1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/69
Sana26.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1233412
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган

20 
 
30. Amirlikda davlat bayrog'ining daxlsiz saqlanishini ta’minlash, 
shuningdek, eng ishonchli shaxs sifatida oliy davlat marosimlarida 
amir dasturxoniga taom tortish kabi nihoyatda mas’uliyatli vazifani 
bajargan lavozimni aniqlang. 
A) to'qsoba B) Mehtar 
C) Bosh inoq D) Kichik inoq 
31. Buxoro amirligida amir otxonasining boshlig`i kim bolgan?
A) inoq B) miroxur C) mirshab D) mushrif
32. Buxoro amirligida qaysi mansabdor shaxs amir huzurida 
uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas`ul bolgan?
A) dasturxonchi B) sadr
C) mirshab D) parvonachi
33. Buxoro amirligida quyidagi qaysi mansab egasi vaqf 
mulklarining boshqaruvchisi hisoblangan?
A) dasturxonchi B) sadr
C) mirshab D) parvonachi
34. Buxoro amirligida amir kutubxonasining boshliqi berilgan 
javobni aniqlang
A) kitobdor B) daftardor C) to`qsabo D) sadr
35. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi qozikalon murakkab 
dеb hisoblagan turli diniy-huquqiy masalalar bo`yicha shariatga 
asoslanib fatvo chiqargan?
A) muftiy B) muhtasib C) shayxulislom D) sadr
36. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat xavfsizlik 
xizmati boshlig‘i bo’lgan? 
A) Mehtar B) Qutvol 
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
37. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi soliq va boshqa 
yig‘imlardan tushgan mablag‘larning belgilangan o‘rinlarda 
qanchalik to‘g‘ri sarflanganligini nazorat qiluvchi amaldor bo’lgan? 
A) Mehtar B) Qutvol 
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
38. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi davlat hisobidan 
amalga oshiriladigan qurilish ishlariga mas’ul amaldor hisoblangan? 
A) Mehtar B) Qutvol 
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
39. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi chet mamlakatlar 
elchilarining qabul qilinishini tashkil etuvchi hisoblangan? 
A) Mehtar B) Qutvol 
C) Ko'kaldosh D) Shig'ovul
40. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi shahar va yo‘llar 
posboni hisoblangan? 
A) Mushrif B) Dodxoh 
C) Qorovulbegi D) Muhtasib 
41. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi amirga in’om etilgan 
sovg'alarni ro‘yxatga olish va soliqlar tushumini yozib boruvchi 
amaldor hisobangan? 
A) Mushrif B) Dodxoh 
C) Qorovulbegi D) Muhtasib 
42. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi jabrlanuvchi arizasini 
amirga yetkazuvchi va javobini arizachiga yetkazilishiga mas’ul 
amaldor hisoblangan? 
A) Mushrif B) Dodxoh 
C) Qorovulbegi D) Muhtasib 
43. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi barcha musulmon 
ruhoniylar (diniy tashkilotlarda diniy lavozimda xizmat 
qiluvchilar)ning boshlig’i bo‘lib, davlatda eng yuqori martabali 
ruhoniy, din arbobi sanalgan? 
A) Muftiy B) Qozikalon,
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom 
44. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi sudlov ishlarini 
amalga oshirishdan tashqari, boquvchisini yo’qotganlarning, beva-
bechoralarning haq-huquqlari nechog’lik himoya qilinayotganligi 
ustidan nazorat olib borgan? 
A) Muftiy B) Qozikalon 
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom 
45. Buxoro amirligida qaysi lavozimdagi kishi muhtasib bozorda 
qalloblikka, sifatsiz mahsulot sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik, og‘irlik 
(tosh-u tarozi) va uzunlik o’lchovlarining to‘g‘riligi hamda aholining 
shariat qoidalariga qanchalik amal qilayotganliklari 
ustidan bevosita nazorat olib borgan? 
A) Muftiy B) Qozikalon 
C) Muhtasib (rais) D) Shayxulislom 
46. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan 
moslashtiring. 
1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak 
hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan. 
2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat 
olib borgan. 
3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.
4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka 
qarshi choralar ko‘rgan 
5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi 
lavozim edi. 
A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon 
B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon 
C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon 
D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy 
47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun 
qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1 
gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan? 
A) 1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob 
B) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob 
C) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob 
D) 1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling