Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Nazary ma’lumot:Badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi
Ayni bir milltga cos ruhiy-ma’naviy xususiyatlarning badiiy adabiyotda aks etishi badiiy asarning milliyligi bo’ladi.Xalq,millat turmush manzaralari,milliy urf-odatlar millat vakillariga xos xususiyatlar bilan birga qahramonlarning sezimlari ,o’y-xayollarini tasvirida milliylik o’z aksini topadi.”O’tkan kunlar ”romani ham milliy ruh bo’rtiq aks etganligi bilan ajralib turadi…
II.”O’tkan kunlar”romanida milliy ruh ifodasi aks ettirilgan o’rinlar asosida bahs-munozara;
III.Romanning to’liq nashri matni ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.Otabek Yusufbek hojiga qanday“…odamlar qatorida..”odam o’ldirib yurganini aytadi?
A.Majburlar va zo’rlanganlar atorida B.Jo’n odamlar qatorida
C.Kazzob va qalloblar qatorida D.Xo’rlanganlar qatorida
2.Yusufbek hoji Marg’ilondagi bu xabarni kimdan eshitadi?
A.Zaynab B.O’zbek oyim C.Mirzakarim qutidor D.Hasanali
3.”Kishining boshig’a bir ish tushkanda,darrav biravdan ……. va ……so’raydur”,-deganda Yusufbek hoji nimani nazarda tutadi?
A.Maslahat va yordam B.Kengash va yordam
C.Najot va qanoat D.Ko’mak va maslahat
4.Yusufbek hoji nimadan cho’chirdi?
A.Zaynabning Kumushga ozor berishidan
B.O’zbek oyimning Mrg’ilonlik keliniga ro’shnolik bermasligidan
C.Otabekning ikki muhabbat ta’siridan ozor chekishidan
D.Mirzakarim akaga o’g’lining xo’rlik keltirishidan
5.badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi deganda nimani tushunasiz?
A.Asarning o’zbek tilida yaratilishi
B.Xalq,millat turmushi manzaralari,milli urf-odatlar,millat vakillariga xos xususiyatlarni ko’rsatish
C.Qahramonlarga xos o’y-sezimlar va kechinmalarni aks ettirish
D.Barcha javoblar to’g’ri
Javoblar:1.A 2.C 3.B 4.D 5.D
Uyga vazifa:”Otkan kunlar”romani asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash;asardan milliy ruh ifoda etilgan o’rinlarni topish.
Do'stlaringiz bilan baham: |