Badiiy asarlada ona siymosi
Download 31.7 Kb.
|
1 2
Bog'liqBadiiy asarlada ona siymosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Annotatsion
- Foydalanilgan adabiyotlar
Badiiy asarlada ona siymosi (O’tkir Hoshimov “Dunyoning ishlari” va Chingiz Aytmatov “Asrni qaritgan kun” asarlari misolida) Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Suyunova Dildora ethufthhhhhh@gmail.com +99894092350 Annotatsiya: Bu maqolada O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi hamda Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” asarlari asosida ona siymosi tasvirlanadi. Yana maqolada onalarimizning qanchalar tengsiz va mehribonligi ham tasvirlangan. Kalit so’zlar: Dunyoning ishlari, Asrni qaritgan kun, ona, mehr, Nayman ona, Sobitjon, farzand, qissa,roman. Mother figure in works of art (Utkir Khoshimov is an example of works of the world and Chingiz Aytmatov” works of the age of the century) Annotatsion: the article describes the mother figure based on o’tkir Khoshimov’s story of the affairs of the world and Chingiz Aytmatov’s works of the age of the century. The article also describes the kidness of our mothers. Key words: The works of the world, the day that made the century old, mother, kind, Sobitjon, bairn, story, novel. Ona- buyuk zot. Xa, buyuklarning buyugi. Uning ta’rifiga qalam ojiz, kalom ojiz. Shunday bo’lsa ham uning mehr sadosini ta’rif-u tavsifini so’zda aks ettirishga harakat qilaman. Buning uchun, albatta, shoir va yozuvchilarning bebaho va daho asarlaridan sifat va o’xshatishlar axtaraman. Sababi so’zning ma’no nazokatini, uning badiiy malohatini, marjon kabi ipga teruvchilar bu shubhasiz shoir va yozuvchilardir. Ona mavzusini qalamga olmagan ijodkor bo’lmasa kerak. Ona hayotining har bir soniyasida ko’zining oq-u qorasi farzandini o’ylaydi.unimg baxt- saodati uchun tinmaydi. Axir butun hayotini borini, yuragini farzandiga baxshida etgan oani qadrlamaydiganinsonni hech ikkilanmasan hissiz, mehrsiz, muhabbatdan yiroq, badbaxt odam deya ataymiz. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimovning asarlarini mutolaa qilganimda qahramonlari orasidan ona obrazi hamisha meni o’ziga maftun etib turadi. Adib asarlarida ona obrazi shu qadar mustahkam va muhim o’rin tutadi, ularsiz ijodkorning ijodini tasavvur etish qiyin. O’tkir Hoshimovning ‘Dunyoning ishlari” qissasi onalar haqidadir. Bu asardan ta’sirlanmay bo’lmaydi. Bu asarni hissiyotsiz o’qib bolmaydi. Bu asarni onaga qoyilgan yuksak ehtirom ramzi deyish mumkin. “Dunyoning ishlari” boshdan-oyoq nihoyatda yorqin, ajib bir milliy bo’yoqlar bilan jilolangan. Ayni paytda asar teran bir umuminsoniy tuyg’ular bilan yo’g’rilgan. Qissada mulohazalar ham bor: “Ehtimol, dunyoning bir chetida turib biro dam o’z sevgilisiga aytgan dil rozini dunyoning nargi chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Biroq dunyoning bu chekkasida turib ona aytgan allaga dunyoning nari chekkasidagi go’dak bemalol orom oladi1”. Bu asar katta-kichik novellalardan iborat. Lekin ularning barchasida muhtaram inson-ona siymosi bor.”Dunyoning ishlari” qissasida quyidagi fikrlar insonni o’yga toldiradi va onalarni e’zozlashga undaydi. Volidayi mehriboningiz xo’p yarlaqagan odam ekanlar. To’shakda yotmabdilar, birovga zoriqmabdilar… Bunaqa beozor o’lim har kimga ham nasib etavermaydi. Ehtimol, shundaydir. Onam bu dunyoda kamsuqimgina yashardi. Hech kimga ozor bermasdi. Ehtimol, tabiatning eng shavqatsiz elchisi bilan ham olishib o’tirishni xohlamagandir. Haqiqat havoga o’xshaydi. Nafas olib turasiz-ku o’zini ko’rmaysiz.. onam aytgan afsonalar ham hayotdek chuqur haqiqat ekan2. Indamadim. Ammo baribir o’shanda onamni nohaq hisoblagan ekanman. Yo’q, chamamda, onalarning biz tushunmaydigan, bizning o’lchovimizga sig’maydigan o’z olami borga o’xshaydi. …Ehtimol , osmondagi eng yorqin yulduzlar onalarning jonidir. Ehtimol, onalarning so’ngan yulduzlari birlashib, quyoshga aylangandir. Oftobni ona deyishlari, ehtimol, shundandir. …ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning kata kichigi bo’lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo’lmas ekan. Ona-ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas. (Onasi 80 yoshdan oshib bu dunyoni tark etdilar, shunga ham kuyunadimi, bunday bo’lsa to’y berish kerak kabi ayrim “mehribonlar”ning ushbu gapini hech hazm qilolmayman). …Onalar farzandlarini hamisha birga bo’lishini istaydilar. Qismat esa ularni qanot chiqarishi bilan har yoqqa uchib ketadi. Hayot loaqal shu masalada ham onalarga shafqat qilmaydi. … Qalbimning zulmat bosgan qaysidir. Burchagida ojiz, ammo, ishonchi bir nur yilt etdi. “Onang –chi onang hech qachon xiyonat qildimi? Har kimning ko’ziga cho’p solishi mumkin. Faqat ona bolasiga hech qachon xiyonat qilmaydi. Ehtimol, inson hayotining shuncha yillardan buyon davom etib kelayogani shundandir. Onalarning qanchalar mehribon, jonkuyar, farzandlari uchun hattoki jonini fido qilishga ham tayyor ekanligini asardagi qissalardan bilish mumkin. “Gilam paypoq”, “Alla” kabi kichik hikoyalardan bilish mumkin. Dunyoda shunday fazrandlar borki, ota onasini hurmatini joyiga qo’yib, ularni e’zozlashadi. Yana ba’zilari ota onalarini hayotlik chog’larida xor qilishib, ularni dillariga ozor berishib, vafotlaridan so’ng qabrlariga gullar qo’yib ularni e’zozlab, afsus nadomat qilishadi qilgan ishlari uchun. Yana ba’zilari onalari hayotlik chog’ida ko’nglini ololmaganliklari uchun vaqt, ajratmaganliklari uchun afsus qilib qabrlari ustida ko’z yosh to’kishadi. O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasida “Oq marmar, qora marmar”, “Iltijo” kabi hikoyalarida qabristondagi voqealar tasvirlangan. “Oq marmar, qora marmar” hikoyasida shunday jumlalar bor, bu jumlalar mening yuragimni jumbushga keltirib, ko’zlarimdan yosh chiqishiga sababchi bo’lgan. Oq marmar, qora marmar… Bu so’zlarning har bitta harfiga qanchadan qancha ko’z yoshlar tomganini bilaman. Ehtimol, bular inson bolasining hayotida eng rost so’zlaridir. Faqat… har gal ularni o’qiganda bir narsani o’ylayman: mana shu so’zlarni yurak-yurakdan, iztirob bilan aytgan farzand onasi hayot ekanligida qanchalik ko’nglini ololdi ekan3? Bu asarni o’qiganimda go’yoki ko’simdagi mitti yuragim hayqirib bir vulqon kabi otilganday bo’ladi. Asarlar ichida tengsiz deyish mumkin. Asarni o’qib gohoonamga qilgan jahllarim esimga tushadi, shunda o’zimdan hafa bo’laman. Onalarimizga gohida bilmasdan jahl qilamiz lekin munisa onajonlarimiz bizni erkaliklarimizni ko’taraveradi. Bizlar uchun jonini berishga ham tayyordir. Onalar haqida yana bir qancha asarlar mavjud. Ularni sanab, sanog’iga yetib bo’lmaydi. Onalarning mehri cheksizdek, ular uchun yaratilgan asarlar ham cheksiz. Ulardan biri Chingiz Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” romanidur. Bu asarda Chingiz Aytmatov inson qadrini, inson uchun insoniylik fazilatlari qanchalik muhim ekanligini Nayman ona fojiasini timsolida tengsiz tarzda ifodalab bergan. “Asrni qaritgan kun” romanida eng asosiy obrazlardan biri bu ona obrazi, ya’ni Nayman ona hisoblanadi. Asarda uning ayanchli taqdiri mohirona gavdalantiriladi. Nayman ona bu asarda erining o’limi va o’g’lining bedarak yo’qolganidan keyin tushkunlikka tushib qoladi. O’g’lini hamma o’lgan deb o’ylasa ham nayman onaning qalbida o’g’li tirikligiga ishonch bo’ladi Nayman ona irodali va kuchli bo’lgani uchun ham o’g’lini qidirishga yo’lga chiqadi. Nayman ona yo’lga chiqyotganida jungjanglar uni tutib olishi haqida o’ylamaydi, u faqat o’g’lini manqurt holida bo’lsa ham o’z qishlog’iga olib kelish haqida o’ylaydi4. Nayman ona o’g’lining hayotini o’zinikidan azizroq deb biladi. Safar chog’ida juda ham ko’plab qiyinchiliklarga uchraydi.o’g’lini topib borganida hattoki, o’z farzandi onasini tanimaydi. bu esa ona uchun qanchalar ayanchli tuyg’u… Nayman ona hammasiga chidaydi. O’g’lini izlab borib, uni topganida u onasini tanimaydi. Hattoki, uning o’g’li Jo’lomon o’z ismini ham bilmaydigan darjaa kelib qolgan ekan.nayman ona o’g’liga o’zini kimligini eslatishga ko’p bora urinadi, biroq u umuman eslay olmaydi. Sababi u manqurtga aylanib bo’lgan edi. Nayman ona o’g’li tomonidan otib o’ldiriladi. Bu qanday ayancli holat… O’z umrini baxshida qilib jonidan ortiq ko’rib katta qilgan farzandi manqurtga aylanib, o’zonasini o’ldirsa… bundan ortiq fojia bo’lmasa kerak. Dunyoda shunday zamonaviy manqurtlar ham ko’payib ketyapti. Jo’lomon-ku majburan manqurt qilingan. Lekin, hozirgi kundagi manqurtlar-chi? O’z umrini baxshida qilib, farzandini jonidan ortiq yaxshi ko’rib, oq yuvib ,oq tarab, katta qilsa-yu, ba’zi bir manqurtga aylanib qolgan noshukr farzandlar to’qlikka sho’xlik qilib, ota onasiga hurmaysizlik qilib, ularni xor qilishsa, ota onasiga mehr berishmasa, qariyalar uyiga tashlab kelishsa, bu qanday nohaqlik? Qanday shavqatsizlik? “Asrni qaritgan kun’ romanida ham zamonaviy manqurt sifatida Sobitjon obrazi berilgan. Bu obraz faqat o’zini o’ylovchi, urf-odatlarni mensimaydigan takabbur obraz sifatida gavdalantirilgan. Agar inson xudbin bo’lsa manqurtga aylan boshlaydi. Sobitjon xuddi shunday xudbin hattoki o’z ota onasini hurmat qilmaydigan shaxs edi. U o’z otasini o’lganini eshitib ham otasiga hurmati oshmaydi. Aksincha, u janozaga o’z qarzini uzish uchungina keladi. Sobitjonning otasi Kazangapning vasiyatini oyoqosti qilib: “Otamni shuncha uzoqqa olib borib yuramizmi? Shunday katta cho’lda bitta odamga joy topiladi”5,- degani uni Jo’lomondan ham yomonroq darajada xavfli manqurt ekanini ko’rsatadi6. Sababi u xotirasini yo’qotmagan. O’zining xudbinligi sababli shu darajaga kelib qolgan. Onalar qanchalar mo’tabar tengsiz zot. Buni his qilish kerak.bu dunyoda onadan mehribonroq, jonkuyar kongli toza inson bo’lmasa kerak. Har bir inson uchun onasi eng yaxshi inson. Bunday tariflarni, bunday o’xshatishlarni ikkita asar misolida ko’rib chiqdik. Bu asarlarni o’qish jarayonida ko’zimizda kulgu ham, qaygu ham bo’ldi. Biroq onalarimiz qanchalar qadrli ekanligini yana bir bor anglab yetdik. Xulosa qilib aytganda, bu ikki asar chinakkam onalarni madh etuvchi asar desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi ikkkala asarda ham ona obrazi juda ustalik bilan tasvirlanganki, kitobxon asarni o’qish jarayonida ko’ziga yosh olmasdan qolmaydi, yuragi jumbushga keladi. ona haqida kimlar nima demagan. Dunyoda biror bir shoir yoki yozuvchi, adib bo’lmasinki, ona haqida kuylamagn bo’lsa. Ona bor, olam bor, odam bor, Vatan bor deyishadi7. Chindan ham ona kabi tabarruk va aziz, ona kabi muqaddas va mehridaryo, ona kabi mard va jasur, ona kabi xokisor va kechrimli zot bo’lmasa kerak.shundan bo’lsa ajab emaski, ona mavzusi bu ikki ijodkor uchun navqiron, tuganmas ilhom manbaidir. Foydalanilgan adabiyotlar O’tkir Hoshimov. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. Sharq nashiryoti. Toshkent.1998 O’tkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. Yangi asr avlodi. Toshkent. 2015 Chingiz Aytmatov.Asrni qaritgan kun. G’afur G’ulom nomidagi matba nashiryot uyi. Toshkent.2018. Download 31.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling