1-9 Adabiyot 9-sinf
Download 203.66 Kb.
|
1-9 Adabiyot 9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash
Darsning jihozi:darslik, Chingiz Aytmatov siymosi, asarlari;
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti; b)kitob-daftarlar nazorati; d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish; O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash: 1.Tarqatmalar asosida Aleksandr Sergeyevich Pushkin hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob; 2.Nazm gulshani: Aleksandr Sergeyevich Pushkin she’rlari asosida.
Bo`lajak adib 14 yoshida savodli erkak sifatida qishloq kengashi kotibi qilib tayinlanadi.So`ng soliq yig`uvchi, traktorchilar brigadasida hisobchi bo`lib ishlaydi.o`rta maktabni bitirgan yigitcha 1945-yilda zooveterinariya texnikumiga kirib, uni 1948-yilda bitiradi, so`ng qishloq xo`jalik institutiga o`qishga kirib, uni 1953-yilda tugatadi. Tajriba fermasida zootexnik bo`lib ishladi ham. O`spirin yoshidan yozishga havas bor edi. Adabiyotga ishtiyoq tufayli bora-bora u kasbini o`zgartirishga majbur bo`ldi. 1956-1958-yillarda Moskvada Oliy adabiyot kursida tahsil ko`rdi. Bu yerda chinakkam adabiy jarayon bilan yuzlashdi.keyinchalik u:”Agar men bu yerda o`qimaganimda o`z qissalarimni yooza olmagan bo`lardim”, - deb aytadi. 1957-yilda “Yuzma-yuz”, 1958-yilda “Jamila” qissalari chop etidi. Chingiz Aytmatov 1958-1960-yillarda “Literaturniy Kirgizstan” jurnalida muharrir, 1961-yilda “Pravda”gazetasining O`rta Osiyo va Qirg`iziston bo`yicha maxsus muxbiri bo`lib ishladi.1991-yildan boshlab, Qirg`iziston va Rossiya Federatsiyasining Lyuksemburg va Belgiyadagi elchisi bo`libishladi. 2008-yilning 10-iyunida 80 yoshida og`ir kasallikdan vafot etdi. Yozuvchining “Birinchi muallim”,”Yuzma-yuz”, “Jamila”, “Alvido Gulsara”, “Oq kema”singari asarlari uning nomini jahonga tanitdi. Adibning “Asrga tatigulik kun”,”Qiyomat”,”Kassandra tamg`asi”,”Tog`lar qulaganda(Mangu kelinchak)”romanlarida nafaqat bir millat va mamlakatga, balki butun insoniyatga daxldor ma’naviy-axloqiy muammolar aks ettiriladi. Chingiz Aytmatovning asarlari ochunning 165tiliga o`girilib, 67.2 million nusxada chop etilgan.
Download 203.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling