Darsning mustahkamlsh bosqichida:
I.Nazariy ma’lumot:Badiiy asarda ruhiyat tahlili
Har bir asarda qaysi davr ifoda etilmasin adib voqelarni qahramon ruhiyatiga mos ifoda etishi kerak.Ya’ni uning kechinmalari,iztiroblari,qalb hissiyotlari tasviri voqealar bilan uyg’unlashib ketishi kerak.”Ulug’bek xazinasi”asarida ham Mirzo Ulug’bekda ham ,Abdulatifda ham ruhiyat tasviri ta’sirli va ishonarli berilgan.Ya’ni ular boshidan kechirgan kechinmalar orqali qanday ruhiyatni boshdan kechirganliklarini adib yaqqol ko’rsata oladi.Bu asarning ta’sirchanligi,o’sha davr bilan uyg’unligini yanada oshiradi…
II.Test sinovi:1.Mirzo Ulug’bek qayerda bandi qilingan edi?
A.Ko’ksaroyda B.Oqsaroyda
C.Rasadxonada D.G’orda
2.U shahzodadan nima uchun imkon berishini so’ramoqchi edi?
A.Samarqanddan chiqib ketishga xalaqit bermasligi
B.Qolgan umrini ilm-ma’rifatga bag’ishlashi
C.Xalqqa jabr – zulm qilmasligi
D.Insof va adolatga chaqirmoqchi edi
3.Maktubni Ulug’bek qayerdan topdi?
A.Kitoblar orasidan B.Barkash ostidan
C.Choynak ichidan D.Patir orasidan
4.Mirzo Ulug’bek Abdulatifni “Taxtni o’z kuch-qudratim bilan qo’lga kiritdim ”deganidan so’ng qanday ataydi?
A.Qarg’a.Qora qarg’a B.Burgut.Qora burgut
C.Mal’un D.Shazodai juvonbaxt
5.Shahzoda tushida barkashda nimani ko’radi?
A.Qonli boshini B.Kiyik boshini
C.Otasining boshini D.Amir Jondor qilichini
6.”Padarkush,toj-u taxt,olti oy…”Bu so’zlarni Abdulatif kimning asaridan o’qiydi?
A.Nizomiy Ganjaviy B.Xusrav Dehlaviy
C.Xorazmiy D.Anmad Yassaviy
Do'stlaringiz bilan baham: |