1-9 Adabiyot 9-sinf


Download 203.66 Kb.
bet137/254
Sana05.01.2022
Hajmi203.66 Kb.
#207677
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   254
Bog'liq
1-9 Adabiyot 9-sinf

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Cho’lpon hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.”Kecha va Kunduz”romani asosida berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlash.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Asar matnidan ifodali,rollarga bo’lib o’qish va qahramonlarga xos fazilatlarni izohlash:

“... -Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?


-Bilardim.

-Qanaqa suvidi?

-Irim suvidi.

-Kimga qilingan irim?

-Menga..

-Nima uchun irim qildirardingiz?

-Farzand bo’lsin deb….”


Bu suhbat orqali Cho’lpon nafaqat o’sha davrdagi qizlarga xos soddalik,samimiylik,ishonuvchanlik,balki erksizlik tuyg’ularini ham ochib beradi.Mana shu soddalik Zebi qalbining pokligi,beg’uborligini asoslab beradi…

II.Romanda Zebi ishtirokidagi voqealar tasviriga ko’p o’rin berilgan.Adibning mahorati tufayli mute va odmiligi sababli hech qanday ijtimoiy salmoqqa ega bo’lmagan Zebi o’z soddaligi,husni,noyob iste’dodi bilan o’quvchilar mehrini qozonadi.Cho’lpon qizni o’z tabiati mantig’iga muvofiq qiladi.

Zebi-o’zbek ayoli timsoli.Hurkak ohu singari go’zal va ilojsiz.U vaziyatga ta’sir ko’rsatishni ,nobop hayotga qarshiisyon qilishni xayoliga ham keltirmaydi…


Download 203.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling