1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 203.66 Kb.
bet168/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;

Darsning turi:mustahkamlash;

Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,suhbat,nazariy ma’lumot;

Darsning jihozi:darslik,Odil yoqubov siymosi,badiiy asarlari,”Ulug’bek xazinasi”asari,Mirzo Ulug’bek siymosi;

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati;d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida “Ulug’bek xazinasi”asari yuzasidan olgan bilimlarni sinash;

2.Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi ”asaridagi qahramonlarga tavsif berish;

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.”Ulug’bek xazinasi ”asaridan parchalar ifodali o’qish va matn asosida asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:

“…Mirzo Ulug’bek qalbini chulg’ab olgan alamli duddan bo’g’ilib ,xonaning o’rtasida to’xtadi.U endigina xonaga qorong’I tushganini ,shiftdagi tuynukchadan quyilib turgan bir hovuchgina nur so’nib ,kaftdekkina osmonda milt-milt yulduzlar yonganini ko’rdi..”

Bunda Mirzo Ulug’bekning “Ko’ksaroy”dagi chetdagi bir xonada asir tushgan holati tasvirlangan.Ulugbek o’z odamlarining yordami bilan bo’layotgan hodisalardan xabar topadi.Xalq g’amida o’ksinadi.Shu onlarda ham yulduzlar bilan dardlashib,sirlashgisi keladi.Shu g’amlar ortida vaqt qanday o’tganini sezmay qoladi…

II.Bahs”Padarkush,toj-u taxt,olti oy…

“…Shahzoda diliga dahshat slogan bu ikki baytni oxirigacha o’qidimi yo’qmi,o’zi ham bilmas edi.Lekin undagi “Padarkush,toj-u taxt,olti oy…”degan so’zlar xuddi qizdirilgan temir bilan o’yib yozilganday miyasini jaz-jaz kuydirib,nigohi oldida yal-yal yonib turardi…”

Olti asrki Abdulatif tarixda “padarkush ”nomi bilan tilga olinadi.U nafaqat xalq g’amida kuygan podsho va otasi,balki xalqning nafratiga ham duchor bo’lgan edi.Otasining o’limidan so’ng o’z atrofdgilari ham unga xiyonat qilishadi va barsha zulm va zo’ravonliklari,nohaqlik va adolatsizliklari,xalqqa yetkazgn jabri tufayli o’z chohiga o’zi tushdi…


Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling