1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/69
Sana26.02.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1233412
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Bog'liq
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган

42 
 
10. Rivoyatga ko’ra Bobur Mirzo Movarounnahrni tark etayotganda 
ayollaridan biri o'g'il farzand ko'radi. Biroq uni olib ketmaydilar, 
aksincha, qimmatbaho ziynat buyumlar bilan bezatilgan beshikka 
belaydi va xizmatkorlardan birini bola bilan birga qoldiradilar. Bola 
qaysi urug’da tarbiyalanadi? 
A) Ming B) Yuz C) Kenagas D) Qirg’iz 
11. Olimxon minglar sulolasi hokimiyatining qonuniyligi e’tirof 
etgan rivoyatga ko’ra kim Farg'ona hukmdori bo'lgan. Davlatni esa 
biy unvonida boshqargan? 
A) Oltinbeshik B) Tangriyor 
C) Qozonxon D) Eshimxon 
12. Olimxonga qanday unvon qo’shib yozilgan? 
A) Amirlashkar
B) Eshon 
C) Hojibi buzruk D) Sohibqiron 
13. Qaysi Qo’qon xoni muntazam qo’shin tuzish maqsadida harbiy 
islohot o’tkazgan? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
14. Qo`qon xoni Olimxon davrida qaysi hududlar Qo`qon xonligiga 
qo`shib olindi?
1. Ohangaron 2. Toshkent 3. Chimkent 4. Sayram 5. Turkiston 
A) 1,2,3,4,5
B) 1,2,3,4
C) 1,3,4,5
D) 2,3,4
15. Qaysi Qo’qon xoni davrida Rossiya bilan savdo aloqalari yo‘lga 
qo‘yildi. 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
16. Qaysi Qo’qon xoni Sirdaryo o‘rta oqimining deyarli barcha o‘ng 
qirg‘og‘i (Qurama)ni xonlik tarkibiga qo'shib olgan? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
17. Qo’qon xonligi Buxoro amirligi bilan qayer uchun ketma-ket 
urush harakatlari olib borgan? 
A) Chust va Axsi B) Jizzax va Norin 
C) O’zgan va O’sh D) O’ratepa va Xo’jand 
18. Kimning hukmronligi davrida xonlik hududi deyarli ikki marta 
kengaydi? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
19. Qaysi Qo’qon xoni kambag'al va qalandarlarga yer hamda 
chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb etdi? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
20. Olimxon davrida hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hududidagi 
qaysi hududlarga yurish qilinadi? 
A) O’sh, O’zgan, Xo’jand 
B) Turkiston, Jand, Marv 
C) Marv, Xo’jand, Sayram 
D) Turkiston, Chimkent, Sayram 
21. Olimxon davrida hozirgi Qozog‘iston Respublikasi hududlarga 
qachon yurish qilinadi? 
A) 1800-yil iyul 
B) 1810-yilning fevral 
C) 1815-yil noyabr 
D) 1819-yil oktabr 
22. Qaysi Qo’qon xoni Avvalo, kelgusida xonlik taxtiga xavt solishi 
mumkin bo‘lgan shaxslarni o‘rtadan olib tashladi. So‘ng o‘zining 
nomi bilan kumush dirham zarb ettirdi? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
23. „Musulmonlar amiri, Sayid Muhammad Umar sulton“ deb 
ataluvchi kumush va oltin pullar qachondan zarb etila boshanadi? 
A) 1812-yil B) 1815-yil 
C) 1816-yil D) 1819-yil 
24. Qachon Umarxon Buxoroga qaram bo’lgan Turkistonga qo’shin 
jo’natib uni ishg’ol qiladi?
A) 1812-yil B) 1815-yil 
C) 1816-yil D) 1822-yil 
25. Din peshvolari „Qaysi hukmdor 12 ming lashkarni kerakli qurol-
yarog’ va anjomlar, otlarini esa yem-xashak bilan ta’minlasa, uni 
musulmonlar amiri deb atash joiz“ degan fatvoni qaysi Qo’qon 
xoniga nisbatan chiqarishadi? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
26. Amir al-muslimin unvonini qabul qilgan Qo’qon xoni kim? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
27. XIX asrning dastlabki choragida qaysi davlat Qo‘qon xonligining 
Buxoro amirligidan 
to‘la mustaqil davlat ekanligini tan oldi? 
A) Xiva xonligi
B) Boburiylar davlati 
C) Usmonli turklar davlati 
D) Durroniylar davlati 
28. Qaysi Qo’qon xoni davrida xonlik chegarasi shimolda Rossiya 
chegaralaridan Ko‘xiston va Qashqargacha ulandi? 
A) Olimxon
B) Umarxon
C) Madalixon
D) Sheralixon 
29. Umarxon qachon vafot etadi? 
A) 1820-yil B) 1825-yil 
C) 1826-yil D) 1822-yil 
30. Umarxon vafotidan keyin taxtga kim o`tirdi?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Sheralixon D) Muhammad Alixon 
31. Qo`qon xoni Muhammad Alixon (Madalixon) ning hukmronlik 
yillarini aniqlang.
A) 1822-1841-yillar B) 1835-1852-yillar
C) 1810-1822-yillar D) 1823-1842-yillar 
32. Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida xonlik 
qo`shinlari Farg`ona janubida joylashgan, asosan tojiklar 
yashaydigan Qorategin, Darboz va Ko`lobni egallanadi?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon
33. Qo`qon xonligida kimning hukmronligi davrida xon hokimiyati 
bilan mahalliy zodagonlar o`rtasida ittifoq mustahkamlangan?
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon 
34. Qaysi Qo’qon xoni ko‘ngli tusagan ishlarni qilaverishini qo‘llab-
quvvatlovchi a’yonlar ta’siriga tushib qolgan? 
A) Xudoyorxon B) Olimxon
C) Umarxon D) Muhammad Alixon 
35. Quyidagilardan Madalixon davriga oid ma’lumotlardan nechtasi 
to’g’ri? 
1. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl etildi va 
ba’zilari esa Xivaga qochib ketishdi. 
2. Xon hokimiyati bilan mahalliy zodagonlar o‘rtasida ittifoq 
mustahkamlangan 
3. Ammasi Oftoboyimning oilasiga ham shafqat qilmasdan jazoladi 
4. O‘g‘li Hakimxonni qatl qildirdi 
5. Turmush o‘rtog‘i hamda xonlikning shayxulislomini badarg’a qildi 
6. Viloyat (beklik) hokimlari esa tez-tez almashtirib turildi. 
A) 2 tasi B) 3tasi C) 4 tasi D) 5 tasi 
36. Qachon Qo`qon xoni Madalixon o`z ukasi Sulton Maxmudxon 
foydasiga taxtdan voz kechadi?
A) 1840-yil
B) 1841-yil
C) 1842-yil
D) 1843-yil 
37. Qo`qon xoni Madalixondan norozi bo’lgan kuchlar kimdan 
yordam so’raydilar? 
A) Buxoro amiri Amir Nasrullo
B) Xiva xoni Olloqulixon
C) Afg`oniston amiri Ahmadshoh
D) Eron shohi Nodirshoh 
38. Buxoro Amiri Nasrullo qachon o`z qo`shinlarini Qo`qonga qarshi 
safarbar etdi va Qo`qon xonligini bosib oldi?
A) 1840-yil
B) 1841-yil
C) 1842-yil
D) 1843-yil
39. Buxoro amiri Amir Nasrullo buyrug’i bilan qatl qilingan shaxslar 
xato berilgan javobni toping
A) Madalixon B) Sulton Mahmudxon 
C) Nodirabegim D) Murodxon 
40. Amir Nasrullo Qo`qonni bosib olganidan kеyin u yerga kimni 
noib qilib qoldirgan edi?
A) Ibrohim dodxohni
B) Avazbek dodxohni
C) Muhammad Amin dodxohni
D) Qoracha dodxohni 
41. Qo`qon xonligida Amir Nasrullo zulmiga qarshi qachon 
qo`zg`olon ko`tarildi?
A) 1840-yil B) 1841-yil C) 1842-yil D) 1843-yil



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling