1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 203.66 Kb.
bet218/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Haynrix Hayne hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.Nazm gulshani:Haynrix Hayne she’rlari asosida.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Siz jahon she’riyatida o’z o’rniga ega,jahon tan olgan ,she’riyat tarqqiyotiga o’z hissasini qo’shgan qaysi shoirlarni bilasiz? Ularning she’rlaridan yod ayta olasizmi?Bunda Pushkinning o‘rni haqida nimalar ayta olasiz?

II.Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 6-iyunda Moskva shahrining nemislar ko’chasida yashovchi qadimiy dvoryanlardan bo‘lmish iste’fodagi mayor Sergey Pushkin oilasida tug’ildi.Onasi Nadejda – Birinchi Pyotrning tutingan o‘g‘li habash Ibrohim Hannibalning nevarasi edi.Uyda fransuz tilini o‘rganishga asos qo‘yilgan edi.Uning shoir bo‘lib yetishishida enagasi Arina Radionovna Yakovlevaning ta’siri kuchli bo‘ldi.

Pushkin 1811-yil 19-oktabrda Rossiya poytaxti Sankt-Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo imperatorlik litseyiga qabul qilinadi.U tezob,qaysar,izzatttalab edi.Shuning uchun uning do‘stlari ko‘p emasdi.Shoirning dastlabki she’ri litseyda chop etiladigan “Ovrupa vabarlari”jurnalida chop etiladi.Derjavin uning buyuk shoir bo‘lib yetishishini bashorat qilgan edi.

Shoir 1817-yil litseyni bitirib,Tashqi ishlar vazirligida ishlaydi.Ilg’or qarashlarini bayon qilar edi.Lekin u ijodkor bo’lgani uchun tashkil etlgan jamiyatlarning birortasiga a’zo bo‘lmadi.U erkinlikda yashashni xush ko‘rar edi.

1817-yil “Erkinlik”she’ri,1820-yil “Ruslan va Lyudmila”,”Mis chavandoz”dostonlari,30-yillarda “Belkin qissalari”,”Toppon xonim”,”Dubrovskiy”nasriy asarlari.1836-yil “Kapitan qizi”asarlarini yozadi.”Ruslan va Ludmila”asarining qo‘lyozmasi bilan tanishgan Jukovskiy Pushkinga :”G’olib shogirddan mag’lub ustozga”,--degan yozuv bilan o‘z portretini sovg’a qildi.

Shoir 1820-yillarda ig’vo va tuhmatlar oqibatida imperiyaning janubiga quvg’in qilindi. Quvg’in 4 yil davom etadi.

1824-26-yillarda u davlat xizmatidan bo‘shatilib,ota tegishli mulk bo‘lmish Mixaylovskoye qishlog‘iga surgun qilinadi.Bu yerda xalq og‘zaki ijodini chuqur o‘rganadi.

1826-yilda Rossiya hukmdori Nikolay biinchi bilan yaqinlashadi va 1827-yilda poytaxtga yashashga ruxsat so‘raydi.Ammo yana hasadchilar tuhmatiga duch keladi.Ular Gollandiya elchisining o ‘g‘li Dantes bilan Pushkin o‘rtasida nizo keltirib chiqaradilar.Natijada,1837-yil 25-yanvarda Pushkin Dantesga haqoratomuz xat yozib,uni duelga chorlaydi.27-yanvarda duelda shoir qattiq yaralanadi.Shoir 1837-yil 29-yanvarda vafot etadi.

Pushkin she’rlari Cho‘lpon,Erkin Vohidov,G’.G’Ulom,Oybek,Abdulla Oripov,Muhammad Ali,A.Suyun,H.Xudoyberdiyeva,U.Azim,M.Kenjabek tomonlaridan tarjima qilingan.




Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling