqeyini yo‘qotib qo‘ygan edi. Bunga ashtarxoniylar davrida o'zaro urushlarning kuchayganligi, tashqi ko‘chmanchi qabilalaming xonavayron qiluvchi hujumlari sabab bo‘ldi. Mang‘itlar esa xarobaga aylangan Samarqandni tiklash chorasini ko‘rdilar. B) Amirlikda hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to‘qimachilik bo'lgan. C) Amirlik hayotida iste’mol ehtiyojlari ishlab chiqarishdan ustun bo‘lolmadi. Bu esa, o‘z navbatida, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi yirik mashinalashgan ishlab chiqarishdan foydalanish ehtiyojini vujudga keltirmadi. D) Bozorlarda kimki xaridor haqiga xiyonat qilsa, qattiq jazoga duchor etilardi. Xususan, bundaylar yarimyalang‘och holda aravada bozor ahliga sazoyi qilinardi va ovozi boricha: „Men shayton yo‘liga kirib, xaridorni aldadim“, deb jar solishga majbur etilardi 28. Ma’lumotlardan faqat to’g’rilarni aniqlang. 1. Chet davlatlarga amirlikda ishlab chiqarilgan ip gazlamalar, baxmal, qog‘oz, egar-jabduqlar, qurollaming ayrim turlari, meva va boshqa mahsulotlar eksport qilinardi. 2. Buxorodagi Hind savdogarlari hind gazlamalari, bo‘yoqlari, shifobaxsh va ziravor o!tlar, doridarmonlar, qand-shakar bilan savdo qilardilar. 3. Bozorlar faqatgina xo‘jalik vazifasini o‘tab qolmagan. Ular ayni paytda o‘ziga xos jamoat va madaniyat markazi vazifasini ham o‘tagan. Xususan, bozorlarda hukmdorning farmonlari o‘qib eshittirilgan. Aybdorlar jazolangan. Bayram kunlari esa turli tomoshalar namoyish etilar edi. A) 1 B) 1,2 C) 1,2,3 D) 1,3 Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling