1-9 Adabiyot 9-sinf


Darsning maqsadi:a)ta’limiy-


Download 288.05 Kb.
bet65/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Darsning maqsadi:a)ta’limiy- Abdulla Qodiriy “Otkan kunlar”romanini ifodali o’qish,asar mazmuni ,badiiyati yuzasidan savol-javob,matn ustida ishlash;badiiy asarda milliy ruh ifodasi yuzasidan nazariy ma’lumotlar berish va “O’tkan kunlar”romani asosida mustahkamlash;
b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilagan mehr-muhabbat,sevgi va sadoqat,ishonch,milliy g’urur,o’zlikni unutmaslik tuyg’ularini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,nazariy ma’lumot,qiyoslash.
Darsning jihozi:darslik,Abdulla Qodiriy siymosi,qo’shimcha badiiy adabiyotlar, tarqatmalar ”O’tkan kunlar” romani;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”O’tkan kunlar”romani asosida berilgan savol-topshiriqlar ustida ishlash.


Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Otkan kunlar”romanining to’liq nashri asosida va voqealar rivoji yuzasidan savol-javob va bahs-munozara daqiqasi;
II.”O’tkan kunlar “romanidan darslikda berilgan parchalar ustida ishlash va matn ustida ishlash:
“Oy etak bilan yopilmas ”bo’limida biz yana ota va o’g’ilning dardli suhbatiga duch kelamiz.Bunda endi Yusufbek hoji o’z o’g’liga tasalli beradi.Marg’ilonda qilgan ishlaridan voqif bo’lgan Mirzakarim qutidorning yozgan xati orqali uning yuragi yana muhabbat nurlaridan porlay boshlaydi.Chunki Kumush Toshkentga yo’l olgan,Mirzakarim qutidor uni kechirgan… edilar.Visol yaqin edi…
II.Kumushning yozgan “Maktub”ini ifodali o’qish va maktub asosida bahs:
“Yusuf savdosida beqaror Zulayxo ismidan,Majnun ishqida yig’lag’an Layli otidan sizg’a boshimfag’I boshimdagi tuklarigacha behad salom.Mendan haddi hisobsiz gunoh,sizdan – kechirish…” Bu maktub orqali biz yana Kumush qalbidagi go’zalliklar,muhabbat iztiroblari,ibo-hayosi,oqila va donoligiga guvoh bo’lamiz.Otabekni o’zicha “ayblagan” Kumush har bir voqeani donolik bilan mushihada qiladi va “Erta-indin ko’zimga yo’l ko’rinur, Yo’l bosishliq ko’ngliga bir umr ko’rinur..”,-deb ayriliq azoblarining qanchalik achchiq ekanligiga ham ishora qiladi…

Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling