1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 203.66 Kb.
bet126/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.”O’tkan kunlar”romani asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash va”Otabek,Kumush va zamonamiz yoshlari”mavzusidagi ijodiy ishlar tahlili.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Siz yettinchi sinfda Cho’lpon hayoti va ijodi bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’lgansiz.Aytingchi,shoir haqida nimalarni bilasiz?

II.Shoir she’lari asosida mushoira daqiqasi:

Qorong’u kechada ko’kka ko’z tikib,

Eng yorug’ yulduzdan seni so’rayman.

Ul yulduz uyalib,boshini bukib,

Aytadir,men uni tushda ko’raman.

Tushimda ko’raman,shunchlar go’zal,

Oydan-da go’zaldir,kundan-da go’zal…

III.Shoir,dramaturg Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1897-yil Andijonda tug’ildi.Otasi savdo bilan shug’ullansa-da,sh’erlar ham yozib turgan.Turk,fors va arab tillarini va adabiyotini puxta o’rgangan.”Sadoyi Turkiston”,”Sadoyi Farg’ona”,”Turkiston viloyati gazeti”nashrlarida o’z yozishmalarini “Qalandar”,”Mirza Qalandar”,”Q”,”Andojonlik”,”Cho’lpon”taxalluslari bilan chop etgan.1918-yilda “Sadoyi Turkiston ”gazetasida “Turkistonli qarindoshlarimga”she’ri,so’ngra “Qurboni jaholat ”hikoyasi,”Adabiyot nadur?”maqolasi,”Do’xtir Muhammadiyor ”hikoyasi bosilib cgiqadi.Turli matbuot va tashkilotlarda ishlaydi,erk va ozodlik yo’lida kurashadi.

Cho’lpon ijodiy va dabiy merosi ham salmoqli.”O’zbek yosh shoirlari”,”Go’zal yozg’ichlar”,”Dabiyot parchalari”to’plam va majmualari,”Uyg’onish”,”Buloqlar”,”Tong sirlari”,she’riy to’plamlari,”Yorqinoy”,”Halil farang”,”Cho’rining isyoni”,”Yana uylanaman”,”O’rtoq Qarshiboyev”,”Hujum” kabi pyesalarni yaratdi.1932-yil Moskvaga ko’chib keladi.Gogolning “Tergovchi”,I.Frankoning”Feruza”,L.Andreyevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi”asarlarini o’zbek tiliga tarjima qildi.”Kecha va Kunduz”romanini.”Soz” she’riy to’plamini ham shu davrda yaratadi. Shoir birinchi marta 1926-yil “millatchi va badbin shoir”sifatida ayblangan bo’lsa,ikkinchi marta 1937-yil 14-iyulda “xalq dushmani”deb qo’lga olinib,1938-yil 4-oktabrda otib tashlanadi.


Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling