Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.”Vijdon erki”she’rini ifodali o’qish va tahlil qilish:
Ay tutqinlar,ay ezilganlar,
Ay qiynalgan ,yo’qsil eller,
Ay umidsiz,ay chizilgan
Dor oldiga …oppoq dillar!
Bu she’rda erksizlik va mustamlakalik zulmi tufayli ezilgan xalq ahvoli bayon qilinadi va har bir ezilgan xalqni ozodlik uchun kurashga da’vat etadi…
II.Cho’lpon she’rlari tog’risida berilgan adabiy maqola matni ustida ishlash.
III.Nazariy ma’lumot:Ijtimoiy va intim lirika
“Intim” lotincha so’z bo’lb,”eng ichki ”va “yashirin”degan ma’nolarni anglatadi.Intim she’rda shoir bevosita o’ziga tegishli sezim,tuyg’u va holatlarni aks ettiradi.”Qalandar ishqi”sh’eri shu ruhda bitilgan. Ijtimoiy hodisalarning muallif tuyg’ularini bezovta qilish ,ini muvozanatdan chiqarish natijasida dunyoga kelgan asarlar ijtimoiy lirika namunalari sanaladi.Unda hayot hodisalari,odamlararo munosabatlar aks ettiriladi.”Ko’ngil”,”Buzilgan o’lkaga”,”Yong’in”…
IV.Test sinovi:1.Shoirning umrining oxirida yozgan she’riy to’plami
A.”Tong” B.”Buloqlar” C.”Soz” D.”Uyg’onish”
2.”Qalandar ishqi”she’ri qanday lirika mahsuli sanaladi?
A.Intim B.Ijtimoiy C.Peyzaj D.Falsafiy
3.Karashma dengizin ko’rdum,na nozlik to’lqini bordur,
Halokat bo’lg’usin bilmay qulochni katta otdim-ku.Qanday badiiy san’at qo’llanilgan?
A.Tashbih B.Jonlantirish C.Tazod D.Irsoli masal
4.”Intim” so’zining ma’nosi
A.Eng yashirin,ichki B.Hayot hodisalari bilan hamohang
C.Qalb iztiroblari D.Muhabbat qo’shiqlari
5.””Vijdon erki,”Ko’ngil”,”Buzilgan o’lkaga”,”Yong’in ”she’rlari qaysi lirika mahsuli?
A.Intim B.Ma’rifatparvarlik C.Ijtimoiy D.Peyzaj
Do'stlaringiz bilan baham: |