1 8-sinf o’zbekiston tarixi test. 1-mavzu
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
8-синф у́зб тарих темт мавзулаштирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-mavzu
46
48. Harbiy qal’alar ahamiyati va kata-kichikligiga qarab necha guruhga bo‘lingan. A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 49. Qaysi shahar qal’asi ikkita himoya devori bilan o‘ralgan. Uning ichida yana devor bilan o'ralgan bir nechta binolar ham qurilgan. Binolarda askarlarning otlari, qurol-yarog‘lari, zaxirasi saqlangan. A) Andijon B) Marg’ilon C) Qo’qon D) Namangan 50. Qo’qon xonligining qaysi qismi mustahkam himoyalangan? A) Shimoliy B) Janubiy C) Sharqiy D) G’arbiy 51. Qo’qon xonligining chegara qal’alarini to’g’ri joylashtiring. 1. Shimolda 2. Sharqda 3. G’arbda a) Turkiston, Chimkent,Toshkent b) O‘ratepa c) O‘sh va Pishpak A) 1-a, 2-b, 3-c. B) 1-a, 2-c, 3-b. C) 1-c, 2-b, 3-a. D) 1-b, 2-c, 3-a. 52. Ohangaron va Chirchiq vohasida qanday istehkomlari bunyod etilgan. A) Chorjo’y, Pishpak,Oqqo’rg’on B) Karmana, Vobkent, Xatirchi C) To’ytepa, Bo’ka, Kerovchi D) Chimkent, Turkiston, Toshkent 53. Qo’qon xonligi uchuun strategik jihatdan katta ahamiyatga ega qal’a qayerda edi? A) Andijon B) Pishpak C) Toshkent D) O’ratepa 54. Botmon - og‘irlik o‘lchov birligi bo’lib 1 botmon qanchaga teng? A) 186 kg. B) 164 kg. C) 155 kg. D) 127 kg. 36-mavzu 1. Qo`qon xonligida yer egaligining qanday shakllari mavjud edi? 1. Amlok yerlari 2. Xususiy mulk yerlari 3. Vaqf yerlari 4. Jamoa yerlari A) 1,2,3,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3,4 2. Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo'lgan va u 3 qismga bo'lingan, shularning qay biridan olingan daromad saroy ahli va soqchilari xarajatlari uchun sarflangan? A) Taqiq yer B) Chek yer C) Xos mulk D) Tarxon 3. Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo'lgan va u 3 qismga bo'lingan, shularning qay biri yaylov, qamishzor va chakalakzorlardan iborat bo'lgan? A) Taqiq yer B) Chek yer C) Xos mulk D) Tarxon 4. Amlok yerning ma’lum qismi xonga tegishli bo'lgan va u 3 qismga bo'lingan, shularning qay biri bevosita xonga tegishli bo'lgan? A) Taqiq yer B) Chek yer C) Xos mulk D) Tarxon 5. Qo’qon xonligida Xususiy yer egaligi qanday vijudga keltirilgan? 1. yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer ajratib berish, 2. xususiy kishilarga sotish (mulki hur xolis) 3. Xon yerida ishlab berish hisobiga 4. Xarbiy hizmatchilarga yer berish A) 1,2,4 B) 1,2,3 C) 2,3,4 D) 1,3 6. Qo’qon xonligida yirik davlat amaldorlariga davlat oldidagi xizmatlari uchun yer ajratib berish hisobiga xususiy mulkka ega bo’lganlar bilan bog’liq ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang. 1. Yerga emas, balki undan olinadigan daromadga hamda shu yerda qurgau imoratiga egalik qilganlar. 2. Yetishtirilgan hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to'laganlar. 3. Yerni meros qilib qoldirish huquqiga ega bo'lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida saqlanib qolishi uchun vaqf avlod qilganlar. 4. Yerga bevosita egalik qilgan 5. Bunday yerlardan soliq olinmagan. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 4,5 D) 2,3,4 7. Qo’qon xonligida sotib olish (mulki hur xolis) hisobiga xususiy mulkka ega bo’lganlar bilan bog’liq ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang. 1. Yerga emas, balki undan olinadigan daromadga hamda shu yerda qurgau imoratiga egalik qilganlar. 2. Yetishtirilgan hosilning 1/5 qismi miqdorida soliq to'laganlar. 3. Yerni meros qilib qoldirish huquqiga ega bo'lmaganliklari uchun hozircha egalik qilib turgan yerlarning ma’lum qismi farzandlarida saqlanib qolishi uchun vaqf avlod qilganlar. 4. Yerga bevosita egalik qilgan 5. Bunday yerlardan soliq olinmagan. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 4,5 D) 2,3,4 8. Qo’qon xonligida harbiylarga berilgan yerlar qanday atalgan? A) Taqiq yer B) Chek yer C) Xos mulk D) Tanho 9. Qo`qon xonligida xon yerlarida ishlash uchun majburan safarbar etilganlar nima dеb atalar edi? A) chorikorlar B) korandalar C) mardikorlar D) kadivarlar 10. Qo`qon xonligida hosilning 1/4 qismi uchun yollanib ishlovchi yersiz, ot-ulovsiz kambag`allar nima dеb atalgan? A) chorikorlar B) korandalar C) mardikorlar D) kadivarlar 11. Qo`qon xonligida hosilning 2/1 qismigacha yerlarni ijaraga olib, o`z mehnat qurollari bilan oishlovchilar nima deb ataladi? A) chorikorlar B) korandalar C) mardikorlar D) kadivarlar 12. Qo`qon xonligida mulklarning ko‘pchiligi qancha sotixgacha bo‘lgan? A) 20 sotixdan 40 sotixgacha B) 30 sotixdan 50 sotixgacha C) 30 sotixdan 60 sotixgacha D) 30 sotixdan 80 sotixgacha 13. Qo`qon xonligida xon yerlarida ishlash nchun safarbar etilganlarning soni qancha nafargacha yetardi? A) 5 ming B) 10 ming C) 15 ming D) 100 ming 14. Qo`qon xonligida bahor kеlganida yangi o`tloqlarga ko`chishdan oldin xonadon boshiga bittadan qo`y bilan olinadigan soliqni aniqlang A) “qozon puli” B) “tutun haqi” C) “yig`im soliq” D) “qo`ra boshi” 15. Qo`qon xonligida asosiy soliq nima deb etalgan? A) xiroj B) zakot C) ushr D) mushrifona 16. Qo`qon xonligida xiroj solig`i hosilning qancha qismigacha belgilanar edi A) 1/3 B) 1/5 C) 1/6 D) A va B 17. Qo`qon xonligida quyidagi qaysi zakot turi qishda mollar qo`ralarda turganda yig`ib olinar edi? A) “qozon puli” B) “tutun haqi” C) “yig`im soliq” D) “qo`ra boshi” 18. Qo`qon xonligida ko`chmanchi chorvadorlardan moli boshiga va qo`rasiga qarab olinadigan zakotni aniqlang A) “qozon puli” B) “tutun haqi” C) “yig`im soliq” D) “qo`ra boshi” 19. Qo`qon xonligida zakot to’lamaydigan boylar va ularning qarindoshlarining bеkka bеradigan 9 buyumdan iborat in’omlari nima deb atalgan? A) “qozon puli” B) “tutun haqi” C) “yig`im soliq” D) “qo`ra boshi” 20. Qo`qon xonligidagi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini aniqlang. A) Bug‘doy va paxta B) Bug’doy va arpa C) G’alla va sholi D) Bug’doy va makkajo’xori 21. Qo`qon xonligida chorvachilikda … yetakchi o‘rinda turgan? 1. makkajo‘xori 2. suli 3. Beda 4. Sholi poyasi A) 1,2 B) 2,3 C) 1,3,4 D) 1,3 22. Rossiya tomonidan Qo’qonning qaysi mahsulotiga hatto boj ham bekor qilingan? A) Gilam B) Qorako’l teri C) Paxta D) Qog’oz 23. Qaysi yilda imzolangan Qo‘qon—Xitoy shartnomasiga ko‘ra, Qo‘qon xoni Qashqarda savdogarlardan boj yig’ish huquqini olgan? A) 1825-yilda B) 1829-yilda C) 1831-yilda D) 1832-yilda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling