1-9 Adabiyot 9-sinf


Darsning maqsadi:a)ta’limiy-


Download 288.05 Kb.
bet126/137
Sana21.04.2023
Hajmi288.05 Kb.
#1371636
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137
Bog'liq
9 sinf adabiyot fanidan dars ishlanm

Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o’quvchilarga Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romani haqida ma’lumot berish,asarni ifodali o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash,Ch. Aytmatov ijodiga mehr-muhabbat hosil qilish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,ma’lumot berish;
Darsning jihozi:darslik, Ch. Aytmatov siymosi, asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Ch. Aytmatov hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.”Asrga tatigulik kun ” romani haqida qanday bilim va tushunchalarga ega bo‘ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I” Asrga tatigulik kun”she’riy romani yuzasidan savollar:
1. “Asrga tatigulik kun” asari qanday janrda yozilgan?
2.Sobitjonning ota jasadini shu yerning o`ziga ko`mib qo`yaqolishga urinishi sababini izohlang. Uning marhum vasiyatiga beparvoligi nimadan deb o`ylaysiz?
3.Edilboy bilan Sobitjon suhbatini qayta o`qib, izohlang. Suhbatdoshlar ma’naviyatini baholang.
4.Ko`mish marosimida ayoli va bolalariningqatnashmayotganidan Sobitjon nega xijolat bo`lmayapti deb o`ylaysiz?
5.Edigeyning jasadini nima uchun ona Bayit mozorigaqo`yishga urunishning sababi nimada deb o`ylaysiz?
II.” Asrga tatigulik kun” romanidan parchalar o‘qib,g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Bu voqea jungjanglar Sario`zak dashtlarini egallab olish va aholini qullikka solish maqsadida tub xalqlar bilan tinimsiz urush olib borgan zamonlarda yuz bergan edi. O`z yerlaridan ayrilishni istamagan mahalliy qabilalar tinimsiz kurash olib borishar, katta-kichik janglar orasida tinch damlar ham bo`lardi. Nayman ona fojiasi ayni shunday kunlarning birida boshlanadi....

Download 288.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling