II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi.
1.”Kimyo”,”Mabdai nur”qanday asarlar sanaladi?
A.Badiiy-falsafiy ,diniy-axloqiy B.Tarixiy,ilmiy
C.Ilohiy ushq D.Didaktik
2.Mashrab qaysi yo’nalshda ijod qilgan?
A.Yassaviylik B.Tasavvuf C.Naqshbandiylik D.Peyzaj
3.Arshning kungurasin ustiga qo’ydim ayoqim,
Lomakon –so’zini izohlang.
A.Makondan tashqari B.Bog’I eram
C.Jannat D.Makon ishi
4.Ishq vodiysidin bir kecha men hay-haylab o’ttum,
Monandi nayiston guliga o’t qalab o’ttum.
A.Ishq dardi B.Ilohiy ishq bilan to’lgan qalb
C.Oshiq qalbining azobi D.Bu dunyoning o’tkinchiligi
5.Dunyo yasanib ,jilva qilib oldima keldi,
“Borg’il nariga!”-deb ketig’a shattalab o’ttum. Baytda qanday san’at qo’llanilgan?
A.Tazod B.Tashbih C.Jonlantirish D.Irsoli masal
Javoblar:1.A 2.B 3.A 4.B 5.C
Uyga vazifa:G’azallar tahlili va yod olish.
Oquvchilar bilimini baholash
Sana:
Sinf: 9 “A”-sinf
Darsning mavzusi:Boborahim Mashrab “O’rtar”radifli g’azali tahlili.Nazariy ma’lumot:tasavvuf va tasavvuf atamalari
Darsning maqsadi:a)ta’limiy-o’quvchlarga Boborahim Mashrab lirikasi ,ijodiy merosi haqida bilim va ko’nikmalarni takomillashtirish ,”O’rtar ”radifli g’azalini ifodali o’qish,g’oyaviy-badiiy tahlil qilish,tasavvuf va tasavvuf atamalari haqida nazariy ma’lumot berish;
b)tarbiyaviy-buyuk ajdodlarga ehtirom,imon-e’tiqod.pok insoniy tuyg’ular ruhida tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini,nazariy bilimlarini takomillashtirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil ,matn ustida ishlash,nazariy ma’lumot;
Darsning jihozi:darslik,Boborahim Mashrab siymosi,tarqatmalar,Mashrab g’azallaridan namunalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |